Elementar matematika mashg‘ulotlariga qo‘yiladigan didaktik talablar.
Tarbiyachi mashg‘ulotga tayyorlanar ekan, dastur mazmunini sinchiklab o‘rganadi.
Matematik bilimlar bolalarga qat’iy aniqlangan izchillikda beriladi, bunda yangi
materiallar har bir vazifa bir qator kichik topshiriqlarga bo‘linadi. Bu kichik
topshiriqlar ketma-ket o‘rganiladi.
Masalan, tayyorlov guruhi bolalarini
buyumlarni bo‘laklarga bo‘lish bilan tanishtirish bunday ketma-ketlikda amalga
oshiriladi:
§ bolalar birinchi mashg‘ulotda buyumlarni ikkita teng qismga bo‘lishni mashq
qiladilar va yarim nima ekanini o‘zlashtiradilar;
§ ikkinchi mashg‘ulotda bolalarning teng ikkiga bo‘linadigan buyumlar haqidagi
tushunchalari kengaytiriladi va shunga mos lug‘ati faollashtiriladi;
§ tarbiyachi uchinchi mashg‘ulotda bolalarga buyumlarni teng to‘rt qismga bo‘lish
usullarini tanishtiradi, shuningdek, butunning qismga munosabatini ko‘rsatadi;
§ keyinroq bolalarga geometrik figuralarni ikki va to‘rt qismga bo‘lishning har xil
usullarini ko‘rsatadi, bolalar butun bilan qism orasidagi munosabatlarni o‘rnatishadi.
Shunday qilib, dasturning har bir bo‘limi ketma-ket o‘tkaziladigan bir necha
(uch-olti) mashg‘ulotda amalga oshiriladi. Bolalarning bilimlari mashg‘ulotdan
mashg‘ulotga kengayadi, aniqlashtiriladi va mustahkamlanadi. Yangi materialni
o‘rganish jarayonida o‘tgan materialni takrorlash bolalarning bilimlarini
chuqurlashtiribgina qolmay, balki ular e’tiborini yangi materialga qaratishga, uning
puxta o‘zlashtirilishiga imkon beradi. Odatda yangi mavzuni uch-besh mashg‘ulot
davomida, oldin uniig birinchi qismida, keyinroq ikkinchi qismida o‘rganiladi.
Mavzuni ikki hafta, ba’zan uch hafta o‘tganidan keyin takrorlash kerak. Eski
materialga qaytish davri borgan sari dasturning har bir o‘rganilgan bo‘limi o‘quv
yili oxiriga qadar tarbiyachining fikr doirasida bo‘lib turishi kerak. Shu munosabat
bilan bir mashg‘ulotning o‘zida dasturning bir bo‘limiga yoki har xil bo‘limning,
ya’ni «Miqdor va sanoq», «Kattalik», «Geometrik shakllar», “Fazo” va “Vaqt”
boshqa bo‘limlariga oid masalalar o‘rganilishi va takrorlanishi mumkin.
O‘rgatishning hamma bo‘limlari bo‘yicha dasturni bolalar izchil o‘rganishini va
ularda elementar matematik bilimlar tizimini shakllantirishni ham ta’minlash
mumkin. O‘qitish tajribasida, mashg‘ulotlarning birinchi qismida 8-10 daqiqa
davomida yangi material o‘rgatiladi, ikkinchi qismida (9-12 daqiqa davomida)
oldingi mashg‘ulotlarda olingan bilim va ko‘nikmalar mustahkamlanadi, oxirida esa
bolalarga ilgari o‘zlashtirilgan bilimlar 3-4 daqiqa takrorlantiriladi. Yangi materialni
o‘zlashtirish bolalardan ko‘proq zo‘riqishni talab qiladi. Shu sababli mashg‘ulot
oxirida tanish materialni kiritish bir oz bo‘shashish imkonini beradi. Masalan,
tayyorlov guruhidagi mashg‘ulotlarning birinchi qismida 10 sonining o‘zidan kichik
ikki sondan iborat tarkibi bilan tanishtirish, ikkinchi qismida doira va oval chiza
olish malakasi qaraladi, 4 va 8 sonlarining ikkita kichik sondan iborat tarkibi
o‘rganilishi, bilimlar mustahkamlanishi mumkin. Uchinchi qismda «Nima o‘zgardi?»
o‘yinida buyumlar to‘plamini sanash (masalan, mashinalarning qatori nechtaligini,
har qaysi qatorda nechtadan mashina borligini, hamma mashinalar nechtaligini
aniqlash)ga doir mashqlar bajarilishi mumkin. Mashg‘ulotning tuzilishi dastur
bo‘limlarining hajmi, mazmuni, ko‘rgazmaliligi, tegishli bilim va ko‘nikmalarniig
o‘zlashtirilish saviyasi va boshqa omillarga bog‘liq.
Bolalarni bilimlarni egallab olishlari ularni akliy faolligini rivojlantirish, aqliy
malaka va ko‘nikmalarni egallab olishlari, ularning maktabda muvaffakiyatli
o‘qishlari uchun bo‘lajak intellektual faoliyatga tayyorlanishda manba bo‘lib xizmat
kiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari
kuyidagilardan iborat:
1. Bolalarda tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi bilimlar tizimini, ilmiy dunyokarashni
shakllantirish.
2. Bilimga doir ruhiy jarayonlarni rivojlantirish: sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur,
nutq. Bilishga doir psixik jarayonlarni rivojlantirish akliy tarbiyaning muxim
vazifasidir.
3. Bilishga kizikish va akliy kobiliyatlarni aqliy mehnat madaniyatini rivojlantirish.
Akliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular aqlining sinchkovligini
rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat.
4. Aqliy malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, ya’ni eng oddiy faoliyat usullari
predmetlarni tekshirish ulardagi muxim va muxim bo‘lmagan belgilarni ajratib
kursatish boshka predmetlar bilan takkoslash maktabgacha tarbiya yoshidagi
bolalarga akliy tarbiya berish vazifalaridan biridir. Bu ko‘nikma va malakalar bilish
faoliyatining tarkibiy qismlari bo‘lib, bolaning bilimlarini chuqur egallab olishga
yordam beradi. Eng muximi shundaki, bolalarga bilim beribgina kolmay, ularni olgan
bilimlaridan aqliy va amaliy vazifalarni hal etishga foydalanishga o‘rgatish.
Maktabgacha ta’lim muassasalarining oila bilan ishlash tizimida anik maksad,
mazmun bulishi kerak. Maktabgacha ta’lim muassasaning ota-onalar bilan
ishlashidan jamoa tarzida va individualma-individual xolda ishlash shakllarini
moxirlik bilan qo‘shib olib borish, keng aholi ommasi orasida pedagogik tashvikot
ishlarini tashkil qilish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishish
mumkin.
Bolalar maktab ta’limiga tayyorgarligiga ta’sir etuvchi omillar xakida gapirar
ekanmiz, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim va tarbiya berishda ota-
onalar bilan xamkorlik o‘ta muhim sanaladi. Bu ishlar maktabgacha ta’lim
muassasalari xodimlari va tarbiyachi-pedagoglar bilan birgalikda olib borilsa, bundan
keyin maktabgacha ta’lim sohasini yanada takomillashtirish yullarini izlab topilsa,
maksadga muvofiq bo‘lar edi. Oilaviy tarbiyaning ijtimoiy tarbiya bilan aloqasini
mustaxkamlashda maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarining pedagog olimlar, bu
soxada ilmiy ish olib boruvchi tadkikotchi va metodistlar bilan doimiy muloqotining
o‘rni juda kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |