Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
108
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Muallifdan:
Tungi osmondagi to‘lin Oyga, minglab charog‘on
yulduzlar yastanib yotgan
Somon yo‘liga, sayyoramiz uzra aniq hisob-kitob bilan almashinib turgan kecha-
kunduzga, va umuman olamning qanday qonuniyatlar asosida barqaror turishiga
qiziqmagan odam kam bo‘lsa kerak. Bolaligida fazogir bo‘lishni orzu qilmagan o‘g‘il
bolalar oz deysizmi...
Sirli koinot, jumboqqa to‘la fazo, hamma zamonlarda ham odamzotni o‘ziga jalb qilib kelgan. Eng
qadimgi
davrlardayoq odamlar, osmon jismlarining harakatlanishi ma’lum qonuniyatlarga asoslanishini
payqab, ular asosida o‘z kundalik yumushlarini, qisqasi o‘z hayot tarzlarini tartibga solishga intilganlar. Shu
nuqtai nazardan astronomiya, doimo dolzarb
va muhim amaliy fan sifatida, barcha ma’rifatli jamiyatlarda,
eng yuksak ilmiy doiralarda markaziy o‘rin tutuvchi fanlardan bir bo‘lib kelgan. XX asrda koinotni inson
tomonidan zabt etilishi
erasi boshlanishi bilan, ushbu fanning ahamiyati yanada ortdi. Avvaliga Yer
orbitasigacha uchgan inson, keyin esa Oyga qadam qo‘ydi. Ilgarilari odamzotning aqliga sig‘magan
masofalarga – yaqin va uzoq sayyoralarga avtomatik kosmik apparatlar yubordi. Yillar sayin yangi sayyoralar,
galaktikalar va butun boshli olamlarni kashf qilib bormoqda.
Yaqin vaqtlar ichida, huddi bir zamonlar,
madaniy o‘lkalar aholisi, boshqa qit’alarda koloniyalar tashkil qilganidek, odamzot ham boshqa sayyoralarda
o‘z koloniyalarini tashkil qilishi, o‘zga osmon jismlarining tabiiy resurslaridan foydalanishga o‘tishi
imkoniyatari, endilikda fantastika turkumiga kiritilmay qo‘ygan. Ishonmaysizmi? Eslab ko‘ring, bundan atiga
60-70
yil muqaddam, odamning Oyga qadam qo‘yishi haqida gapirilganda, bu narsa aynan fantastika deb
qaralar edi. Hozirda bu allaqachon amalga oshgan haqiqatdir. Bir vaqtlar, odamozot o‘z qo‘li bilan yasagan
apparat Quyosh tizimini butunlay tark etib, yulduzlararo fazoga chiqadi deyilsa, aynan fantastika deb qaralgan.
Bugun bunday apparatlar amalda bor va ular bizdan mingalab a.b. masofalarda mukammal ishlab turibdi.
Shunday ekan, astronomiya bundan keyin ham butun insoniyat hayotida muhim o‘rin
tutuvchi amaliy
fanlardan biri sifatida doim qadrlanishiga va katta qiziqish bilan o‘rganilishiga ishonchimiz komil.
Shu nuqtai nazardan,
www.Orbita.Uz
sayti nomidan navbatdagi ma’lumotnoma qo‘llanma –
«Astronomiyadan ma’lumotnomalar» elektron kitobini siz aziz oq’uvchilarga taqdim etish bizga katta
mamnuniyat bag‘ishlamoqda.
Ushbu kitob, astronomiya borasidagi bilimlaringizni oz bo‘lsada boyitishga,
ilm-fanga bo‘lgan rag‘batingiz ortishiga, yangidan yangi bilim cho‘qqilarini
egallashingizga andak hissa
qo‘sha olsa, ish, xo‘jalik faoliyatingizda ozgina bo‘lsa-da ko‘makchi bo‘la olsa, tahririyat o‘z oldiga qo‘ygan
muddao hosil bo‘lgan bo‘ladi.
Sayt ma’muriyati, o‘z ilmiy faoliyati davomida mazkur fan ma’lumotlarini, o‘lchov va tahlil
natijalarini qayd etgan atoqli olimlar va fan fidoyilarini samimiy hurmat bilan yodga olib, ularga tashakkur
izhor etadi…
www.Orbita.Uz
sayti Mazkur ma’lumotnoma bo‘yicha taklif, fikr va mulohazalaringizni
Muzaffar.Qosimov@gmail.com
elektron manziliga yuborishingizni so‘raydi.
Imlo xatolari hamda
ma’lumotlardagi qiymatlarga bog‘liq noaniqliklarni bizga ma’lum qilsangiz, g‘oyatda minnatdor bo‘lar edik.
Tanqidiy nuqtai nazardan bildirilgan fikr va takliflar, ma’lumotnomaning keyingi talqinlarida albatta inobatga
olinadi.
O‘qish, mehnat va ijod faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab:
Muzaffar Qosimov,
www.Orbita.Uz
sayti muharriri.