Badiiy adabiyot mashg‘ulotlari asosan bolalarning og‘zaki va yozma nutqlari
rivojlantiriladi. Bu mashg‘ulotlar matematik nutqning ham rivojlantirilishi uchun
qulay omil sanaladi. Bolalar ertaklarni tinglaganda unda netcha qahramon ishtirok
etganini, ertaklar matnidagi raqamlar (yetti kecha-yu, yetti kunduz, qirq kecha-yu,
qirq kunduz...), fazo va vaqt tushunchalari (o‘tgan zamonda, uzoq vaqt ), o‘lchov
birliklari (bir necha gaz, bir necha botmon, olti quloch, qirq quloch...), to‘plam
tushunchasi, butun va qism tushunchalariga duch keladilar. Ertaklarni qayta hikoya
qilganlarida bu tushunchalarni o‘z nutqlarida ifodalaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |