Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
27
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Oyda eng ko‘p uchraydigan kimyoviy elementlar.
Kimyoviy element
%
*
%
**
%
***
Kislorod
40.0 54
40.5
Kremniy
19.2 20
20
Temir
14.3 5.1
13.7
Kalsiy
8.0
10.3 9.2
Titan
5.9
0.28 1.9
Alyuminiy
5.6
12.5 8.7
Magniy
4.5
5.7
5.3
Natriy
0.33 0.26 0.32
Kaliy
0.14 0.05 0.12
Xrom
0.02 0.11 0.20
Oy odamlarni qadimdanoq o‘ziga jalb qilib kelgan va munajjimlarning doimiy kuzatuvida bo‘lgan.
Eramizdan avvalgi II asrda yunon olimi Gipparx, Oy orbitasining ekliptikaga nisbatan og‘ishini aniqlagan.
Gipparx kuzatuvlari asosida Klavdiy Ptolomey «Almagest»da qayta ko‘rib chiqilgan va rivojlantirilgan.
Teleskop
kashf etilganidan keyin, 1651 yilda Jovanni Richiolli tarixda birinchi marta Oy xaritasini tuzdi.
Aynan Richiolli Oydagi yirik qoramtir joylarni birinchi bo‘lib «Dengizlar» deb atagan shundan buyon oydagi
botiqliklar va yirik kraterlar Oy dengizlari deb ataladi. Richiolli bunday fikrga kelishiga sabab, u Oyning
qoramtir rangda ko‘ringan chuqurliklarini suv bilan to‘la
dengizlar, yorqin qismlarini esa, quruqliklar deb
o‘ylagan. Lekin Xorvatiyalik astronom Rujer Boshkovich Oy atmosferasi mavjud emasligini isbotlab berdi.
Bunday holatda esa oyda suv mavjud bo‘lishi nazariy jihatdan mumkin bo‘lmaydi. Lekin baribir, Richiollining
an’anasi yashovchan bo‘lib chiqdi. Richiollining o‘zi Oydagi «dengiz»larga buyuk olimlarning nomini berish
an’anasini ham boshlab bergan.
Oyni tadqiq qilish XIX asrda fotografiya ixtiro
qilinganidan keyin yangi
sur’atlarda rivojlandi. Fotosuratlar asosida, Oyni yanada mufassal tadqiq qila
boshlandi. Oyning dastlabki mukammal fotosuratlarini 1852 yilda Uorren de la
Ryu va 1865 yilda Lyuis Rezerfordlar olishgan. 1881
yilda esa Pyer Jansen
Oyning birinchi fotografik atlasini tuzdi.
XX asrda koinotni zabt etish erasi boshlanishi
bilan, Oy haqidagi bilimlar ancha mukammallashdi.
Kosmik apparatlar tufayli, ming yillar davomida
barcha munajjimlarning
qiziqtirib kelgan Oyning
Yerdan ko‘rinmaydigan teskari tomonini ilk
marotaba ko‘rishga muvaffaq bo‘lindi. Oyga
maxsus apparatlar uchirila boshladi. Ulardan eng
birinchisi
«Луна-1»
bo‘lgan. U 1959 yilning 13
sentyabrida Oyga yetib borgan. Oyning teskari tomonining dastlabki fotosuratini
«Луна-3» apparati 1959 yilda Yerga yuborgan. Oyni tadqiq qilish
jarayoning
tezlashuviga XX asrning ikkinchi yarmida yuzaga kelgan «sovuq urush» siyosiy
holati ham katta ta’sir qilgan. XX-asrning 60-yillarida AQSH hukumati, sobiq ittifoqning Oyni tekshirish
borasida ancha ilgarilab ketganligidan xavotirga tushib, o‘zining maxsus Oyni tadqiq qilish milliy dasturini
ishlab chiqdi. Prezident Jon Kennedi, Oyga AQSHlik astronavt 1970 yilgacha albatta yetib boradi deb bayonot
berdi. Oyga uchuvchili apparat yuborilishi oldidan bir nechta tayyorlanish bosqichlari o‘taldi. «Reynjer»
1961‒1965 yillarda Oy sirtini batafsil fotosuratlarga tushirdi; «Surveyer» yumshoq qo‘nish va joyni o‘rganish
ishlarini; «Lunar orbiter» esa joyning sirtini mukammal o‘rganish ishlarini bajardi. Nihoyat, 1969 yilning 20
iyulida
Apollon-11
Oy
kemasi bortida astronavtlar
Nil Armstrong
va
Edvin Oldrin
lardan
iborat ekipaj Oy
sirtida yumshoq qo‘nishni amalga oshirib, Oyga qadam qo‘ygan birinchi insonlarga aylanishdi.
*
Ushbu ma’lumotlar «Appolon-11» oy stansiyasi keltirgan 22.77 kg Oy tuprog‘ining kimyoviy tahlili natijasida keltirilgan.
**
Ushbu ma’lumotlar «Луна-20» oy stansiyasi materik qismidan keltirgan Oy tuprog‘ining kimyoviy tahlili natijasida keltirilgan.
***
Ushbu ma’lumotlar «Луна-16» oy stansiyasi dengiz qismidan keltirgan Oy tuprog‘ining kimyoviy tahlili natijasida keltirilgan
Do'stlaringiz bilan baham: