Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
95
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Apollon dasturi
Apollon – AQSH tomonidan
ishlab chiqilgan va
Oy
ga uchish, «Skaylab»
orbital stansiyasi, hamda, «Soyuz-Apollon» kosmik tutashtiruvlari uchun
qo‘llanilgan, 3-o‘rindiqli fazoviy kema. Boshqaruv moduli, xizmat bo‘limi va
Oy modulidan iborat uchta asosiy tarkibiy qismlardan tashkil topgan. Kosmik
kemani avvaliga «Saturn-5»
raketa-eltuvchisi, yer orbitasiga olib chiqqan.
Apollon seriyasidagi kosmik kemalarning asosiy maqsadi, Oyga astronavtlarni
eltish bo‘lgan. Apollonlarda, Oyga tomon uchuvchili parvozlar,
shuningdek,
uchuvchisiz, hamda, Yer atrofi koinotiga, hamda, xalqaro stansiyalarga
tutashtirish ishlari bajarilgan.
Bu turkum kosmik kema, asosan uch qismdan:
dvigatel bo‘limi, astronavtlarni yerga tushirish bo‘limi, hamda, Oy modulidan
(qo‘nish va uchish bosqichlari) iborat bo‘lgan. Start vaqtidagi maksimal
massasi 47 tonna, ekipaj faoliyat yuritadigan va yashaydigan bo‘lim hajmi 12.7
m
3
. Oyda maksimal qolish muddati 75 soat. 1968 yildan 1975 yilgacha jami 15
ta Apollon kosmik kemalari uchirilgan bo‘lib, ularda 38 nafar astronavt parvoz
qilgan. 15 ta parvozdan oltitasida – Apollon-11, 12, 14, 15, 16, 17 larda ekipaj (jami 12 nafar astronavt) Oyga
qo‘nishga muvaffaq bo‘lgan. Xususan, 1969 yilning 21 iyulida, Apollon-11 ekipaji a’zolari –
Nil Armstrong
va
Edvin Oldrinlar
ilk marta Oy yuzasiga qo‘nib, uning sirtiga chiqishga erishgan edilar.
Apollon – hozirgacha uchuvchili kosmik kemalar ichida Yer tevarak orbitasini tark etib, boshqa osmon
jismiga uchib borgan va Oy sirtiga yengil qo‘nishni amalga oshirgan yagona kosmik kema hisoblanadi.
Lun
а
-1
«Luna-1» – Sobiq ittifoq tomonidan ishlab chiqilgan va
Oy
hamda koinotni
tadqiq etish uchun mo‘ljallangan fazoviy apparat. 1959 yilning 2-yanvar kuni,
Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan, «Vostok-L» raketa-eltuvchisi
yordamida uchirilgan. Maqsadi Oy sirtiga qo‘nish va u joyga SSSR tamg‘asini
joylashtirish bo‘lgan. Biroq, loyihalash davomida nazardan chetda qoldirilgan
ayrim
xatoliklar
1
evaziga, «Luna-1» Oyga qo‘na olmadi, aksincha, u, Oy
sirtidan 6000 km masofadan o‘tib ketdi va geliotsentrik orbitaga chiqib ketdi.
Shunday bo‘lsa ham, «Luna-1»ning parvozini butunlay muvaffaqiyatsiz deb
bo‘lmaydi. Sababi u, eng avvalo, inson qo‘li bilan yasalgan mexanik apparatlar
ichida birinchi bo‘lib, ikkinchi
kosmik tezlikka erishgan, hamda Quyoshning
ilk sun’iy yo‘ldoshiga aylangan dastlabki fazoviy apparat bo‘lgan. O‘z
vaqtining ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti nuqtai nazaridan bu juda salmoqli yutuq
hisoblangan. «Luna-1» orqali olingan ilmiy natijalar ichida,
shularni alohida
ta’kidlash o‘rinliki, uning bortiga o‘rnatilgan magnitometr asboblari, Yer
sharining radiatsion belbog‘i mavjud ekanligini aniqlashgan edi. Shuningdek, apparat, zarrachalar tutqichi va
hisoblagichi apparatlari yordamida esa tarixda birinchi marta, Quyosh shamoli parametrlarining to‘g‘ridan-
to‘g‘ri o‘lchovlarini olishga erishilgan. Apparat bortiga yuklangan 1 kg miqdordagi natriy bug‘larini ochiq
koinotga bulut tarzida sochib chiqarish orqali, amaliy tajriba o‘tkazilib, sun’iy kometa effektini hosil qilish
bo‘yicha ilmiy tajribalar o‘tkazilgan. Tajriba muvaffaqiyatli chiqib,
natriy bulutlari, Yerdan 119500 km
masofada, bir necha daqiqa davomida zarg‘aldoq rangda, 6-kattalikdagi yulduzlar singari porlab turgan.
Shuningdek, aynan «Luna-1» apparati orqali, Oyda magnit maydoni mavjud emasligi aniqlangan edi.
Apparatning yana boshqa nomlari - «Luna-1D» va «Mechta» dastlabki davrlarda keng ishlatilgan.
Apparat hozirda ham Quyosh atrofini aylanib chiqmoqda, uning aylanish davriyligi, ya’ni «Luna-1»ning 1
yili, 450 Yer sutkasini tashkil qiladi. Apotsentrda apparat Quyoshdan 1.315 a.b. masofaga uzoqlashadi va
peritsentrda unga 0.9766 a.b. gacha yaqinlashib keladi.
1
Uchinchi bosqich («Е» bloki) dvigateliga buyruq berishda, apparatning koinotdagi joylashgan masofasi va Yerdagi boshqaruv
punkti o‘rtasidagi masofada, buyruq signallarining yetib borish muddati e’tibordan chetda qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: