Shahar aholisi
|
994.7
|
1162.9
|
1059.1
|
2451.2
|
2756.4
|
2910.5
|
Qishloq aholisi
|
818.6
|
865.5
|
804.4
|
1734.3
|
1302.5
|
1389.2
|
Manba: Aholi ro’yxati va O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma‘lumotlari
Hozirgi vaqtda Andijonda 11 shahar va 78 ta shaharchalar mavjud bo’lib, ularning barchasida 1521.3 ming kishi yashaydi. Ulardan eng kattasi viloyatning ma‘muriy, iqtisodiy va madaniy markazi Andijon bo’lib, unda 416.3 ming aholi istiqomat qiladi. Mintaqaning shaharlar pog’onasi deyarli to’liq shakllangan. Bu ishlab chiqarish va aholini hududiy tashkil etish, mintaqa hududiy mujassamlashuv darajasining o’ziga xosligidan dalolat beradi. Chunonchi, viloyat markazi Andijonyirik, Shahrixon, Asaka–o’rta shaharlar guruhiga kiradi. Viloyat shaharlar ierarxik pog’onasida birorta katta shahar yo’q. Shahrixon tobora ―yuzminglik‖ shaharlar ostonasiga yaqinlashib kelmoqda. Aholisi 20-50 ming kishi, ya‘ni ―yarim o’rta‖ shaharlar soni 13 ta bo’lib, shaharlar tizimining 14.6 foizini egallaydi
Aholisining ko‘pchiligini o‘zbeklar tashkil etadi.
Qirg‘izlar, Tojiklar, Uyg‘urlar, Ruslar, Koreyslar, Qangli va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Rossiya Qo‘qon xonligini bosib olgach, bu yerga rus, ukrain, tatar, arman, yahudiy va boshqalar kuchib kelgan.
Farg’ona viloyati - Viloyatdagi shaharlarning ayrimlari qadimdan aholi zich joylashgan qishloqlar o’rnida paydo bo’lgan. Farg’ona mintaqasi shaharlar to’rining kengayishi sobiq Ittifoqning dastlabki yillaridan boshlangan bo’lsa, so’nggi 1989 yilgi aholi ro’yxatidan keyin Muqimiy qishloq aholi punkti shahar tipidagi posyolka maqomini oldi, xolos. Mintaqa shaharlari turli tarixiy davrlarda tashkil topgan bo’lsada, ularni rivojlantirish hamisha davlat boshqaruvi diqqat markazida bo’lgan. Farg’ona viloyati aholi manzilgohlarining shakllanishida birlamchi omil gidrografik to’r, xususan Oloy tog’laridan oqib tushadigan daryolar (So’x, Isfara) konussimon deltalari xizmat qiladi. Binobarin, So’x daryosi Qo’qonga, Shohimardonsoy Marg’ilonga hayot bag’ishlagan. Mintaqa shaharlarining joylashuvi irrigatsiya shaxobchalari Norin daryosidan boshlanuvchi Katta Farg’ona, Janubiy Farg’ona va Katta Andijon kanallari va asosiy magistral yo’llar bilan uzviy bog’langan.
Shaharlarning tez o’sishi, xususan, aholisining tez ortib borishi ular hududining qo’shilib ketishi shaharlarning murakkab hududiy tizimlarini vujudga keltiradi. Politsentrik Farg’ona-Marg’ilon aglomeratsiyasi tarkibida 6 ta shahar (Quvasoy, Tinchlik, Farg’ona, Marg’ilon, Rishton), 5 ta shaharcha (Do’stlik, Oltiariq, Yangi Marg’ilon, Chimyon, Toshloq) va qator qishloqlar bo’lib, bu yerda mintaqaning 30 foizdan ko’proq aholisi istiqomat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |