Astronomiyadan ma’lumotnomalar


Astronomiyadan ma’lumotnomalar



Download 5,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/96
Sana30.03.2022
Hajmi5,92 Mb.
#519471
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   96
Bog'liq
1. Astronomiyadan ma\'lumotnomalar

Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi 
57
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a

lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Pluton (
Pluto 134340
) – 
Transneptun
osmon jismi bo‘lib, Quyosh 
tizimidagi eng yirik karlik sayyora hisoblanadi. Quyosh atrofida 
aylanayotgan osmon jismlari ichida massasiga ko‘ra 10 o‘rinda turadi. 1930 
yildan 2006 yilgacha Plutonni Quyosh tizimining katta sayyoralari qatorida, 
odatiy (mumtoz) sayyora sifatida qaralgan. Biroq, Hozirda esa, Pluton karlik 
sayyoralar turkumiga kiritilgan. 
Koyper belbog‘i
dagi ko‘plab osmon jismlari 
singari, Pluton ham asosan tog‘ jinslaridan tarkib topgan. Plutonning 
Quyoshdan o‘rtacha uzoqligi 39.53 a.b. ni tashkil qiladi. Plutonning 
ravshanligi 15-kattalikdagi yulduzlarniki bilan bir xil. Ya’ni, qurollanmagan 
ko‘z bilan ko‘rib bo‘ladigan eng xira yulduzlarning yorqinligidan ham 4000 
marotaba xira bo‘lib, uni faqat kuchli teleskoplardagina kuzatish mumkin. 
Pluton o‘z ekliptika tekisligiga nisbatan 17° burchak ostida og‘ish holatda 
aylanadi. Bu sayyoraning Quyosh atrofida to‘liq aylanib chiqish muddati 
247.69 yil. Pluton orbitasi trayektoriyasi g‘ayrioddiy ellips bo‘lib, 
perigeliy
da u Quyoshga Neptundan ham yaqinroq masofaga 29,6 a.b 
gacha (≈4.4 mlrd km) yaqinlashadi. Quyoshdan eng uzoqlashgan 
nuqtasida (
Afeliy
) esa, masofa 49,3 a.b. (≈7.4 mlrd km) gacha yetadi. 
Ekliptika tekisligiga nisbatan og‘ish burchagining kattaligi tufayli Neptun 
va Pluton orbitalari o‘zaro kesishmaydi. Neptun Quyosh atrofida uch 
marta aylanib chiqishga ulgurgan vaqtda, Pluton endigina ikkinchi 
aylanishni yakunlagan bo‘ladi. Ya’ni Neptun va Pluton o‘zaro 3:2 orbital 
rezonansda bo‘ladi. Natijada Neptun va Pluton hech qachon 17 a.b. dan 
yaqinroq masofaga yaqinlashmaydi. Biroq Pluton, Uranga 11 a.b. 
masofagacha yaqinlashib kelishi mumkin. 
Perigeliyda Quyosh nurlari Plutongacha 241 daqiqada, afeliyda esa, 402 daqiqada yetib boradi. Pluton 
yaqinidan turib yerga radiosignal yuborgan kosmik apparatning tarqatgan radioto‘lqinlari, qabul 
qiluvchigacha 8 daqiqada yetib keladi.
Pluton sirtidagi harorat, eng kam sovigan hududlarida ham – 230 °C sovuqni tashkil qiladi. 
Atmosferasining yuqori qatlamlarida esa, – 170 °C atrofida. Uning atmosferasida o‘ta siyrak azot qatlami, 
metan va inert gazlar aralashmasi mavjud. Sirti esa, muzlagan metandan iborat qor qatlami bilan qoplangan. 
Termodinamik tadqiqotlar natijasida olingan umumiy nisbatga ko‘ra, Pluton atmosferasi 99% azot, ≈0.98% 
uglerod monooksid, va 0.1% metandan iborat bo‘lishi mumkin ekan. Yorug‘likning yutilishi hodisasiga 
asoslanib olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Pluton atmosferasi bosimi 0.15 Pa (Yer atmosferasining atiga 1/700 
000 qismi) atrofida ekan.
Plutonning birinchi tabiiy yo‘ldoshi – Xaron 1978 yilda 
astronom Jeyms Kristi tomonidan ochilgan. Xaron o‘z 
sayyorasi – Plutonga nisbatan yorqinroq, lekin, unga 
shunchalik yaqin masofada aylanadiki, fotokadrlarda u Pluton 
bilan o‘zaro birlashib ketganday tasavvur uyg‘otadi. Faqat 
aylanish davriga qarab, Plutonning goh o‘ng, goh chap 
tarafidan do‘ppayib bo‘rtib chiqib turgan chetlarini kuzatish 
orqali, Xaron haqida ma’lumotlar olingan. 
«Xabbl» teleskopi
 
orqali olingan ma’lumotlarga qaraganda, Xaronning diametri 
taxminan 19628-1964 km deb baholandi. Pluton-Xaron 
barisentri Plutondan tashqarida joylashgan. Shunisi qiziqki, Pluton va Xaron bir-biriga faqat bir tarafi bilan 
yuzlanib turadi. Ya’ni Plutonning bir yarim sharida Xaron hech qachon botmaydi, ikkinchi yarim sharida esa, 
Xaron hech qachon ko‘rinmaydi. Pluton-Xaron massalar nisbati 1:8 ni tashkil qiladi (taqqoslash uchun Yer va 
Oyning massalar nisbati 1:81). Shu kabi parametrlarga ko‘ra, olimlar orasida Xaronni Plutonning tabiiy 
yo‘ldoshi sifatida emas, balki, ularni Pluton-Xaron qo‘shsayyorasi sifatida e’tirof etish haqidagi g‘oyalar 
mavjud.
Xaron uzoq vaqt mobaynida Plutonning yagona tabiiy yo‘ldoshi sifatida qarab kelinayotgan edi. Biroq, 
koinotga «Xabbl» teleskopining chiqarilishidan so‘ng, uning yordamida Plutonning yana to‘rtta tabiiy 

Download 5,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish