Atamalar izohi: Radikal (tubdan) – keskin choralar va harakatlarga intilish tarafdorlari.
Intervensiya – bir yoki bir necha davlatning boshqa davlat ichki ishlariga zo‘ravonlik bilan aralashuvi,
uning suverenitetini buzishi.
«Harbiy kommunizm» – Sovet davlatining fuqarolar urushi sharoitidagi ijtimoiy-iqtisodiy siyosati. Unda tijorat taqiqlanadi, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ortiqchasini davlatga topshirish majburiy qilib qo‘yiladi.
Natsionalizatsiya – xususiy mulkning, yirik korxonalar, yer, xalq xo‘jaligi sohalarining davlat mulkiga aylantirilishi.
SSSR- Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi
NEP (ruscha)- yangi iqtisodiy siyosat
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1. 1917-yili Rossiyada bolsheviklar hokimiyatining o‘rnatilishiga mamlakatda vujudga kelgan qanday iqtisodiy va siyosiy holatlar sabab bo‘ldi?
2. SSSRdagi industrlashtirish va kollektivlashtirish siyosatlarining maqsadi nimadan iborat edi? Ular qanday oqibatlarga olib keldi?
3. Madaniy inqilob nima maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ydi va qan day natijalarga erishildi?
4. 1930-yillari sovetlar olib borgan tashqi siyosatning tajovuzkor jihatlari nimalarda namoyon bo‘ladi?
9-MAVZU. 1918 – 1939-YILLARDA ITALIYA VA ISPANIYA Ita liya Birinchi jahon urushida uncha katta talafot ko‘rmadi. Aksincha u Avstriya-Vengriya yerlarining bir qismini egallab, o‘z hududini ancha kengayt irib oldi. Ammo shunga qaramasdan, urushd an so‘ng mamlakat ichki ziddiyatlar girdobida qoldi. Bu ziddiyatlar ning asosini ko‘p sonli ishsizlar va iqtisodiy inqiroz tashkil qildi. O‘ta dolzarb islohotlarni amalga oshirish uchun hukumat yetarli kuchga ega emasdi. Fashistlarning hokimiyatga kelishi. Umumiy inqiroz sharoitida Benito Mussolini boshchiligida 1919-yilning mart oyida tuzilgan fashistlar partiyasi faol lashib ketdi. 1921-yili fashistlar harakati bir qadar rasmiy tus olib, davlatning siyosiy qudratini mustahkamlashga qaratilgan millatchilik tashviqotini olib bordi. Ularn i mamlakatdagi jiddiy kuchl ar qo‘llab-quvvatl adi, aholining ham katta qismi xayrixohlik bildirdi.
Fashistlar 1921-yilgi parlament saylovlarida 36 ta o‘ringa ega bo‘ldi. 1922-yil oktabrda fashistik guruhlarning mashhur Rimga yurishi dan so‘ng qirol Viktor Emmanuil III Mussolinini hukumat boshlig‘i etib tayinladi.
Fashistlar siyosati. Fashistlar hokimiy atda turgan dastlabki yillarda mamlakatda barqarorlashuv va iqtisodiy o‘sishni ta’minl adi. Mussolini dastlab mavjud siyosiy part iyal ar va kasaba uyushmalarini taqiqlamadi. Parlament faoliyat yurit di, partiyal arning gazetalari ham chiqib turdi. Iqtisodiyotga to‘g‘ridan to‘g‘ri va har tomon lama aralashish yo‘li bilan Italiya fashistik davlati mamlak at rivojlanishi sur’atlarini keskin oshirishga erishdi. 1938-yili Mus solini irqiy qonunlar chiqardi, 1939-yil boshida esa Deputatlar palatasini tarqatib yuborib, uning o‘rniga Katta fashistik kengash tuzdi.
Italyan fashizmi maxsus totalitar diktatura sifatida totalitar va avtoritarlik belgilariga ega edi. Uning mafkuraviy tizimi katolit sizm an’anaviylik, sotsializm g‘oyalari bilan to‘ldirilgan millatchil ik poydevoriga qurildi.
Fashistlar barcha totalitar tuzumlarga xos bo‘lgan tajovuzkor siyosatni avj oldirdi. 1927-yili Albaniya Italiyaning protektoratiga aylantirildi, keyin esa bosib olindi. 1935 – 1936-yillardagi Italiya – Efopiya urushi natijasida Efopiya, unga qo‘shni joylashgan Eritreya va Somalining bir qismi Italiyaning mustamlakasiga aylantirildi. 1937-yil dekabrda Italiya Millatlar Ligasidan chiqdi. Italiya Germaniya va Yaponiya bilan ittifoqqa birlashib, o‘zining tajovuzkor siyosatini dav om ettirdi va Ikkinchi jahon urushining sababchilaridan biriga aylandi.
Ispaniya. Bu yerda voqealar rivoji boshqacha yo‘ldan bordi. Dastlab Ispaniya o‘zining Birinchi jahon urushidagi neytraliteti bi lan boshqa Yevropa davlatlaridan keskin ajralib turdi. Shunga qaramasdan, Ispaniya urushdan keyin ham ancha vaqt G‘arbiy Yevropaning eng qoloq davlatlaridan biri bo‘lib qolaverdi. Dunyoni larzaga keltirgan Rossiyadagi inqilobiy voqealar bu davlatga ham ta’sir ko‘rsatdi. Kataloniya va boshqa viloyatlarda boshlangan ish tashlashlar hukumatni islohotlar o‘tkazishga, 8 soatlik ish kuni, ijtimoiy sug‘urta, ish haqi va pensiyalarning oshirilishi to‘g‘risida qonunlar qabul qilishga majbur qildi.
1923-yil sentabrda general Mig el Primo de Rivera dav lat to‘ntarishi uyushtirdi. Barcha vazirlar va gubernatorlar harbiylardan tayinlandi, parl ament tarqat ib yuborildi, ko‘plab partiyal ar faol iyati taqiqlandi. De Rivera iqtisodiy islohot o‘tka zib, xuddi Ital iyadagi fashist lar singari iq ti sodga davlat aralashuvini kuchaytirishga harakat qildi. Ammo mamlakatda boshlangan ish tashlash harakati, moliyaviy inqiroz butun Ispaniya bo‘ylab diktatorga qarshi norozilikning kuchayishiga olib keldi. 1930-yili de Rivera iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi. Yangi hukumat konsti tutsiyani va burjua-demokratik erkinliklarini tikladi, ammo boshlanib ketgan jahon iqtiso diy inqirozi oldida bu hukumat ham ojizlik qildi.
Ispaniya fashizmi. Italiya fashistlaridan namuna olgan o‘ng partiyalar 1933-yili ispan falangasini tashkil qildi. Shu davrdan boshlab bu fa lan ga vujudga kelgan ispan fashizmining asosi bo‘ldi. 1934-yili fashistlarning bir necha vakillari hukumat tarkibiga kirdilar. Shunday sharoitda so‘l kuchlar Xalq frontini tuzdi. Ular 1936yili korteslarga (par la ment) o‘tka zilgan saylovlarda g‘olib chiqdi. Mamlakat prezidenti va hukumat boshlig‘i shu front vakillaridan saylandi. Mamlakatda barcha siyosiy mahbuslar ozod qi lindi, ilgari erishilgan barcha demokratik va ijtimoiy yutuqlar tik landi. Ammo o‘ng falanga xavf bartaraf etilmadi. Ular davlat to‘ntarishiga tayyorlanib, bunda asosiy rolni armiya va generallar o‘ynadi.
1936-yil 18-iyul kuni falangachilar hamma joyda harbiy to‘ntarishni boshlab yubordi. Ularga qarshi Xalq fronti jangga ko‘tarildi. Shu tariqa Ispaniyada fuqarolar urushi boshlanib ketdi.
Shunday sharoitda Fransiya, Buyuk Britaniya va yana ko‘pl ab davlatlar Ispaniyaga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi va o‘zlarining fuq arolar urushiga aralashmasl ikl arini e’lon qildi. Dastlab bu kelishuv ga qo‘shilgan SSSR keyin o‘z qarorini o‘z gartirib, respublikachilarga yor dam bera boshladi. Xuddi shun day Germaniya va Italiya falangachilarga yordam ko‘rsatdi. Ispa niya dagi fuqarolar urushi ikki yarim yil davom etdi. Unda deyarli 1 mln. ispanlar halok bo‘ldi. Falan gachilar g‘olib chiqdi va 1939-yil 1-aprel da Ispaniyada general F. Franko diktaturasi batamom o‘rnatildi.
Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan gitlerchilar diploma tiyasining harakatlariga qaramasdan, Franko urushga kirishga shoshilm adi va 1939-yil sentabrda neytralitet haqida dekretni imzoladi.