Astronomiyadan ma’lumotnomalar



Download 5,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/96
Sana30.03.2022
Hajmi5,92 Mb.
#519471
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   96
Bog'liq
1. Astronomiyadan ma\'lumotnomalar

Mariner-3-4
 
Eksplorer-6 suratga 
tushirgan Yerning ilk 
fototasviri. 1959 yil.
 


Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi 
93
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a

lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Voyajer-1
Quyosh tizimi va uning tevarak chegaralarini o‘rganishga 
mo‘ljallangan avtomatik fazoviy zond. AQSH tomonidan 1977 yilning 5-
sentyabrida, Kanaveral kosmodromidan «Titan IIIE» raketa eltuvchisi 
yordamida orbitaga chiqarilgan. Start vaqtidagi vazni 723 kg. Ta’minot 
manbai sifatida plutoniy-238 asosida ishlovchi, 3 ta radioizotopli 
termoelektr generatori qo‘llanilgan. Dastlabki vaqtda, «Voyajer-1»ning 
asosiy vazifasi, gigant sayyoralar – 
Yupiter
va 
Saturn
ni tadqiq qilish 
sifatida belgilangan bo‘lib, ishchi rejim muddati 5 yil baholangan edi. 
«Voyajer-1» dastlabki manzil – Yupiter tevaragiga 1979 yilning 1 yanvar 
kuni yetib bordi va ushbu gigant sayyora yuzasini, uning tabiiy 
yo‘ldoshlarini fotosuratini yerga yubordi. Ko‘zlangan ikkinchi manzil – Saturnga esa apparat 1980 yilning 13 
noyabr kuni yetib bordi. «Voyajer-1» Yupiter va Saturnning mufassal fotokadrlarini olgan eng birinchi kosmik 
apparatdir. Shuningdek «Voyajer-1» yordamida, ushbu gigant sayyoralarning ilgari fanga ma’lum bo‘lmagan 
bir necha tabiiy yo‘ldoshlari aniqlandi. «Voyajer-1» belgilangan vazifalarni to‘liq bajarib bo‘lgach, o‘zining 
ish qobiliyatini 100% saqlab qoldi va uni Quyosh tizimining chetki qismlarini o‘rganish maqsadida, geliosfera 
chegarasiga yo‘naltirilidi. 1998 yilning 17-fevral kuni «Voyajer-1», o‘sha vaqtgacha, Quyoshdan eng uzoq 
masofaga yetib borgan fazoviy apparat - «Pioner-10» kosmik zondini quvib o‘tdi va inson tomonidan 
yaratilgan fazoviy apparatlar ichida Quyoshdan eng olis masofaga uzoqlashgan kosmik apparatga aylandi. 
«Voyajer-1»ning keyingi maqsadi, 
Koyper belbog‘i
hududini tadqiq qilish va geliopauza chegarasiga yetib 
borish va u haqidagi axborotlarni yerga uzatish sifatida belgilandi. «Voyajer-1» bu vazifani ham uddalab, 
keyin geliosferani tark etib, yulduzlararo fazoga chiqib ketsa, u yulduzlararo fazo muhiti haqida ma’lumot 
uzatgan dastlabki apparatga aylanishi ko‘zda tutilgan edi. 
Hozirgi vaqtda, «Voyajer-1» giperbola treaektoriyasi bo‘yicha uchmoqda va endilikda hech qachon 
Quyosh tizimiga qaytmaydi. 2010 yil iyun oyidan boshlab, «Voyajer-1»ga 
Quyosh shamoli
ning ta’siri 
muntazam susayib borayotganligi, demakki, u 
Quyosh tizimi
ning eng chetki hududlariga yaqinlashayotganligi 
qayd etilmoqda. 2010 yilning 13 dekabridan e’tiboran, «Voyajer-1»ga Quyosh shamolining ta’siri nolga 
tenglashgani e’tirof etilgan. Bu vaqtda u startdan boshlab, 116,38 a.b. masofani, ya'ni, 17,41 milliard km yo‘lni 
bosib o‘tgan edi. 2011 yilning dekabrida, Quyoshdan 119 a.b. masofada, «Voyajer-1» stagnatsiya hududi deb 
nomlanuvchi fazoga yetib bordi. Bu hudud, yulduzlararo fazodan apparatni ajratib turgan so‘nggi hudud 
bo‘lib, bu joyda «Voyajer-1» yulduzlararo fazodan kelayotgan yuqori energetik quvvatli zaryadlangan 
zarrachalar oqimi va bosimining keskin ortishiga duch keldi. Bu hududda magnit induksiyasining qiymati, 
Quyosh tizimining «Voyajer-1» ortda qoldirgan hududlaridagiga nisbatan, deyarli ikki barobar o‘sdi va magnit 
maydonining ancha yuqori darajada kuchlanganligi qayd etildi. 2012 yilning 14 iyun kuni, «Voyajer-1» 
datchiklarida, galaktik va kosmik nurlanishlarning keskin ortganligini, ayni vaqtda esa, Quyoshdan keluvchi 
zaryadlangan zarrachalar oqimi va miqdorining keskin susayishi qayd etildi. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, 
olimlar, «Voyajer-1»ning geliosfera va yulduzlararo fazo chegarasiga juda yaqinlashganligi va yaqin oradi, u 
geliosferani butunlay tark etib, yulduzlararo fazoga chiqib ketishi haqidagi xulosalar kelishdi. 2012 yilning 
25-avgust kuni, Quyoshdan 121.7 a.b. masofada, «Voyajer-1» nihoyat gelosferani tark etdi va yulduzlararo 
fazoga chiqib ketdi. Bu haqida, Nyu-Meksiko universiteti professori Bill Vebber rasmiy bayonot berdi. Biroq, 
bu haqda NASA raddiya berib, «Voyajer-1» hali geliosferani tark etmaganligi, bu haqdagi yakuniy xulosa, 
geliosfera va yulduzlararo fazo chegarasida magnit maydoni qutblarining ishorasi o‘zgarishi qayd etilganida 
berilishini ta’kidlagan. Shunga qaramay, 2013 yilning 12-sentyabr kuni NASA, «Voyajer-1»ning haqiqatan 
ham, geliosfera chegarasini tark etib, yulduzlarao fazoga chiqqanligini tasdiqladi
1
.
Hozirda (2014 yil, 5-may holatiga) «Voyajer-1» Quyoshdan taxminan 127.71 a.b. masofada, 17 
km/soniya tezlik bilan harakatlanmoqda va uning ishchi qobiliyati to‘liq saqlanib kelmoqda. Uning bortidagi 
radioizotopli termoelektr generatorlarining quvvati va ishchi qobiliyati, apparatni yana taxminan 2025 
yilgacha hech bo‘lmasa minimal darajada ta’minlay olishi ko‘zda tutilmoqda.
1
Ron Cowen. Voyager 1 has reached interstellar space. News & Comment. «Nature» jurnali, 12 Sentybr 2013 yil) 



Download 5,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish