Asosiy tushunchalar


Asos ekssizion reparatsiyasi



Download 3,69 Mb.
bet13/17
Sana07.04.2022
Hajmi3,69 Mb.
#533959
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
DNK replikatsiyasining molekulyar

Asos ekssizion reparatsiyasi


Asos ekssizion reparatsiyasi (tuzatilishi) bu maʼlum bir turdagi asosda yuzaga kelgan xatolikni aniqlab, uni tuzatishdan iborat mexanizm hisoblanadi. Glikozilaza fermentlar guruhi bu jarayonda asosiy rol oʻynaydi. Har bir glikozilaza maʼlum bir turdagi asos shikastlanishini aniqlaydi va uni bartaraf etadi.
Masalan, dezaminlash deb ataladigan kimyoviy reaksiya sitozin asosini uratsilga aylantirishi mumkin, bu odatda faqat RNKda yuzaga keladi. DNK replikatsiyasi jarayonida uratsil guanin bilan emas, balki adenin bilan birikadi (agar asos haligacha sitozin boʻlsa), shuning uchun sitozin uratsilga oʻzgarishining tuzatilmasligi mutatsiyaga olib kelishi mumkin^55start superscript, 5, end superscript.
Bunday mutatsiyalarning oldini olish uchun asos ekssizion tuzatish usulida glikozilaza dezaminlangan sitozinlarni aniqlaydi va olib tashlaydi. Asos olib tashlanganda, DNKning shu asosga yaqin qismlari ham olib tashlanadi va boʻshliq boshqa fermentlar tomonidan toʻldiriladi va zanjir ulanadi^66start superscript, 6, end superscript.

Dezaminlangan sitozinning asos ekssizion reparatsiyasi.

  1. Dezaminlanish sitozinni uratsilga aylantiradi. Natijada DNK qoʻsh spiralining bitta zanjiridagi G ikkinchi zanjirdagi U bilan juftlashadi.

  2. Uratsil aniqlanadi va olib tashlanadi, tarkibidagi asosni yoʻqotgan nukleotidning oʻzi qoladi.

  3. Asossiz nukleotid ham olib tashlanadi, DNK zanjirida bitta nukleotid oʻrni boʻsh qoladi.

  4. DNK polimeraza tomonidan boʻshliq mos keluvchi asos bilan toʻldiriladi va ligazalar tomonidan ulanadi.

Nukleotid ekssizion reparatsiya


Nukleotid ekssizion reparatsiya asoslardagi xatolikni tuzatishning yana bir usuli hisoblanadi. Nukleotid ekssizion tuzatish DNKning ikki tomonlama spiralidagi xatoliklarni aniqlaydi va tuzatadi. Masalan, bu yoʻl yirik kimyoviy guruhlar taʼsirida oʻzgartirilgan asoslarni, masalan, sigaret tutuni tarkibidagi kimyoviy moddalar taʼsir qilganda DNKga birikkan asoslarni aniqlaydi^77start superscript, 7, end superscript.
Nukleotid ekssizion tuzatish quyosh nuri tarkibidagi UB nurlari bilan yetkazilgan baʼzi zararlarni tuzatish uchun ham ishlatiladi. Ultrabinafsha nurlari sitozin va timin asoslarini qoʻshni asoslar bilan ham reaksiyaga kirishtirib, juft spiralni buzadigan va DNK replikatsiyasi xatolariga olib keladigan bogʻlarni hosil qiladi. Eng keng tarqalgan bogʻlanish turi timin dimeridan, yaʼni bir-biri bilan reaksiyaga kirishib, kimyoviy bogʻ bilan bogʻlangan ikkita timin asoslaridan iborat^88start superscript, 8, end superscript.

Timin dimerining nukleotid ekssizion reparatsiyasi.

  1. UB nurlari timin dimerini hosil qiladi. Bunda ikkita qoʻshni timin oʻrtasida kimyoviy reaksiya natijasida bogʻ hosil boʻladi. Bu esa qoʻsh spiral shaklining buzilishiga olib keladi.

  2. Dimer aniqlangach, atrofdagi DNK boʻlagi pufak shaklida ochiladi.

  3. Fermentlar shikastlangan qismni (timin dimeri va uning yon qismlaridagi nukleotidlarni) kesib olib tashlaydi.

  4. DNK polimeraza boʻshliqni mos asoslar bilan toʻldiradi, ligaza esa DNK asosidagi uzilishni bogʻlaydi.

Nukleotid ekssizion tuzatish jarayonida, shikastlangan nukleotid(lar) atrofidagi qismlar bilan birga olib tashlanadi. Ushbu jarayonda helikaza (DNKni ochadigan ferment) pufak hosil qilib DNKni ochadi va DNKni kesuvchi fermentlar pufakchaning shikastlangan qismini kesib tashlaydi. DNK polimeraza yetishmayotgan nukleotid oʻrnini toʻldiradi va DNK ligazasi zanjirdagi uzilishni bir-biriga ulaydi^99start superscript, 9, end superscript.

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish