6. Andijon viloyati mehnat resurslari
So`ngi paytlarda tibbiyot, ta`lim, sport, madaniyat va qator sohalarning rivojlanishiga berilayotgan e`tiborning kattaligi aholining moddiy va ma`naviy ehtiyojlarining ta`minlanishi natijasida mehnatga layoqatli yoshdagi aholi orasida mehnatga layoqatli aholi soni ortib bormoqda, ya`ni 2017-yil bu ko`rsatkich 99.4% ga teng bo`lgan bo`lsa, 2019-yilga kelib 99.5% ga yetdi. Mehnat resurslarining jami aholi sonidagi ulushi ham ortib bormoqda. Masalan, 2017-yil bu ko`rsatkich 66.4% ga teng bo`lgan bo`lsa, 2019-yil 69.9% ga yetdi yoki har yili o`rtacha 0.8% ga ortib bormoqda. Bu o`sish shunday ko`rsatgich asosida davom etsa, 2022-yilga borib mehnatga layoqatli aholi viloyat aholisining 70% ini tashkil etadi.
Andijon viloyatining 2006-2010-yillardagi mehnat resursi va dinamikasi
|
2015
|
2016
|
2017
|
2018
|
2019
|
Andijon viloyati aholisi (ming kishi)
|
2575,9
|
2609,8
|
2751,2
|
2899,9
|
2949,0
|
Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni (ming kishi)
|
1546,6
|
1691,8
|
1748,3
|
1891,5
|
1984,4
|
Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi (jami aholiga nisbatan)
|
56,7
|
57,8
|
59,0
|
59,7
|
60,1
|
Mehnat resursi (ming kishi)
|
1539,1
|
1685,9
|
1741,7
|
1884,9
|
1927,4
|
Mehnat resursi (mehnatga layoqatli yoshdagi aholiga nis. % hisobida)
|
99,4
|
99,5
|
99,5
|
99,6
|
99,5
|
Mehnat resursi (jami aholiga nisbatan)
|
56,4
|
57,5
|
58,8
|
59,4
|
59,9
|
Mehnat resurslari soniga aholining milliy tarkibi ham bilvosita ma`lum miqdorda ta`sir ko`rsatadi. Ma`lumki, o`zbek xalqi bolajon xalq, o`zbek millatidan iborat bo`lgan oilalarimizda tug`ilish va tabiiy o`sish ko`rsatkichlari yuqori. Bu esa mehnat resurslarini shakllanishiga zamin yaratadi. Aksincha rusiyzabon aholiga mansub oilalarning ko`pchiligi so`ngi yillarda Rossiya, Ukraina va boshqa ga`rb mamlakatlariga ko`chib ketmoqda, bu mehnat resurslari soniga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Qolganlarining aksariyati ko`p farzandlikni hohlamaydi. Bu esa, aholining depopulyatsiyasiga ya`ni qarib borish jarayoniga olib keladi. Natijada mehnat resurslari shakllanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Andijon viloyati mehnat resurslari respublika mehnat resurslari orasida salmoqli o`rin egallaydi va mehnat resurslari Andijon viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
“Andijon viloyati aholisi o`ziga hos harakteri, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan ajralib turadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning so`zlari bilan aytganda, Andijon nafaqat mamlakatimizning, balki butun Markaziy Osiyoning jannatga teng go`shalaridan biri bo`lib, betakror tabiati, sahiy va mard, g`ururli, oriyatli, mehnatsevar kishilari bilan o`ziga munosib nom taratgan”
Do'stlaringiz bilan baham: |