Hudaychi bosh egib: Buyuringiz bosh ustiga. (musiqachilar va hudaychi chiqib ketadi)
Boyqaro :
Do‘stimiz Alisher nega ko‘rinmas?
Saroyni fayzi-la fayziob etmas?
Yo biror mushkulot tushnmish boshiga
Yoki borsammikan o‘zim qoshiga?
Hudaychi: (kiradi, ta’zim qilib)
Hazratim, qabulda shoir Alisher,
Ruxsatingiz kutib turmishlar, ne dey?
Tezroq chorlang, kirsin aziz do‘stimiz,
O‘zi mushtoq edi unga ko‘nglimiz.
Hudaychi: Kirsinlar shoirlar shoiri, ustoz Navoiy!
(Navoiy ta’zim qiladi, Boyqaro o‘rnidan turib u tomon kelib quchoqlashib ko‘rishadi.)
Navoiy : Assalom, podshohim olampanohim!
Umringiz ziyoda qilsin Olohim.
Uzrimni aytaman ming bir taassuf,
Bir zarur yumush-la kech qoldim afsus.
Boyqaro: Bormisiz, azizim, do‘stim darddoshim,
Ko‘nglimning quvonchi, mahram-sirdoshim.
Yo bizdan arazlab ketdingizmi, siz
Biror xatolikka yo‘l qo‘ydikmi biz?
Hozir huzuringiz aylab ixtiyor,
Yo‘lga otlanmoqqa bo‘lgandik tayyor.
Navoiy:
Sultonim , hoqonim, ey aziz do‘stim,
Kechiring gar sizni ranjtgan bo‘lsam.
Men sizga atabon bitgandim kitob,
Shuni oxiriga yetkazib shitob,
Qanotsiz, siz tomon yeldim, podshohim,
Afv feting gar bo‘lsa zarra gunohim.
Bu sizga bitganim-Beshta xazina,
Ustoz Nizomiydek bitdim men “Xamsa”.
(Navoiy ta’zim bilan kitobni Boyqaroga taqdim etadi. Boyqaro kitobni olib bir-bir varaqlaydi)
Boyqaro: “Hayrat-ul abror”, “Farhod va Shirin”,
“Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy”
Ofarin, tasanno, do‘stim, Alisher!
Siz menga bilsangiz , ustozim va pir,
Oq otim keltiring, pirim o‘tqizay,
O‘zim bul pirimga jilovdor bo‘lay!
9. 11 “B” - sinf o‘quvchilari:
2-boshlovchi : “Saddi Iskandariy” (“Iskandar devori”) doston 1485 yilda yozilgan bo‘lib, 89 bob, 7215 baytdan iborat. U "Xamsa” dostonlari ichidagi hajm jihatidan eng kattasidir. “Saddi Iskandariy” dostonidan “Iskandarning onasiga maktubi” . O‘qib beradi sinfimiz o‘quvchisi: Yusubjonov Azizbek (parda ortidan)
O‘quvchi :
“Bu xat mendin, joni azobda qolg‘an. Ajal qo‘lida pajmurda holiga kelgan Iskandardandur. Buzilgan tanamning joni, vujudim bebaho la’lisining koni bo‘lmish onamga so‘zim shuki, men Boshimga behuda andusha va orzular tushib, olamni boshdin-oyoq fath etishni o‘zimga niyat qiib oldim. Nimani o‘ylagan va xayol qigan bo‘lsam, hammasi xom va hammasi havasga ichilgan may kabi befoyda ekan, aslida esimni tanigan, aql miyamga harorat bergan kunidin boshlab senga o‘g‘illik qilsam, ya’ni senga xuddi quldek xizmat qilsam bo‘lar ekan: aslida sening ostonang tuprog‘iga aylansam-u, uning otini men shohlik deb bilsam bo‘lur erkan.
Seni ko‘pdan ko‘p ayriliqlarga tashlab yurdim, sendan yiroq kelib, senni qiynadim. Mening bu baxt-u iqbolimg‘a falak hasad birlan qaradi, ko‘rolmaslik qildi. Endi o‘lur chog‘imda pushaymon bo‘lib, o‘zimni- o‘zim o‘ldirganimdan nima foyda? G‘am bilan ezilgan bolangdan rozi bo‘lmasang, bu darmonda bechoraning holiga voy, yuz qatla voy! Men sening amr-farmoningga bo‘ysunmagan bo‘lsam ham, lekin sen mening bu iltimosimni qabul et!”
Qog‘ozni taxlab, maktubni elchiga topshirgach, yana ko‘nglida qolgan muddaolarini ham bayon ayladi:
“Hech qayerda to‘xtamay, kechasi-kunduzi demay yurib, onamga shu maktubni eltib bering. Ikkinchidan, hozir mening oftobim so‘nib, quyoshim yuziga qora bulut yopilgach, boshim ustida ko‘p yig‘i sig‘i, dod-voy qilib, jahonni motamzadalik bilan xarob aylamang. Mening tanimni tobut ichiga solib, ibrat ko‘zi bilan boqib, kecha-kunduz demay jahd-u jadal bian yurib, Iskandariya shahriga olib boring. Tiriklikda istiqomatgohim bo‘lmish u joy o‘lganimdan so‘ng mozorimga aylansin. Lekin, meni tobutga yotqizgan paytingizda , yoqut teshigidan ip chiqazib qo‘yilgani kabi albatta bir qo‘limni tobutdan chiqazib qo‘ying. Toki xaloyiq bu qo‘lga hayrat ko‘zi bilan emas, balki ibrat ko‘zi bilan boqib: “bu panjalar saf tortib yer yuzini o‘z qo‘liga olgan edi; butun duyodagi mamlakatlarning hammasini, quruqlikda va suvda bo‘lgan barcha la’l-u gavharlarni shu kaftiga kiritib olgan edi. Endi ajal qo‘li bu dunyodan ko‘chish nog‘orasini qoqib bo‘yniga abadiylik tomon jo‘nash boshvog‘ini solgach, mana endi bu qo‘llar duynodan shol kishinig qo‘lidan quruq, chinorning yaproqsiz butog‘idan bo‘m-bo‘sh ketayotir”, - desinlar. Bu hol odamlar uchun bir ibrat maktabi bo‘lib dunyoni egallash mashg‘ulotidan qo‘llarini tortsinlar”.
10. E'tiboringizga "Hayrat ul-abror” dostoni haqida 10 “B” -sinf o‘quvchilari chiqishini havola etamiz.
1-boshlovchi: Alisher Navoiyda o‘zbek tilida "Xamsa" - besh doston yaratish maqsadi yoshligidan bo‘lgan. Ushbu maqsadini 1483-1485 yillarda amalga oshiradi. Asar o‘zbek adabiyoti shuhratini olamga yoyib, jahon adabiyotining durdonalaridan biriga aylandi.
"Xamsa” Navoiy merosining buyuk sayqali, xalqimiz ma’naviy taraqqiyotining ko‘zgusidir.
2-boshlovchi: "Xamsa” jami 51 ming misradan iborat besh dostondir. "Xamsa”ning birinchi dostoni "Hayrat ul-abror” bo‘lib, yaxshi kishilarning hayratlanishi demakdir. Asar 7976 misra 3988 bayt bo‘lib, 64 bob, 20 maqolatdan tashkil topgan.
1-boshlovchi: "Hayrat ul-abror” dostonidan "Shoh G‘oziy” hikoyati.
Alisher Navoiy "Shoh G‘oziy” hikoyasi asosida Husayn Boyqaroni tasvirlagan. "G‘oziy” so‘zi "G‘olib” degan ma’noni bildiradi.
2-boshlovchi: Kunlarning birida Shoh G‘oziy saylga chiqadilar. Yo‘lda ketayotganda yonidan bir telbanoma kampir uning etagidan mahkam tutdi. Nola-yu afg‘on chekdi.
Kampir: -Ey, shariatpanoh shoh! Agar adolat bilan ish ko‘riladigan bo‘lsa, men sen bilan shariat bo‘yicha da’volashaman. Shart shuki, jahling chiqmaydi, savolarimga shariat mahkamasida javob ber.
Shoh: Agar jonimni talab qilsang ham, agar talabing shar’iy bo‘lsa, aybimga jonim bilan iqrorman.
1-boshlovchi: Ikkisi qozi huzuriga boradi.
Kampir: Shoh qazoqlik qilib ko‘chib yurarkan, tig‘ solib, (har yoqqa) askar tortardi. Men tulning birgina jigarim bor edi, u jigarim ekinzorining yagona boshlig‘i edi. U bog‘imda bitgan qomati raso sarv, yana to‘g‘rirog‘i qurigan shoximning mevasi edi. Shoh qilichi bilan ko‘ksimni yorib, jigar-poramni halok etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |