Fuqarolar urushi. Ko‘pchilik tarixchilar Rossiyada Fuqarolar urushi 1917-yil oktabrda bolsheviklar hokimiyatga kelishi bil an boshlandi va 1922-yil kuzda Uzoq Sharqda «Oq gvardiya»ning tor-mor qilinishi bilan yakun landi, deb hisoblaydi.
Fuqarolar urushining asosiy sabablari jamiyatni qayta qu rish ning ezgu maqsadlari bilan ularni amalga oshirishning radikal usullari o‘rtasidagi nomutanosiblikdan iborat edi. Bu urushda turli xil ijtimoiy sinfl ar va guruhlar o‘zaro muammolar va ziddiyatlarni qurol kuchi bilan hal qildilar.
Fuqarolar urushi davrida chet el, avvalo, Antanta davlatlarining Rossiyaga qarshi bosqinchilik harakatlari ham bo‘lib, u chet el intervensiyasi nomini oldi. Chet el qo‘shinlari bilan sovetlarning ichki dushmanlari birlashib, 1918-yili Rossiyaning Volgabo‘yi, Ural, Sibir, Uzoq Sharq hududlarida sovet hokimiyatini ag‘darib tashladi. Shunday holatda bolshe viklar juda katta tashkilotchilik ishlarini amalga oshirdi: qo‘shinlar soni 1 mln. kishidan oshdi; armiyada qat’iy tartib o‘rnatildi, Chor hukum atining ko‘plab general va ofitserlari sovetlar tomoniga jalb qilindi; mamlakat «yagona harbiy lager» deb e’lon qilindi.
1918 – 1922-yillari Sovetlar respublikasida iqtisodni boshqarishning harbiy usuli – «harbiy kommunizm» siyosati o‘rnatildi. U fuqarolar urushida g‘alaba qozonish uchun mamlakat barcha resurslarini safarbar qilishning favqul odda tizimi edi. Bu siyosatning eng muhim jihatlari: xususiy mulkchilikni bekor qilish; pul-tovar munosabatlarini to‘xtatish va sano atni milliylashtirish; teng taqsimlashga asoslangan davlat tizimini o‘rnatish; ish haqini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘lash; shahar bilan qishloq o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri mahsulot almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘ldi. Dehq onlardan oshiqcha oziq-ovqat mahsulotlarini majburiy va tekin tortib olish – oziq-ovqat razvyorstkasi joriy qilindi.
Siyosiy sohada «harbiy kommunizm» bir partiyaviy tizimning hukm ronligi, ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv usulining joriy qilinishi va hurfi krlilikning qattiq ta’qib qilinishi bilan tavsiflanadi. Ma’naviy sohada hukmron mafkura va axloq normasi sifatida marksizm o‘rnatildi. Bu shafqatsiz usullar bilan bolsheviklar o‘z maqsadlariga erishdilar.
Fuqarolar urushining yakunlovchi bosqichi sobiq Rossiya imperiyasining chekka o‘lkalari – Kavkazorti, O‘rta Osiyo va Uzoq Sharqda sovet hokimiyatining o‘rnatilishi bilan xarakterlanadi. 1922-yil noyabrda Qizil armiya Vladivostok shahrini olib, Tinch okeaniga chiqishi bilan Rossiyada Fuqarolar urushi, asosan, yakunlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |