Astronomiyadan ma’lumotnomalar



Download 5,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/96
Sana30.03.2022
Hajmi5,92 Mb.
#519471
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   96
Bog'liq
1. Astronomiyadan ma\'lumotnomalar

 
«Hiten» modeli.
 
«Chane-1» 
 
«Chandryan-1» 
 


Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi 
99
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a

lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Kaguya
«Kaguya» – 
Oy
ni tadqiq qilishga mo‘ljallangan, Yaponiyaga tegishli ikkinchi 
kosmik zond, Oyning sun’iy yo‘ldoshi. «Kaguya» - Yapon afsonalaridagi, Oy 
malikasining ismi hisoblanadi. Uning shuningdek ikkinchi nomi – SELENE 
(inglizcha 
Se
lenological and 
En
gineering 
E
xplorer
so‘zidan). 2007 yilning 14 
sentyabrida, Tanegasima kosmodromidan, H-IIA raketa-eltuvchisi yordamida 
koinotga chiqarilgan. Start vaqtidagi massasi 2914 kg. Yaponiya aerokosmik 
tadqiqotlar agentligi – JAXA buyurtmasiga ko‘ra, NEC Toshiba Space Systems 
tomonidan ishlab chiqarilgan. Loyiha qiymati 226 million AQSH dollari.
Asosiy maqsadlari – Oyning kelib chiqishi evolyutsion rivojlanishi tarixini 
o‘rganish uchun materiallar yig‘ish, Oy sirtiga oid axborotlar to‘plash va Oy 
orbitasida qator radiografik tadqiqotlar o‘tkazish bo‘lgan. «Kaguya» tarkibiy qismiga, keyinchalik undan 
ajralib chiqib, mustaqil harakatlana oluvchi qo‘shimcha ikkita mini-zondlar 
Rstar
va 
Vstar
(ularning ikkinchi 
nomlari – Okina va Oyuna, afsonadagi, Oydan Yerga tushib kelgan Oy malikasini asrab olgan chol va 
kampirning ismlari).
«Kaguya», 
Apollon
va 
Lunaxod
dasturlari to‘xtatilganidan keyingi uzoq tanaffusdan so‘ng, Oyga 
parvozlar jarayonini qayta jonlantirishga sabab bo‘lgan kosmik apparat hisoblanadi. Chunki, «Kaguya»dan 
so‘ng ketma ket, Xitoyning «
Chane-1
/2» apparatlari hamda, Hindistonning «
Chandryan-1
/2» apparatlari Oyga 
tomon parvoz qilishdi. Shuningdek, Osiyoning Oyga parvozlari fonida, AQSH ham 2009 yilda Lunar 
Reconnaissance Orbiter Oy stansiyasini uchirishdi.
«Kaguya» cho‘zinchoq parallelepiped shaklidagi konstruksiyaga ega bo‘lib, uning bortiga 15 xil turli 
asbob uskunalar, jumladan, 10 megapikselli infraqizil va oddiy spektral kameralar, Oy sirti kimyoviy 
elementlarini tekshirish uchun rentgen hamda gamma spektrometrlari, past chastotali radar, lazerli altimetr, 
magnitometr, Oydan Yerni kuzatish uchun ultrabinafsha teleskopi va HDTV telekamerasi joylashtirilgan edi. 
«Kaguya» yordamida olingan eng e’tiborga molik ilmiy natijalardan, Oyning Yerdan ko‘rinmaydigan 
tarafidagi tortish kuchining taqsimlanishi xaritasining tuzilganligi (Okina yordamida), shuningdek, Oyning 
vulqon faolligining bundan allaqachon avval – 2.84 milliard yil muqaddam so‘nganligiga oid daliliy qaydlar 
olindi. Shuningdek «Kaguya» Sheklton krateri tubi haqida axborot yiqqan birinchi apparatga aylandi. Bu 
joydan olimlar muz topishni taxmin qilishgan edi. «Kaguya» yordamida olingan tasvirlar va topologik 
o‘lchash natijalariga ko‘ra, Oyning yanada mukammalroq topografik xaritasini tuzishga erishildi. Koinotni 
o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan ikkinchi yapon zondi «Kaguya», 2009 yilning 10 iyun kuni, Oy sirtiga qulab 
tushdi va faoliyatdan to‘xtadi. 
Voyajer-2
Quyosh tizimi
ning eng olis sayyoralarini hamda, ularning tabiiy 
yo‘ldoshlarini o‘rganishga mo‘ljallangan, harakatdagi avtomatik fazoviy 
zond. AQSH tomonidan 1977 yilning 20-avgustida, Kanaveral 
kosmodromidan «Titan IIIE» raketa eltuvchisi yordamida orbitaga 
chiqarilgan. Start vaqtidagi vazni 721.9 kg. Ta’minot manbai sifatida 
plutoniy-238 asosida ishlovchi, 3 ta radioizotopli termoelektr generatori 
qo‘llanilgan. Apparat «
Voyajer-1
» bilan aynan bir xil. «Voyajer-2» 
Uran
 
va 
Neptun
ga yetib borgan eng birinchi va hozircha yagona apparat 
hisoblanadi.
Dastlabki vaqtda, «Voyajer-1» kabi «Voyajer-2»ning asosiy vazifasi, gigant sayyoralar – 
Yupiter
 va 
Saturn
ni 
tadqiq qilish sifatida belgilangan bo‘lib, imkon doirasida, Uran va Neptunga ham uchishni maqsdad qilingan 
edi. «Voyajer-2» 1979 yilning 9 iyulida, belgilangan maqsad yo‘lidagi dastlabki marra – Yupiterga maksimal 
yaqinlik masofasiga yetib bordi (71.4 ming km). Apparat shuningdek, Yupiterning «Voyajer-1» tadqiq qila 
olmagan yirik tabiiy yo‘ldoshlari – Yevropa va Gannimedni ham yaqindan tasvirga oldi. Bu tasvirlar asosida 
olimlar, Yevropaning qalin muz qobig‘i ostida, ulkan ummon mavjudligi haqidagi taminlarning ilgari 
surishlariga sabab bo‘ldi. Gannimed sirtiga oid tasvirlarga ko‘ra, ushbi yo‘ldosh, boshqalaridan ko‘ra ancha 
avvalroq vujudga kelganligini aniqlandi. Yupier va uning yo‘ldoshlarini tadqiq qilinganidan so‘ng, apparat, 
Yupiter bilan gravitatsion manyovrni amalga oshirish orqali, keyingi marra - Saturnga tomon yo‘l oldi va 

Download 5,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish