DNK shikastlanishini tuzatish mexanizmlari
DNKning shikastlanishi faqatgina hujayra boʻlinishi paytida emas, balki hujayra hayoti davomidagi deyarli har qanday davrda sodir boʻlishi mumkin. Darhaqiqat, DNK doimo tashqi omillar, UB nurlari, kimyoviy moddalar va rentgen nurlari kabi shikastlantiruvchi omillar taʼsirida boʻladi, atrof-muhitning taʼsirisiz sodir boʻladigan kimyoviy reaksiyalar haqida gapirmasa ham boʻladi!^44start superscript, 4, end superscript
Yaxshiyamki, hujayralarda DNKdagi koʻplab shikastlar turlarini aniqlash va tuzatish uchun mexanizmlar mavjud. Shikastlangan DNKni toʻgʻrilashga yordam beradigan tuzatish jarayonlariga quyidagilar kiradi:
Bevosita orqaga qaytarish: DNK shikastlanishiga olib keladigan ayrim kimyoviy reaksiyalar maxsus fermentlar taʼsirida toʻxtatilishi mumkin.
Ekssizion (kesuvchi) tuzatish: DNKdagi bitta yoki bir nechta asosda yuzaga keladigan xatolik ularni kesib tashlash (ekssiziya) yoʻli bilan toʻgʻrilanadi. Asosni ekssizion tuzatishda faqatgina xato joylashgan asos olib tashlanadi. Nukleotid ekssizion tuzatishda jarayon bir qancha nukleotidlarda kechadi.
Qoʻsh zanjirli uzilishlarni tuzatish: DNKdagi ikki zanjirli uzilishlarni (yaʼni butun xromosoma ikkiga boʻlinganida) tuzatishning ikkita asosiy yoʻli bor: nogomologik oxirlarni biriktirish va gomologik rekombinatsiya.
Xatolikni orqaga qaytarish
Ayrim hollarda DNKdagi xatoliklar ularni yuzaga keltirgan kimyoviy reaksiyalarni orqaga qaytarish bilan tuzatiladi. Buni tushunish uchun DNKga qoʻshimcha atom guruhlari qoʻshilishi bilan boruvchi kimyoviy reaksiyalarni aniqlab olishimiz kerak.
Masalan, guanin (G) asosi kislorodiga (-\text{CH}_3−CH3minus, start text, C, H, end text, start subscript, 3, end subscript) metil guruhi birikishi bilan boradigan reaksiya. Agar bu xatolik tuzatilmasa, DNK replikatsiyasida unga juft asos sifatida sitozin (S) oʻrniga timin (T) qoʻyilishi mumkin. Yaxshiyamki, odam va boshqa koʻp organizmlarda metil guruhni olib tashlovchi ferment mavjud. Shu yoʻl bilan kimyoviy reaksiya orqaga qaytariladi va mos asos joyiga qoʻyiladi^55start superscript, 5, end superscript.
Guaninning metillanishi
Normal guanin halqalaridan biridagi karbonil guruhidagi kislorod zararli kimyoviy modda bilan reaksiyaga kirishishi natijasida (-\text{CH}_3−CH3minus, start text, C, H, end text, start subscript, 3, end subscript) metil guruhi birikib qolishi mumkin.
Hujayrada aniqlangan maxsus ferment yordamida asos tarkibidan metil guruhi olib tashlanadi.
Cooperʼdagi chizmaga asoslangan diagramma ^55start superscript, 5, end superscript.
Do'stlaringiz bilan baham: |