MARG’ILON — Farg’ona viloyatidagi shahar. Farg’ona vodiysining jan. qismida, Oloy tog’lari etagida joylashgan. Farg’ona sh.dan 10—12 km shim.da, 475 m balandlikda. Yaqin t.i. stantsiyasi — Marg’ilon (4 km). M.ning jan. chekkasidan Jan. Farg’ona kanali va shahar ichidan Marg’ilonsoy oqib o’tadi. Aholisi 183,2 ming kishi (2002; 1973 y.da 117 ming, 1939 y.da 46 ming, 1897y.da 36 ming kishini tashkil etgan), asosan, o’zbeklar (89,3%), shuningdek, rus, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. M.dan 3—4 km janubroqda joylashgan Yangi Marg’ilon (sobiq Gorchakova) shaharchasi M. shahar Kengashiga qaraydi.
SHaharning qad. Qismida o’tkazilgan arxeologik qazilmalar natijasida M.ga bundan 2 ming yil avval asos solinganligi aniqlandi. Mahalliy mahlumotlar bo’yicha shaharning 12 darvozasi bo’lgan. Buyuk ipak yo’lida joylashgan M. aholisi qadimdan atlas to’qish b-n shug’ullanib kelgan va shu tariqa uni jahonga mashhur qilgan. M.ning shoyi matolari Misr, Eron va Yunoniston, Qashg’ar savdogarlari tomonidan ko’plab xarid qilingan. SHuningdek, M.da do’ppido’zlik, misgarlik rivojlangan, shaharda vaqt-vaqti b-n tanga ham zarb qilingan. 1927 y.da M.da birinchi pillakashlik f-kasini qurishga kirishildi. Bundan tashqari, ikkita elektr stantsiyasi, bosmaxona, mexanika ustaxonasi, non va limonad z-dlari bor edi. Keyinroq mexanizatsiyalashgan ko’nchilik z-di, taxta tilish tsexi, poyabzal f.kasi foydalanishga topshirildi. SHoyi to’qish artellari iriklashtirildi, bir qancha yangi hunarmandchilik korxonalari ishga tushirildi. 1963 y.da badiiy gazlamalar ishlab chiqaruvchi hunarmandchilik artellari negizida «Atlas» firmasi vujudga keldi (1976 y.dan «Atlas» i.ch. birlashmasi). SHaharda 20 ga yaqin sanoat, 8 avtotransport korxonalari, 17 qurilish tashkiloti bor (2002). «Turonshoyi», A. Navoiy nomli ipak gazlamalar va mexanika, «Farg’onasut», yog’ochsozlik korxonalari mavjud. «Do’stlik— Marg’ilon» qo’shma korxonasi, 600 dan ortiq kichik va xususiy korxona, markaziy dehqon bozori, «Marg’ilon» mehmonxonasi, avtobuslar shohbekati, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari ishlab turibdi. M.da hunarmandchilik (ayniqsa, do’ppido’zlik, tandirchilik, misgarlik) rivojlangan.
QO’QON — Farg’ona viloyatidagi shahar. Farg’ona vodiysining g’arbiy
qismida, So’x daryosi (tarmog’i)ning quyi oqimida joylashgan. T.y. stantsiyasi. Q. jan.dan Katta Farg’ona kanali o’tadi. Aholisi 211 ming kishi (2004, 1879 y.da 18,4 ming, 1926 y.da 68,4 ming, 1939 y.da 85 ming, 1959 y.da 105 ming, 1979 y.da 158 ming kishi). Mahalliy tarixchi va arxeologlar orasida shaharning yoshi 2 ming yildan ortiq degan taxmin mavjud.
1709 y. Qo’qon xonligi tashkil topgach, 1711 y. Eskiqo’rg’on qal’asi o’rnida hoz. Qo’qon sh.ga asos solindi, istehkom va qalha barpo etildi. 1732 y. Abdurahimbiy bu ishni nihoyasiga yetkazdi va shaharni xonlik poytaxtiga aylantirdi. SHu davrdan boshlab shahar Q. deb atala boshladi. Q. qadimdan hunarmandchilik markazi bo’lgan. Q.da misgarlik, zargarlik, o’ymakorlik, qurolsozlik, kulolchilik, qog’ozgarlik, badiiy to’qi-machilik, do’ppichilik, kashtachilik, temirchilik, ko’priksozlik kabilar rivoj topgan. Qo’qon gazmollari SHarqda va Rossiyada mashhur bo’lgan. Ayniqsa, Qo’qon qog’ozi hunarmandchilikning alohida tarmog’i sifatida nom qozongan. Rus tabiatshunosi A.P. Fedchen-koning tahriflashicha (1871 y.da), O’rta Osiyodagi eng sifatli qog’oz Q.da ishlab chiqarilgan. SHahar hayotida savdo muhim o’rin tutgan va ichki hamda tashqi savdoga bo’lingan. SHahar rus qo’shinlari tomonidan zabt etilgach, podsho Rossiyasi hukumati bu yerda Rossiya manfaati uchun zarur bo’lgan paxtachilik sanoatini rivojlantirishga ahamiyat berdi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlariga kelib shahar va uning atrofida 31 paxta tozalash, 5 yog’-moy, 7 pilla quritish va 2 ipak qurti urug’i z-dlari bunyod etilib, ishchilar soni 3000 kishiga yetgan. Turkiston Umumrossiya tovar muomalasiga tortilishi natijasida bir qancha shaharlar, jumladan, Q.da ham paxta xarid qilish va uni tashish bilan shug’ullanuvchi rus va chet el shirkatlari («Andreev shirkati», «Rossiya jamiyati», «Kavkaz va Merkuriy», «Eron savdo-sanoat shirkati», «SHarqiy jamiyat» va b.) tashkil qilingan.
Qo’qon Farg’ona viloyatining (Farg’ona sh.dan keyin) 2- o’rindagi sanoat, transport va madaniy markazidir. SHaharda 22 i.ch. korxonasi mavjud. SHulardan 2 paxta tozalash z-di, «Ulug’bek», «Qo’qonadyol», «SHohi-atlas to’qish», «Ko’nchi», «Zilol», «Qo’qonyog’moy», «Qo’qonnon», «Qo’qongo’sht», «Qo’qonspirt», «Mastona» korxonalari, motor tahmirlash, marmar, mexanika, «Elektromash» z-dlari, mashinasozlik, g’isht, i.ch., superfosfat, «Qo’qon» i.ch., mebelg’sozlik, qurilish mahsulotlari korxonalari, ip yigiruv, paypoq-to’quv, poyab-zal, trikotaj-tikuvchilik f-kalari ishlab turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |