Asosiy qism. Farg’ona mintaqasi ma’muriy tuzilishi va geografik o’rni


Namangan viloyati demografik tuzilishi, geografik o’rni va aholisi



Download 1,14 Mb.
bet6/16
Sana31.05.2022
Hajmi1,14 Mb.
#623311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Farg’ona mintaqasi aholisi va mehnat resurslari.

3. Namangan viloyati demografik tuzilishi, geografik o’rni va aholisi..
Namangan viloyati O’zbekiston Respublikasi Farg’ona vodiysi qismining eng katta hududi hisoblanib, uning maydoni 7,44 ming kv. km. Bu Farg’ona iqtisodiy rayonining 40,2 foizi, mamlakatimizning 1,6 foiz maydoni demakdir. Aholisi 2504,0 ming kishi yoki respublika aholisining 8,2 foizi shu mintaqada yashaydi. Vodiyda, garchi viloyat o’zining maydonini nisbatan kattaligi bilan ajralib tursada, aholi soni bo’yicha u Farg’ona va Andijon viloyatlaridan orqada turadi. Biroq shunga qaramasdan, respublika miqyosida Namangan viloyati aholisi zich joylashgan hududlar qatoriga kiradi.
Namangan viloyatining mahmuriy-hududiy bo’linishi viloyatga bo’ysunuvchi 1 ta shahar, 11 ta qishloq tumani, 7 ta tumanga bo’ysunuvchi shahar va 120 ta shaharchalardan iborat. SHuningdek, bu yerda 99 ta qishloq fuqarolar yig’inlari va 402 ta qishloq aholi punktlari mavjud.
Namangan viloyatida, respublikamizning boshqa mintaqalarida bo’lgani kabi, shahar aholisi 1989-2008 yillarda deyarli o’smadi yoki uning o’sishi qishloq aholisining ko’payishidan uncha ortiq bo’lmadi. Natijada, urbanizatsiyaning umumiy demografik ko’rsatkichi bu davrda keskin o’zgarmadi, aksincha, mamlakat va qator viloyatlarda u hatto qisqardi. Ammo 2009 yilga kelib “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturini qabul qilish va amalga oshirish munosabati bilan vaziyat keskin o’zgardi, yahni urbanistik to’lqin vujudga keldi. Birgina Namangan viloyatida 109 ta qishloq aholi punkti shaharcha maqomiga muyassar bo’ldi va urbanizatsiya ko’rsatkichi 2008 yildagi 37,1 dan 64,7 foizga “sakradi”. Hozirda viloyat mazkur ko’rsatkich bo’yicha respublikamizda birinchi o’ringa chiqib oldi. Vaholanki, sanoat ishlab chiqarish va umuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari bunga mos kelmaydi.
Tashkil etilgan yangi shaharchalar, to’g’rirog’i – agroshaharchalar aholisi 613,1 ming kishi yoki 2008 yil qishloq aholisining 44,8 foizi, 2009 yil shahar aholisining 42,7 foizi demakdir. Ushbu raqamlar “mahmuriy” urbanizatsiyaning yoki qishloq urbanizatsiyasining naqadar tahsirchanligini isbotlab beradi. Eng ko’p agroshaharchalar Yangiqo’rg’on tumani xaritasida vujudga keldi – 18 ta. Ularning eng kattalari Qorachashurkentda 10560 kishi, Iskavotda 8490 kishi istiqomat qiladi. Tuman jami shaharchalar aholisi 111,6 ming kishi yoki viloyat yangi shaharchalar aholisining 1/6 qismiga to’g’ri keladi.
To’raqo’rg’on tumanida bunday manzilgohlar 12 ta, ularning umumiy aholisi 64,2 ming kishi. Uychi tumanida, mos ravishda, 11 ta va 47,3 ming kishi. Pop va Kosonsoy tumanlarida 10 tadan; ular orasida eng yiriklari CHodakda 13,8, Sangda 13,6 (Pop tumani), Ozod shaharchasida 9,7 ming kishi (Kosonsoy tumani) istiqomat qiladi. SHuningdek, Namangan tumanining G’irvon shaharchasida 13,4, G’alchada 13,0, Uchqo’rg’onning Kayki shaharchasida 16,4, CHust tumanining sobiq Olmos qishlog’ida 23,5, Varzikda 12,5 kishi aholi bor. 2013 yil mahlumotlariga qaraganda Kayki shaharchasida (Uchqo’rg’on t.) 16,4 ming, Koraskonda (CHortoq t.) 19,2 ming aholi joylashgan.

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish