Kurs ishining maqsadi: mintaqaning demografik holatini o’rganish turmush darajasini aniqlash va mehnat resurslaridan unumli foydalanish ishning asosiy maqsadidir.
Kurs ishining vazifasi: Mintaqada aholi soni ortishi bilan bir qatorda proporsional ravishda ehtiyojlarni qondirish, resurslar yetishmovchiligini oldini olish, mehnat resurslaridan unumli foydalanib ishsizlikni oldini olish.
Kurs ishining predmeti: davlat statistika qo’mitasining statistik ma’lumotlari, hududlarning o’rganilishi natijasida olingan xulosa va statistikalar. Ularning tahlili va muammolarning yechimi.
Kurs ishining ob’ekti: barcha yig’ilgan ma’lumotlar, statistik manbaalar, hududlarning demografik va mehnat resurslari holati, erishilgan yutuqlar va yuzaga kelgan muammolar va ularning tahlili. Muammolarga yechimlarning tadbiq etilishi.
Kurs ishi metodi: Ta’limiy tarbiyaviy metodlar, o’quvchi va talabalarni mavzu bo’yicha bilim va malakalarni oshirishga yordam beruvchi turli qiziqarli metodlar, ko’nikmalarni uzoq vaqt saqlanib turishiga imkon beruvchi amaliy va ko’rgazmali ishlar.
Kurs ishining hajmi va tarkibiy tuzilishi:
Asosiy qism.
1. Farg’ona mintaqasi ma’muriy tuzilishi va geografik o’rni
Iqtisodiy rayon mahmuriy jihatdan Farg’ona vodiysi tabiiy geografik rayonining O’zbekiston qismini o’z ichiga oladi. Unga Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlari kirib, jami 18,5 ming kv. km. yoki respublika umumiy maydonining 4,1 foizini tashkil qiladi. Ko’rinib turibdiki, rayon hududi ancha kichik, u Samarqand yoki Toshkent viloyatlaridan biroz kattaroq, Jizzax yoki Surxondaryo viloyatlariga sal yaqinroq. Bu yerda, 2014 yil mahlumotlariga ko’ra, 8284,0 ming kishi aholi yashaydi (respublikaga nisbatan 28,5 %). Nisbiy ko’rsatkichlarda Farg’ona iqtisodiy rayonining maydoni uning aholisidan 7 marta ko’p. Demak, aholi zichligi ham shuncha miqdorda yuqori.
2. Andijon viloyati demografik tuzilishi, geografik o’rni va aholisi.
Maydoni 4,30 ming kv. km va bu nuqtai nazardan u mamlakatimizda Sirdaryo viloyatidan (4,28 ming kv. km) oldinda turadi, xolos. Atigi 0,96 foiz respublika maydonini egallagan ushbu hududda 2805,2 ming kishi yoki mamlakat jami aholisining 9,2 foizi yashaydi (aholi soni bo’yicha Farg’ona iqtisodiy rayonida ikkinchi, respublikamizda to’rtinchi o’rinda turadi).
Mahmuriy jihatdan Andijon viloyati viloyatga bo’ysunuvchi 3 ta shahar, 14 qishloq tumanlari, 9 ta tumanga bo’ysunuvchi shaharlar hamda 78 ta shaharcha va 90 ta qishloq fuqarolar yig’inlaridan iborat.
2009 yilda amalga oshirilgan urbanistik islohotlar tufayli viloyat shaharchalari 5 tadan 78 taga ko’paydi. Hozirgi kunda jami 11 shahar va 83 ta shaharchalarda jami aholining 52,7 foizi yashaydi. Bu ko’rsatkich bo’yicha Andijon Namangan va Farg’ona viloyatlaridan keyingi 3-o’ringa chiqib oldi. Taqqoslash uchun: 2008 yilda urbanizatsiyaning umumiy ko’rsatkichi 29,2 % yoki respublika darajasidan 6,6 punktga past bo’lgan, endi esa viloyat o’rtacha ko’rsatkichidan yuqori turadi.
Tashkil etilgan 78 ta yangi shaharchalarning 18 tasi birgina Andijon tumaniga to’g’ri keladi; 11 ta shaharcha Oltinko’lda, 9 ta Marhamatda, Jalaquduq va Xo’jaobodda 6 tadan paydo bo’lgan; bittadan agroshaharchalar Ulug’nor va Qo’rg’ontepa tumanlarida tashkil etilgan. 2009 yilgacha Oltinko’l, Baliqchi va Ulug’nor tumanlarida birorta shahar joylar bo’lmagan. Andijon tumanida hozirgi shahar aholisining 93,1 %, Buloqboshida 85,1 %, Marhamatda 82,2 foizi aynan shu yilda shakllangan. SHunday qilib, eng so’nggi shaharlar tarkibidagi o’zgarishlar asosan qishloq yoki “mahmuriy” urbanizatsiya xususiyatiga ega bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |