Aholi bandligi – shaxsiy ehtiyojlar asosida jamiyat qonunlariga zid bo’lmagan holda mehnat daromadiga ega bo’lgan fuqarolar faoliyatidir.
Viloyatda islohotlarning amalga oshirilishi, modernizatsiyalash natijasida yangi ishchi o`rinlari yaratilmoqda. Bo`sh ishchi o`rinlariga mehnat resurslarini jalb etilayotganligi munosabati bilan viloyatda ishsizlik darajasi qisqarib bormoqda.
Andijon viloyatida ish bilan band bo`lgan aholining iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha taqsimlanishi" (2018, 2019) ming kishi hisobida
Iqtisodiyot tarmoqlari
|
2018
|
2019
|
Hammasi, jumladan:
|
847,8
|
100,0
|
867,3
|
100
|
Sanoatda
|
103,9
|
12,3
|
106,8
|
12,3
|
qishloq xo`jaligi
|
332,6
|
39,2
|
342,9
|
39,5
|
Qurilishda
|
45.3
|
5,3
|
48,1
|
5,6
|
transport va aloqa
|
25,9
|
3,1
|
26,4
|
3,1
|
savdo umumiy ovqatlanish
|
67,5
|
8,0
|
67,7
|
7,8
|
Turar joy (kommunal) xo`jaligida
|
19,2
|
2,2
|
20,7
|
2,4
|
fan, madaniyat, sport, sog`liqni saqlash
|
141,4
|
16,7
|
146,6
|
17,0
|
Davlat boshqaruv, kredit, sug`urta va boshqalar
|
111,7
|
13,2
|
107,1
|
12,3
|
O`zbekiston va Andijon viloyatida ish bilan band bo`lgan aholining iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha taqsimlanishi jamiga nisbatan foiz hisobida jadval ma`lumotiga ko`ra, biloyatda tarmoqlar tarkibida band aholida qishloq aholisi ancha yuqoridir yoki 39,5 %, Respublikada esa bu ko`rsatkich 32,6 % ni tashkil qiladi. Bunday bo`lgan vaziyatda qishloq xo`jaligini yaxshi rivojlanganligi bu bir tomondan, ikkinchi tomondanviloyatda qishloq aholisining salmog`ini yuqoriligidir.
Viloyatda mehnatga qobiliyatlilar 2018 yilda 1377.6 ming kishini yoki viloyat aholisining 55,6 % ini tashkil qiladi. Andijon viloyatida ish bilan band bo`lgan aholining iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha 2018- yilda taqsimlanishida 958.4 ming kishini tashkil qiladi. Ularni iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha % holda taqsimlanishini ko`rish mumkin. Andijon viloyatida aholi va mehnat resurslari juda tez o`sib bormoqda. 2018-yili 2011-yilga nisbatan viloyat aholisi 410.5 ming kishiga ortdi. Jumladan mehnat resurslari esa 52% ga ortdi. Qishloq aholisi o`sha yillarda 333 ming kishiga ortdi. O`sha yillarda qishloqda mehnatga qobiliyatlilar 562 ming kishini tashkil qilgan bo`lsa, 2018-yili qishloqda yashovchi mehnatga qobiliyatlilar 880,6 ming kishini tashkil qildi, yoki umumiy qishloq aholisining 48.6 % i to`g`ri keladi. Qishloqda yashovchi mehnatga layoqatli har bir kishiga Andijon viloyatida 1989-yili 0,4 gektar haydaladigan ekinzor to`g`ri kelgan bo`lsa, 2018-yili esa 0,2 gektar haydaladigan ekinzor to`g`ri keldi. Bizning tahminimizga ko`ra, kelajakda yana bu raqam pasayishi mumkin. Gap shundaki, bunda bir ishlovchiga to`g` ri keladigan yer miqdori respublikaga qaraganda normadan pastdadir. Respublikada bu ko`rsatkich 0,49-0,50 gektarga to`g`ri keladi. Viloyatdagi bu jarayon mehnat resurslarini tig`izligi va ma`darajada ortiqligini ko`rsatadi. Bu jarayon kelajakda yana ortadi, chunki viloyat aholisi juda tez o`smoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |