Nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida ham harf yoki tovushlardan bo‘g‘inlar,
bo‘g‘inlardan so‘zlar, so‘zlardan gaplar, gaplardan matnlar hosil bo‘lishi haqida
ma’lumot beriladi. Bu ma’lumotlar orqali ham bolalar kichik, o‘rta va katta kabi
matematik tushunchalarning mohiyati tushuntiriladi. Matematik tushunchalarni,
sanoq va tartib sonlar, buyumlarning o‘lchovlari va sifatlarini, miqdoriy
tushunchalarni, narsa va buyumlarning bir-biriga munosabatini, ularning
joylashuvini, shaklini va hajmini, vaqt mo‘ljallarini o‘z nutqlarida to‘g‘ri qo‘llash
malakalari rivojlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |