6-MAVZU. 1918 – 1939-YILLARDA GERMANIYA Germaniya inqilobi. Germaniya Birinchi jahon urushida mag‘lubiyatga uchradi. Urushdan keyin bu yerda inqilobiy voqealar sodir bo‘ldi. Inqilob harbiy dengizchilarning Kil shahridagi qo‘zg‘olonidan boshlandi. 1918-yil noyabrga kelib g‘alayonlar Germaniyaning barcha yirik shaharlarini qamrab oldi. Noyabr inqilobi g‘alaba qozonib, Germaniya respublika deb e’lon qilindi. Fridrix Ebert boshchiligida yangi hukumat tuzildi.
Ta’sis majlisiga o‘tkazilgan saylovlarda asosiy o‘rinlarni liberal va konservativ partiyalar vakillari egalladi.
1919-yil 31-iyul kuni Veymar shahrida Ta’sis majlisi inqilobiy ommaning demokratik talablarini qoniqtiruvchi konstitutsiyani qabul qildi. Germaniya tarixida yangi – Veymar respublikasi davri boshlandi.
Rur inqirozi. 1923-yili fransuzlar Germaniyaning Rur viloyatiga bostirib kirdi. Rur inqirozi Germaniyaning o‘zida ham siyosiy noroziliklarni keltirib chiqardi. 1923-yil oxirida Yevropa mamlakatlari ichida eng qadrsiz pul Germaniyada edi.
Rur inqirozidan so‘ng reparatsiya va Yevropa qarzlari muammosini hal qilishning yechimi sifatida «Daues rejasi»qaralayotgan edi. 1924-yili amerikalik bankir Charlz Daues boshchiligidagi qo‘mita xalqaro moliya-kredit va savdo munos abatlarini tiklashning strategik rejasini qabul qildi. Bu reja kapitalistik dunyoda iqtisodiy va siyosiy barqaror likni ta’ min lash uchun asos bo‘ldi. Charlz Dauesga Nobel mukofoti berildi.
Germaniya fashizmining o‘ziga xos jihatlari. Germa niya da Adolf Gitler boshchiligidagi Germaniya natsional-sotsialistik ishchi partiyasi 1919-yili paydo bo‘ldi. Aslida bu partiyaning Italiyada paydo bo‘lgan fashizmga to‘g‘rid an to‘g‘ri aloqasi yo‘q. Aytish lozimki, fashizm so‘zi gitlerchilarga nisbatan faqat odat yuzasidan qo‘llaniladi. U dunyodagi deyarli barcha xalqlar tillariga kirgan. Ammo shuni inobatga olish lozimki,
kuni Myunxendagi juda bahaybat pivoxonaga 3000 ga yaqin odam yig‘ildi. Bundan foydalangan Gitler boshchiligidagi bir guruh natsistlar Bavariyada hokimiyatni egallab, Berlinga yurish uyushtirishga urinib ko‘rdilar. Ammo politsiya ularning yo‘lini to‘sib, natsistlarni quvib yubordi, o‘nga yaqin natsist o‘ldirildi. Gitler va boshqa tashkilotchilar turli muddatga qamoqqa tashl andi. Bu Germaniyada natsistlarning hokimiyatga ke lish uchun birinchi urinishi edi. Muvaffaqiyatsizlik bilan tugashiga qaramasdan, aynan «pivo isyoni» natsistik part iyani umumger maniya miqyosidagi siyosiy kuchga aylantirdi.