SSSRning tashkil topishi. 1922-yili amalga oshirilgan muhim tadbirlardan biri SSSRning tashkil topishi bo‘ldi. Millatlarning o‘z huquqini o‘zi belgilash tamoyi lidan kelib chiqib, barcha respublikalar federativ davlatga teng huquqli a’zo bo‘lib kirdilar. Natijada, 1922-yil 30-dekabr kuni sobiq Rossiya imperiyasi hududida Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi (SSSR) tashk il qilindi.
Bu yangi davlatda eski jamiyatning asoslari buzib tashlandi, «davlat sotsializmi» (davlatning iqtisodiyotga va ijtimoiy munosabatlarga arala shuvi) o‘rna tildi va iqtisod, jamiyat, davlat misli ko‘rilmagan sur’atlarda isloh qilindi. Sovet tipidagi «davlat sotsializmi» jamiyatni industrlashtirishning kapitalistik usuliga muqobil yo‘l edi.
Dastlab SSSRga Rossiya, Ukraina, Belorusiya va Kavkazorti respublikalari kirdilar. 1924-yili davlatning birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi. 1924-yili Kavkazorti va O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazilib, milliy sovet respublikalari tashkil qilindi. Shu yillari SSSR Yevropa davlatlari tomonidan, 1933-yili oxirgi yirik davlat – AQSH tomonidan tan olindi.
Yangi iqtisodiy siyosat. 1921-yili sovet davlati kuchli iqtisodiy va siyosiy inqiroz ni boshidan kechirdi. Mamlakat vayron bo‘lgan, sanoat ishlab chiqarishi keskin pasayib ketgan edi. Yuz bergan dahshatli qurg‘oqchilik Ukraina, Kuban va butun Volgabo‘yini qam rab oldi. Bu hududlarda ocharchilik boshlanib, sovetlarga qar shi qo‘zg‘olonlar ko‘tarildi. Mashhur nor veg sayyohi Fritof Nansen ochlarga amaliy yordam ko‘rsatishni tashkil qil ganlardan biri bo‘ldi. U ning hurmati va qat’iy iltimosi tufayli G‘arb davlatlari och Rossiyaga yordam ko‘rsatdi, minglab odamlarni o‘limdan qutqarib qoldi.
Mamlakatning og‘ir inqiroz holati bolsheviklarni «harbiy kommu nizm» siyosatidan voz kechib, yangi iqtisodiy siyosat (ruscha NEP) deb nom olgan kursga o‘tishga majbur qildi. NEPning mohiyati bozor iqtisodiyotini qisman tiklash, uni iqtisodiy manf aatdorlik va xo‘jalik hisobi asosida rivojlanti rish dan iborat edi. NEP majburiy va vaqtinchalik tadbir bo‘lib, bolsheviklar inqiroz tugashi bilan uni bekor qilishni ko‘zlagan edi.
NEP xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirdi, iqtisodning o‘sishiga ko‘maklashdi. NEP mamlakat xalq xo‘jaligini tiklash, ishlab chiqarish va savdoni yo‘lga qo‘yish, og‘ir iqtisodiy holatdan chiqib olish imkonini berdi. Ammo NEP SSSRda «bozor sotsia lizmining» o‘rnatilishiga olib kelmadi. 1924-yili Vladimir Lenin vafot etgandan so‘ng davlatda Iosif Stalin va uning safdoshlari asosiy rol o‘ynay boshladi. Ular NEP o‘z rolini bajarib bo‘ldi, deb hisobladi va 1927 – 1929-yillarda asta-sekin uni bekor qilish boshlandi. Iqtisodiy evolutsiya, iqtisodiy raqobat, iqtisodiyotga ta’sir qilishning iqtisodiy usullari o‘rniga jamiyatni boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik, favqulodda, noiqtiso diy usul lari tanlandi. Stalin shaxsiga sig‘inish, uni cheksiz ulug‘lash jarayoni boshlanib, avval muxo lifatchilar, keyin esa millionlab begunoh kishilar qatag‘on qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |