Astronomiyadan ma’lumotnomalar


«Apollon-11»ning «Saturn-5»



Download 5,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/96
Sana30.03.2022
Hajmi5,92 Mb.
#519471
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   96
Bog'liq
1. Astronomiyadan ma\'lumotnomalar

«Apollon-11»ning «Saturn-5» 
raketa-eltuvchisidan starti. 1969 
yil, 16-iyul.
 
«Luna-1»ning kosmonavtika 
muzeyidagi maketi.
 


Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi 
96
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a

lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Apollon-11
«Apollon-11» – 
Apollon
seriyasidagi, uchuvchili kosmik kema. 1969 yilning 
16-24 iyul kunlari, tarixda ilk marta, bortida inson bilan 
Oy
ga parvoz qilgan va 
Oy sirtiga qo‘nish amalga oshirilgan ilk fazo kemasi. Ikkita asosiy moduldan – 
boshqaruv moduli – «Kolumbiya» va Oy moduli «Burgut»dan iborat bo‘lgan. 
1969 yil, 16-iyul kuni, Floridadagi, Kennedi kosmik markazining 39A 
kompleksidan, «Saturn-5» raketa eltuvchisi yordamida fazoga uchirilgan. Start 
vaqtidagi massasi – 43901 kg. Parvozning umumiy davomiyligi – 8 kun, 3 soat, 
18 daqiqa va 8 soniyani tashkil etgan. Kema kapitani – 
Nil Armstrong
, ekipaj 
a’zolari – 
Edvin Oldrin
 (Oy moduli uchuvchisi) va Maykl Kollinz (boshqaruv 
moduli uchuvchisi). Startdan (13:32) 11 daqiqa, 42 soniyadan so‘ng, «Apollon-
11», yer sirtidan 190.8 km balandlik masofasida, 
7.79 km/soniya tezlikka ega bo‘lgan tarzda, Yer tevarak aylana orbitasiga 
muvaffaqiyatli chiqishga erishdi. Yer atrofida 1.5 aylanish bajarilganidan so‘ng, 
Tinch okeani ustidan uchish vaqtida, «Apollon-11» ikkinchi kosmik tezlikka 
erishdi va Oyga uchish trayektoriyasiga yo‘naldi. Parvozning to‘rtinchi kuni, 
startdan 75 soat 41 daqiqa o‘tgan vaqtda, «Apollon-11» Oydan 572 km 
masofada, Oyning Yerdan ko‘rinmaydigan teskari tomoniga o‘tdi va 8 daqiqadan 
so‘ng, u 114.1 km 
aposeleniy
va 313.9 km 
pereseleniy
ga ega bo‘lgan, Oy 
tevarak-atrofi orbitasiga chiqishga erishdi. Keyinchalik, Oy atrofidagi aylanish 
orbitasiga tegishli tuzatishlar kiritilganidan so‘ng, 13-marta aylanishning 
so‘ngida, «Burgut» va «Kolumbiya» o‘zaro ajraldi va «Burgut», astronavtlar 
bilan birga Oyga qo‘nishni amalga oshirishga kirishdi. Qo‘nish, Oydagi 
«Sokinlik dengizi» hududida muvaffaqiyatli amalga oshirildi va astronavtlar 
«Burgut»ni tark etib, avval Nil Armstrong, undan 15 daqiqa keyin esa, Edvin 
Oldrin Oy sirtiga chiqishdi. Ular Oyda bir necha amaliy tajribalar o‘tkazishdi va 
Oy guruntidan namunalar yig‘ishdi. Shuningdek, Yer bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
aloqaga chiqib, telemuloqotda va prezident bilan suhbatda bo‘lishdi. So‘ngra, 
Oyga ilmiy-tekshirish apparatlari – seysmometr va lazer nur qaytargichi (ko‘zgu) 
o‘rnatish ishlarini bajarishdi. Amalga oshirilayotgan barcha ishlarni astronavtlar 
o‘zaro almashinib fotosuratga tushirib borishdi. So‘nggi bosqichda esa, 
astronavtlar o‘zlari bilan olib kelgan, kosmonavtlar Yuriy Gagarin, Valentin 
Komarovlarga tegishli esdalik medallarini Oy sirtiga olib chiqish vazifasini 
bajarishdi. Ushbu jarayon, halok bo‘lgan kosmonavtlar xotirasi hurmati uchun 
bajarilgan o‘ziga xos marosim tarzida bo‘lgan. Rejalashtirilgan barcha ishlar 
yakunlangach, «Burgut»ni tark etishganiga 2 soat 31 daqiqa va 41 soniya 
bo‘lganida, astronavtlarga kemaga qaytish haqida buyruq berildi. Astronavtlar 
«Burgut»ga qaytgach, endi Yerga tomon parvozga tayyorlana boshlashdi va 
«Burgut» «Kolumbiya» bilan qayta tutashgach, «Apollon-11» Yerga qaytish 
trayektoriyasiga yo‘l oldi. 22 iyul kuni, «Apollon-11» Oyning tortish kuchidan 
Yerning tortish kuchi, kuchliroq bo‘lgan fazoga kirib keldi va Yerga qo‘nish 
bosqichiga o‘tdi. 24 iyul kuni, parvozning 195 soat 3 daqiqasi orta qolgan vaqtda, 
«Apollon-11» Yer atmosferasining yuqori qatlamlariga kirib keldi va 122 km 
balandlik masofasida, 11 km/soniya tezlik bilan pastlay boshladi. 3 daqiqadan 
so‘ng, Oyga parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirgan qahramon ekipaj bilan birga «Apollon-11», Tinch 
okeani suvlariga kelib tushdi, va avvaldan tayinlangan AQSH dengiz flotiga tegishli «Xornet» kemasi 
yordamida, chiqarib olindi va Pirl-Xarbor yaqinidagi Ford oroliga eltildi. Astronavtlar Oydan Yerga qaytib 
uchgan vaqtdan boshlab 21 kunlik karantin muddatini o‘tashdi. Karantin muddatidan 1 kun avval yakunlandi 
va 11 avgust kuni, bir kunlik dam olishdan so‘ng, 12 avgust kuni Oyga uchgan astronavtlarning keng omma 
bilan telemuloqoti uyishtirildi.

Download 5,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish