1-boshlovchi:
Angladik, sevgini qalbga jo etib,
Yashabsiz hayotda misli samandar.
Ishq ichra tug‘ilib, ishq ichra mangu,
Ishq tug‘in tutmagan hech kim siz qadar.
2-boshlovchi:
Esimda u damlar, sho‘x-shodon yillar,
“Guliston”, “Bo‘ston”ni yod olgan kunlar.
( Navoiy va boshlovchilar chiqadi. Boyqaro va mulozimlar kirib keladi. Boyqaro o‘tiradi va musiqa ijro etiladi.)
Boyqaro :
Ofarin, mashshoqlar sozingizga boz,
Raqsingiz har qancha ta’riflasam oz.
Hudaychi bularni aylangiz e’zoz,
Ko‘ngillari bo‘lsin bizdan sarafroz.