Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
61
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Erida
Erida (
136199 Eris
) – karlik sayyoralar ichida eng yirigi. U kashf etilgan 2005 yilda,
Quyosh
tizimi
ning 10-sayyorasi sifatida ham baholangan. Biroq 2006 yildan boshlab u karlik sayyoralar turkumiga
kiritildi. Erida
Transneptun obyekt
va
Plutoid
hisoblanadi. Uni ilk marta Kaliforniya Texnologiya universiteti
olimlari
Maykl Braun, Chedvik Truxilo va Devid Rabinovitslardan
iborat ilmiy guruh tomonidan, 2005
yilning 5-yanvar kuni, Samuel Oushin teleskopidan olingan 21-oktyabr 2003 yilga tegishli fotosuratlarni tahlil
qilish jarayonida aniqlangan. Bir necha oylik kuzatuv va tahlillardan so‘ng, kashfiyot haqida 2005 yilning 29-
iyul kuni e’lon qilindi.
Unga dastlab 2003 UB
313
shartli nomi berilgan edi. Erida dastavval 10-sayyora deb hisoblangani uchun,
unga astronomiya an’analariga muvofiq, qadimgi Rim va Yunon mifologiyasiga
oid nom berishga qaror
qilishdi. Ilmiy guruh rahbari Maykl Braunning o‘zi unga «Prozerpina» - ya'ni, Plutonning xotinining ismini
berishni taklif qilgan. Undan tashqari «Zena», «Persefona» va «Lailo» variantlari ham ko‘rib chiqilgan. Oxir
oqibatda, Braunning o‘zi, qadimgi yunon janjal va adovat ma’budasining nomi – Eridani (Ἔρις)
tanlashni
ma’qul ko‘rdi.
XAI
bu nomni 2006 yilning 6-sentyabr kuni rasman e’tirof etdi va ertasi kuni 7-sentyabrda
Eridani karlik sayyoralar safiga kiritdi.
Erida orbitasi, astronomik arxiv fotosuratlarini 1954 yilgacha qayta tahlil qilish orqali, jiddiy o‘rganib
chiqilmoqda. Biroq, uning harakat qonuniyatlarini yuqori aniqlikda o‘rnatishga ko‘plab sabablar to‘sqinlik
qilmoqda. Ulardan biri Eridaning o‘z orbitasidagi juda sekin harakati bo‘lsa, uning ko‘rinish kattaligi ham
juda xira ekanligi kuzatuvlarni qiyinlashtiradi. Eridaning ko‘rinadigan yulduz kattaligi 18,7
m
(taqqoslash
uchun, Plutonda bu ko‘rsatkich 15
m
). Eridaning Quyoshdan o‘rtacha masofasi 68,05 a.b. (10,18 milliard km),
biroq, uning orbitasi o‘ta cho‘zinchoqligidan (ekstsentrisiteti 0,435), Erida
Quyoshdan eng uzoqlashgan
paytda, 97,63 a.b. gacha (14,61 milliard km)
va eng yaqinlashganida esa, 38,46 a. b. (5,75 milliard km)
masofani egallaydi. Erida Quyosh atrofida 581 yilda to‘liq bir marta aylanib chiqadi.
«Xabbl» teleskopi
dan
olingan ma’lumotlar asosida, Eridaning diametri 2400±100 km atrofida deb baholandi.
Eridaning massasi,
uning tabiiy yo‘ldoshi borligiga ko‘ra aniqlandi va Plutondan vaznliroq bo‘lib chiqdi: (1,67±0,02)·10
22
kg;
bundan kelib chiqadiki, uning o‘rtacha zichligi ham 2,52±0,05 g/sm
3
bo‘lishi mumkin. Eridaning o‘z o‘qiga
nisbatan og‘ish burchagi va o‘z o‘qi atrofida aylanib chiqish muddati (erida sutkasi) hozircha noma’lum.
Stefan-Boltsman qonuniga asoslanib ishlab chiqilgan natijalarga ko‘ra, Erida sirtidagi o‘rtacha harorat, −253
°C atrofida ekan.
Eridaning hozircha yagona tabiiy yo‘ldoshi – Disnomiya 2005 yilning 10-sentyabr kuni S/2005 (2003
UB
313
) 1 vaqtinchalik nomi bilan aniqlangan. Tabiiy yo‘ldoshga rasmiy nom - (136199) Eris I Disnomiya
2005 yilning 13-sentyabr kuni biriktirildi. Disnomiya – yunon afsonalaridagi ma’buda
Eridaning qizining
nomidir. U Eridadan 37000 km masofada harakatlanadi va o‘z sayyorasini taxminan 16 kunda aylanib chiqadi.
Kashf etilishi
Kashf etgan olim
Maykl Braun, Chedvik Truxilo, Devid Rabinovits
Kashf etilgan joy
Kaliforniya, AQSH
Kashf etilgan sana
5-yanvar, 2005 yil
Do'stlaringiz bilan baham: