Manga
ne qilding, ey sipehr, oxir,
Yo‘q
emish senda zarra mehr, oxir!
Mehrsizlik ishim aro qilding,
Ro‘zgorim yuzin qaro qilding…
Naylayin bu jahonni jonsiz men?
Bal jahon birla jonni onsiz men?
Jonni olg‘ilki, to‘ymisham, billoh!
Ko‘ngul o‘lmakka qo‘ymisham billoh!..
Yorliq qayda ketti, yoronlar?
Yo‘q musulmonliq, ey musulmonlar!
O‘lturub g‘avrima yeting oxir!
Ming o‘lumdin xalos eting oxir!
Bahrom: (mulozimga) Bugun oq qasrda dam olmoqchiman. Olti kun mobaynida olti iqlim yo‘lidan kelgan musofirlarning
hikoyatini tingladim, lekin birortasidan malikam Dilorom xabarini topmadim. Yettinchi iqlim yo‘lidan kelgan musofirni olib keling.
Do'stlaringiz bilan baham: