Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
63
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Haumea
Haumea (
136108 Haumea
) – kattaligi jihatdan to‘rtinchi o‘rinda turuvchi karlik sayyora. Transneptun
obyekt va Plutoid hisoblanadi. Uni
ilk marta, bir biridan mustaqil ravishda Andalusiya Astrofizika instituti
olimi Xose Luis Ortis hamda talaba Pablo Santos-Sanzlardan
iborat Ispaniyalik ilmiy guruh, hamda,
Kaliforniya Texnologiya universiteti olimlari Maykl Braun, Chedvik Truxilo
va Devid Rabinovitslardan
iborat ilmiy guruhlar kashf qilishgan. AQSHlik guruh Haumeani 6-may, 2004 yildagi fotosuratlar asosida,
2004 yilning 28-dekabrida kashf qilgan edi. Biroq, ilmiy guruh rahbari Maykl Braun, avvaliga to‘la ishonch
hosil qilish uchun, qo‘shimcha dalillarni o‘rganishga kirishdi. U 2005 yilning 7-iyuliga yangi osmon jismining
kashf qilingani haqida ma’ruza-e’lon tayyorlagan edi. Lekin oilaviy sabablarga (shu kuni Braun qiz farzand
ko‘rgan edi) ko‘ra bu chiqishni keyinga surishga majbur bo‘lgan.
Bu orada, Ispaniyalik astronom olim va
talaba, Kaliforniyadagi tadqiqotlardan
mutloq bexabar holda, Serra-Nevada rasadxonasidagi 36-santimetrli
teleskop yordamida Haumeani kashf etishdi. Ular olgan ma’lumotlar Malyorka universitetida qayta tekshirib,
tasdiqlangach, ispanlar o‘z kashfiyotlari haqida 2005 yilning 29 – iyul kuni e’lon qilishdi.
Dastavval, bu obyektga shartli nom sifatida 2003 EL
61
biriktirildi. AQSH guruhi bu obyektga «Santa»
(Santa Klaus) degan om berishgan. Chunki u nasroniylarning milod bayramidan keyin kashf qilingan edi.
Ispanlar esa unga, Iberiya bahor ma’budasining nomi - «Ataetsina»ni taklif qilishdi. 17-sentyabr, 2008 yilda,
Devid Rabinovits taklif etgan nom – Haumea (Gavay orollari xalqlarining hosildorlik ma’budasi) rasman
tasdiqlandi va Haumea Quyosh tizimining karlik sayyoralari safiga kiritildi.
Haumea orbitasi ham arxiv fotosuratlari asosida 1955 yilga qadar qayta tekshirilgan. U ekliptikaga
nisbatan 28,2° burchak ostida og‘gan. Orbita ekstsentrisiteti 0,1975. Orbitasining katta yarim o‘qi, 42,98 a.b.
(6,43 milliard km). Haumeadan Quyoshgacha eng uzoq masofa 51,47 (7.7 milliard km), eng yaqinlashganida
esa, 34,49 (5.16 milliard km). Haumeaning Quyosh atrofida to‘liq aylanib chiqish davri 281,8 yil.
Haumeaning massasi uning tabiiy yo‘ldoshlariga ko‘ra aniqlangan va u (4,004±0,040)·10
21
kg ni(Pluton
massasining taxminan 38% qismi) tashkil qiladi. O‘rtacha zichligi taxminan 2,6-3,34 gr/sm
3
atrofida.
Haumeaning o‘z o‘qi atrofida aylanish davri va orbita tekisligiga nisbatan og‘ish burchagi hozircha noma’lum.
2005 yilda Haumeaning ikkita tabiiy yo‘ldoshi – Xiiaki ((136108) Haumea I Hiʻiaka) va Namaka
((136108) Haumea II Namaka) aniqlangan. Ular haqida ma’lumotlar juda taqribiy va hozircha Xiiaki
350
km diametrga ega va Haumeadan 49,9 ming km masofada, 48,9 kunda aylanib chiqishi hisoblangan. Namaka
esa, 18 kunda Haumeani aylanib chiqadi va uning o‘lchamlari Xiiakiga nisbatan deyarli ikki barobar kichik.
Do'stlaringiz bilan baham: