Bahrom:Bas. Axir, bu mening Diloromim-ku.
Bahrom:(Diloromga): Yo‘q-yo‘q bu mag‘rurlik menda ham bor. Sizni yo‘qotib qanchalik qiynalganimni bilsangiz edi. Hasratim ko‘pligidan dengiz-u daryolar to‘fon ko‘tardi. Falak bo‘ron boshladi. Jismim o‘zimda-yu, ko‘nglim, ruhim, o‘y-xayolim sizda malikam. Qani endi Xorazm eliga aytgan qo‘shiqlaringizdan men ham tinglasam.
Bahrom:Endi sizning sharafingizga bazm uyushtiramiz.
Xorazmcha raqs. Lazgi:
1-o‘quvchi:
Lekin Bahrom Diloromni topgach, yana ovga, aysh-ishratga beriladi. Bir kuni u saroy ahli, sonsiz qo‘shin va Dilorom bilan katta ovga chiqqanida, yomg‘ir yog‘adi va eski botqoqning og‘zi ochilib Bahromni Dilorom va butun arkoni davlati bilan birga yer yutadi.
Bahrom bo‘lib o‘tgan voqealardan va tinglagan hikoyatlaridan xulosa chiqarmaydi: oshiqlik va shohlikni bir qiyofada olib bormoqchi bo‘ladi, aslida esa chin oshiqlik toju taxt va boylik bilan muvofiq kelmaydi:
Ishq ila shohlig‘ muvofiq emas,
Ishq lofida shoh sodiq emas.
2-o‘quvchi:
Shu bilan birga shoh Bahromning halokatini tasavvuf ta’limotiga ko‘ra yana shunday izohlash mumkin: Butun jonzotlar, tabiat, hayvonot va nabotot olami Allohning zuhuridir. Ularning barchasini Alloh yaratgan ekan, ularga zarar yetkazish Yaratgan irodasiga qarshi borish bilan tengdir. Shu ma’noda shoh Bahromning tabiatga yetkazgan jabr-zulmi uning halokatiga olib keldi.
Shoir Bahrom timsoli munosabati bilan o‘z davridagi ba’zi dolzarb masalalarga ham ishora qilib o‘tgan. Xususan, haqiqiy hukmdor har qanday illatlardan xoli bo‘lishi zarurligi, xalq ahvolidan g‘ofillik va aysh-ishratga berilish oxir-oqibat shohni va mamlakatni tanazzulga olib borishi mumkinligi shoir aytmoqchi bo‘lgan muhim g‘oyalardan biridir.
14. Yakuniy qism. «Tong oromi» kuyi past ovozda (fon)eshitilib turadi.
1-boshlovchi: Alisher Navoiy ijodi bebaho xaznadir. Uning adabiy merosi ham , o‘zi ham biz-yoshlarga hamisha ibrat va hayot maktabidir.
Biz Navoiy bog‘ining bog‘bonimiz,
Bog‘bondirmiz, vle mehmonimiz.
Bul -“Nasoyim ul-muhabbat” bog‘idir,
Besh asrkim biz uning hayronimiz.
Mir Nizomiddin Alier ya’nikim,
So‘z aro osmnimiz, umonimiz.
2-boshlovchi:
Til “Xazoyin –ul maoniy”dan keur,
Boshlanur shundan adab karvonimiz,
To navoiy bor muhabbat dildadir,
So‘lmag‘ay hargiz ko‘ngil bo‘stonmiz.
Shul ismdan yurt aro yuz ming umid,
Shul ismdan nurlanur davronimiz!
1-boshlovchi: ( 10 “B”- sinf o‘quvchilari)
-Darhaqiqat, Navoiy ijodiyot bo‘stonida shunchalar xilma-xil, rang-barang gullar ko‘pki, uning adog‘i yo‘q. Undan qaysi gulni istasangiz, albatta o‘sha gulni topasiz. Navoiy bobomiz she’riyat bo‘stoni ech qachon so‘lmas gulshandr. Uni ehtiyot qilib asrash, o‘ranish bizning burchimizdir.
2-boshlovchi: Shuning bilan bugungi kechamizga yakun yasaymiz. Navoiyning nazmiy javohir bo‘stoni hamisha ma’naviy olamimizni munavvar aylasin!
E’tiborlaringiz uchun rahmat!