Astronomiyadan ma’lumotnomalar


«Kassini» tayyorlanish jarayonida



Download 5,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/96
Sana30.03.2022
Hajmi5,92 Mb.
#519471
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   96
Bog'liq
1. Astronomiyadan ma\'lumotnomalar

«Kassini» tayyorlanish jarayonida.
 


Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi 
101
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a

lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Xabbl
«Xabbl» - (inglizcha: Hubble Space Telescope, HST) – Yer atrofi orbitasida 
aylanib harakatlanishda ishlovchi, avtomatik orbital rasadxona. NASA va 
Yevropa kosmik agentliklarining qo‘shma loyihasi. Loyihaning umumiy 
qiymati avval boshda 400 million AQSH dollari bo‘lgan, biroq yakunda bu 
ko‘rsatkich 2.5 milliard dollardan ortib ketgan. Apparat uzunligi 13.3 metr, 
diametri 4.3 metr. Start vaqtidagi vazni 11 tonna (bortga o‘rnatilgan ilmiy-
tekshirish asboblari bilan esa, 12 tonnadan ortiqroq). «Xabbl» 1990 yilning 
24 aprel kuni, AQSHning Kanaveral kosmodromidan «Diskaveri» STS-31 
shatlli yordamida orbitaga chiqarilgan. Orbital tezligi 7500 m/soniya. Yerdan 
taxminan 569 km masofa balandligida, o‘rtacha 96.2 daqiqada bir marta Yer 
atrofini aylanib chiqadi. Orbita perigeyi 561 km; apogey esa 566 km.
«Xabbl» orbital rasadxonasining asosiy uskunasi bu 2.4 m diametrga ega Richi-Kratyen sistemasidagi 
teleskop-reflektoridir. Teleskopning fokus masofasi 57.6 metrni tashkil qiladi. Unga asosiy teleskopdan 
tashqari 48 ta yorug‘lik filtriga ega bo‘lgan keng burchakli planetar kamera, yuqori aniqlikka ega bo‘lgan 
Goddard spektrografi (ultrabinafsha diapazonda ishlash uchun mo‘ljallangan), xira obyektlarni tasvirga 
olishga mo‘ljallangan maxsus kuchaytirilgan telekamera, xira obyektlar spektrografi, yuqori tezlikka ega 
fotometr, hamda navigatsiya sensorlari joylashtirilgan. Shuningdek, keyingi ekspeditsiyalar chog‘ida, 
astronavtlar tomonidan, teleskopni ish vaqtida ham sozlab borish va nuqsonlarni bartaraf etish imkonini 
beruvchi COSTAR optik sozlov tizimi o‘rnatilgan. Orbital rasadxonaning asosiy maqsadi, astronomik 
kuzatuvlarning Yer atmosferasi tufayli yuzaga keladigan salbiy ta’sirlardan holi bo‘lgan hudud – ochiq 
koinotda, avtomatik tarzda va Yerdan boshqariladigan ravishda olib borishga erishish hisoblanadi. 
Rasadxonaning koinotga joylashtirilishi, elektromagnit to‘lqinlarning, birinchi navbatda infraqizil 
diapazondagi to‘lqinlarning Yer atmosferasi ta’siridan butunlay holi bo‘lgan ochiq fazoning o‘zida qayd etish 
va bu diapazonlarda kuzatuv olib borish imkonini beradi. «Xabbl» orbital rasadxonasi umuman olganda, 
ko‘zga ko‘rinadigan nurlar diapazoni va aytib o‘tilgan infraqizil diapazondan tashqari shuningdek, 
ultrabinafsha diapazonda ham ishlaydi. Atmosfera ta’sirlarining mavjud emasligi tufayli, orbital rasadxonaga 
o‘rnatilgan teleskopning sezgirligi va aniqlik darajasi, shuningdek tasvirlarning sifat ko‘rsatkichlari, aynan 
shunday teleskopning Yerdagi nusxalariga nisbatan 7-10 barobar a’loroq sifat ko‘rsatkichlariga egadir. 
«Xabbl»ning orbitaga chiqarilganidan buyon uning yordamida olingan eng e’tiborga molik quyidagi 
ilmiy natijalarni qayd etish mumkin:
-
1994 yilda «Xabbl» teleskopi, Shumeyker-Levi kometasining 
Yupiter
bilan to‘qnashuvi hodisasini 
to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatish imkonini berdi;
-
Uning yordamida, 
Pluton
 va 
Erida
ning sirt yuzasiga oid ilk ma’lumotlar olindi ularning xaritalari tuzildi; 
-
 
Saturn
, Yupiter va Gannimedda ultrabinafsha qutb yog‘dulari bo‘lishi aniqlandi; 
-
Quyosh tizimi
dan tashqaridagi ekzosayyoralar haqida ilk ma’lumotlar olishga erishildi; 
-
Orion tumanligida, sayyoralar hosil qilishi mumkin bo‘lgan disk mavjudligi aniqlandi, galaktikamizdagi 
ko‘plab yulduzlar atrofida, sayyoralar shakllanishi jarayoni davom etayotganligi tasdiqlandi; 
-
Galaktikalar markazida massasi favqulodda ulkan bo‘lgan qora tuynuklar mavjudligi nazariyasining 
isbotlanishiga ulkan hissa qo‘shildi, xususan, qora tuynuk massasi va galaktikaning xossalari o‘rtasidagi 
bog‘liqlik haqida ko‘plab ilmiy tasdiqlar yig‘ildi;
-
Kvazarlarni kuzatish natijasida, butun olamning tezlanish bilan kengayayotganligini va olamning yoshi 
taxminan 13.7 milliard yil ekanligi aniqlandi; 
-
1995 yilda, koinotning xira obyektlar joylashgan hududlarini kuzatish natijalariga ko‘ra, butun olamning 
izotropligi haqidagi g‘oyalar paydo bo‘ldi; 
-
2013 yilda, «Xabbl»ning 2004-2009 yillarda tasvirga tushirgan fotosuratlari yordamida, 
Neptun
ing avval 
fanga ma’lum bo‘lmagan yangi 
tabiiy yo‘ldoshi
 aniqlandi. 
Yuqoridagilardan tashqari, «Xabbl» yordamida yulduzlar evolutsiyasi, koinotdagi ko‘plab tumanliklar, 
olis hududlardagi galaktikalar haqida ko‘plab qimmatli ma’lumotlar yig‘ildi. «Xabbl» hozirda ham astronom 
olimlarga xizmat qilishda davom etmoqda.
Orbital rasadxona shu paytgacha 4 marta kosmik ekspeditsiyalar orqali ta’mirlangan va 
mukammallashtirilgan bo‘lib, uning ish faoliyati 2014 yilda yakunlanishi rejalashtirilgan.

Download 5,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish