Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
102
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Yangi Gorizontlar
«Yangi gorizontlar» - (inglizcha: New Horizons) –
NASA tomonidan,
«Yangi sarhadlar» dasturi doirasida, 2006 yilning 19 yanvar kuni AQSHning
Kanaveral kosmodromidan «Аtlas-5» 551 raketa-eltuvchisi yordamida
koinotga uchirilgan sayyoralararo avtomatik kosmik zond. Start vaqtidagi
vazni 478 kg. Loyiha qiymati 650 million AQSH dollari.
Apparat va uning
bort asbob uskunalari, 11 kg plutoniy-238 radioaktiv termoelektr
generatoridan quvvat oladi. O‘lchamlari 2,2×2,7×3,2 metr. «Yangi
gorizontlar»ning ishlash muddati 15-17 yilgacha bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Apparat, Pluton atmosferasi va sirt yuzasi
tuzilishini tadqiq qiluvchi
ultrabinafsha spektrometr, oddiy va infraqizil diapazonlarda ishlovchi yuqori
aniqlikdagi yirik planli yoyilma fotokamera, Quyosh shamoli zarrachalarining parametrlarini o‘rganuvchi
SWAP apparati, energetik
zarrachalar spektrometri, Koyper belbog‘idagi chang zarrachalarini o‘rganish
uchun chang detektori, hamda radiospektrometr kabi uskunalar bilan jihozlangan. Shuningdek, «Yangi
gorizontlar» bortiga, Plutonni kashf qilgan astronom
Klayd Tombo
ning xoki, hamda NASA o‘tkazgan maxsus
«Plutonga ismingni yubor» dasturi doirasida 434738 kishining ismi yozilgan disk joylashtirilgan. Yer bilan
aloqa esa, ko‘plab antennalar va kuchaytirgichlar tizimi orqali ta’minlanadi. «Yangi gorizontlar»ning axborot
uzatish tezligi 4.75 Kb/soniya (Yupiter hududida), Plutonga yetib borishda bu tezlik 96 bayt/soniyaga
tenglashishi kerak.
Ushbu apparat, kosmik tadqiqotlar erasi boshlanganidan buyon, Yerdan eng katta tezlik bilan uchib
chiqqan kosmik zond hisoblanadi. U start vaqtida 16.21 km/soniya tezlik bilan Yerni tark etgan. Biroq hozirda
apparatning uchish tezligi 14.95 km/soniyani tashkil qiladi va bu, 70-yillar oxirida uchirilgan «
Voyajer-1
»ning
tezligidan (17.055 km/soniya) past ko‘rsatkichdir (Voyajer-1 Saturn bilan bajarilgan
gravitatsion manyovr
evaziga qo‘shimcha tezlanish olgan).
«Yangi gorizontlar»ning asosiy maqsadi –
Pluton
va
uning yo‘ldoshlari
, xususan Xaronni tadqiq qilish.
Shuningdek yo‘l-yo‘lakay, apparat Yupiterga ham tashrif buyurishi va ushbu gigant sayyora bilan gravitatsion
manyovrni amalga oshirishi lozim edi. Bu vazifa 2007 yilning 28 fevralida muvaffaqiyatli uddalandi va
«Yangi gorizontlar» Yupiter tortish kuchlari ta’sirida qo‘shimcha tezlanish olishga erishdi. Bu jarayonda
Yupiter va uning yo‘ldoshlariga oid yangi fotosuratlarni Yerga yubordi. 2008 yilning 8 iyun kuni «Yangi
gorizontlar» Saturn orbitasini kesib o‘tdi. 2009 yilning 29 dekabrida esa mazkur kosmik zond, Yer va Pluton
orasidagi masofaning teng yarmini uchib o‘tdi. 2010 yilning 30 iyul kuni esa, «Yangi gorizontlar» Neptundan
23 a.b. masofadan uchib o‘tish chog‘ida, Neptunning va uning tabiiy yo‘ldoshlarining
yuqori aniqlikdagi
fotosuratlarini olib, Yerga uzatdi. Mohiyatan bu amaliyotning maqsadi, apparatning bortidagi asboblar va
kameralarning ishlash rejimini tekshirib olish edi. 2011 yil, 18 martda zond Uran orbitasini kesib o‘tdi. 2012
yilning 12 fevralida esa u Plutonga 10 a.b. gacha yaqinlashdi. 2013 yil oktyabrida marragacha bo‘lgan masofa
5 a.b. ga qisqardi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2014 yilning 25 avgustida «Yangi gorizontlar»
kosmik zondi
Neptun orbitasini kesib o‘tishi lozim. Shundan so‘ng, 2015 yilning yanvarida, Plutonni to‘g‘ridan-to‘g‘ri
kuzatish ishlarini boshlanishi va apparat to‘liq ish rejimiga o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Xususan, 2015 yilning
5 mayiga kelib, undan olinishi kerak bo‘lgan foto va videomateriallarning sifati «
Xabbl
» qayd
qilayotganlardan yaxshi darajaga o‘tishi kerak. 2015 yilning 14 iyul kuni esa, «Yangi gorizontlar» ko‘zlangan
marra – Plutonga va uning Xaron yo‘ldoshiga maksimal yaqinlashishi rejalashtirilgan. Kuzatuv 9 kun
mobaynida olib boriladi va umumiy hisobda 4.5 Gb axborot yig‘ilishi mumkin. Pluton va uning yo‘ldoshlari
tadqiq qilinganidan so‘ng,
imkoniyatga qarab, 2016-2020 yillar davomida «Yangi gorizontlar»ni
Koyper
belbog‘i
dagi obyektlardan biriga yo‘naltirish mumkin. biroq, apparatning energiya zahiralarining juda kamligi
bois bu amalga oshishi mushkul bo‘lgan vazifa sifatida qaralmoqda. 2026 yilga borib esa, «Yangi
gorizontlar»ning ish faoliyati butunlay to‘xtashi mumkin.
Shuni ta’kidlash lozimki, «Yangi gorizontlar» parvozning 80% vaqti davomida energiya resurslarini
tejash uchun, bir necha marta «kutish rejimi»ga o‘tkaziladi va qolgan 20% muddatda, vaqti-vaqti bilan yana
ish rejimiga qaytarilib turiladi. Xususan u 2014 yilning 5 yanvarida «kutish rejimi»dan uyg‘otilib, aloqa
tizimlari bort asbob-uskunalarining ishlashi sozligi tekshirib olindi va dasturiy ta’minot manbalari yangilandi.
17 yanvar kuni apparat qaytadan «kutish rejimi»ga o‘tkazildi. 2015 yilning may oyida esa apparatning «kutish
rejimi»dan butunlay chiqarildi va endilikda u to‘liq ishchi rejimga o‘tgan.
Do'stlaringiz bilan baham: