Modulli o’qitish ta’limning quyidagi zamonaviy masalalarini xar tomonlama yechish imkoniyatini yaratadi: Modulg - faoliyatlik asosida o’qitish mazmunini optimallash va tizimlash dasturlarni o’zgaruvchanligi, moslashuvchanligini ta’minlaydi;
O’qitishni individuallashtirish;
Amaliy faoliyatiga o’rgatish va kuzatiladigan xarakterlarni baxolash darajasida o’qitish samaradorligini nazorat qilish;
Kasbga qiziqtirish asosida faollashtirish mustaqillik va o’qitish imkoniyatlarini to’la ro’yobga chiqarish.
Modulli o’qitish samaradorligi quyidagi omillarga bog’liq:
Ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi;
Malakali o’qituvchilar tarkibi darajasi;
O’quvchilar tayyorgarligi darajasiga;
Kutiladigan natijalar baxosiga;
Didaktik materiallarning ishlab chiqilishiga;
Modullar natijasi va taxliliga.
Modulni o’qitishning samaradorligini oshirishga erishish uchun o’qitishning quyidagi usullarini qo’llash mumkin: Muammoli muloqotlar;
Evristik suxbatlar;
O’quv o’yinla
Loyixalash va yo’naltiruvchi matnlar va xokazo.
O’quv materialining o’zlashtirilishiga mashg’ulotlar paytida modulning amaliy axamiyati qay darajada ochib ko’rsatilganligi modul mazmunining boshqa modullar bilan bog’liqligi shu modulni o’rganishdagi o’quvchilarning bir xil xatoliklari taxlili muxim axamiyatga ega.
3.4.”Hamkorlikdagi ta’lim texnologiyasi” (komandada o’qitish, kichik guruhlarda o’qitish) dan dars jarayonida foydalanish. Komandada o’qitishda o’quvchilar teng sonli ikkita komandaga ajratiladi. Xar ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda ahzolari o’quv topshiriqlarini xamkorlikda bajarib, xar bir o’quvchi mavzudan ko’zda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga e’tiborini qaratadi. Xamkorlikda o’qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bo’lgan R.Slavinning tahkidlashicha, o’quvchilarga topshiriqlarni xamkorlikda bajarish uchun ko’rsatma berilishi yetarli emas. O’quvchilar o’rtasida tom ma’nodagi xamkorlik xar bir o’quvchining qo’lga kiritgan muvaffaqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muxit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o’quvchilarning bilimlarini o’zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki xar bir o’quvchining kundalik natijasi avval qo’lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. SHundagina o’quvchilar o’zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishi anglangan xolda mahsuliyatni xis qilib, ko’proq izlanishga, bilim, ko’nikma va malakalarni puxta o’zlashtirishga intiladi.