Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari


Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhi bolalarida matematik



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/92
Sana04.09.2021
Hajmi0,69 Mb.
#164483
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   92
Bog'liq
maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari

2.2. Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhi bolalarida matematik

tasavvurlarni rivojlantirishda interaktiv usullardan foydalanish imkoniyatlari

Xalq ta’limi tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish o‘sib

kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat

jihatdan yanga darajaga ko‘tarishning eng muhim sharti hisoblanadi, shuningdek,

o‘quv-tarbiya jarayonida ta’limning innovatsion shakllari va usullarini qo‘llashga

ko‘maklashadi. Mamlakatimizda ayni paytda vujudga kelgan shart-sharoitlar

o‘qitishning shakli, mazmuni va uni amalga oshirish mexanizmlarini qayta ko‘rib

chiqishni va bu jarayonga  tegishli  o‘zgartirishlarni  kiritishni taqozo etmoqda.

Xususan,  shu  kunlarda  maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan

chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun tarbiyachilarining malakasini oshirish

mazmuni  va  shakllarini takomillashtirish zarurati paydo bo‘ldi.

“Ilk va maktabgacha yoshdagi  bolalar rivojlanishiga  qo‘yiladigan davlat

talablari” hamda “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat  o‘quv

dasturini amalda  joriy etish, shu  asosda maktabgacha ta’lim muassasalari

tarbiyachilari malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini  takomillashtirish

hamda ularning kasbiy  kompetentligini muntazam oshirib borishni nazarda tutadi.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilariga ta’limda innovasion

texnologiyalar, mashg‘ulotlarni metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etishning mazmun va

mohiyatini ochib beradi. Maktabgacha ta’lim muassasalarining tayyorlov guruhlarida

elementar  matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg‘ulotlarini o‘tkazish va bu

mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish, bolalarning matematik  tushunchalarini, sensor

tuyg‘ularini o‘stirish, bolalarga son-sanoq, kattalik,  geometrik  shakl, tevarak-atrofda

mo‘ljal olish, vaqtni chamalash haqida tushunchalar berishni ko‘zda tutadi.



Dastur asosida olib boriladigan ishlarni to‘laqonli amalga oshirish esa,

tarbiyachilardan  mashg‘ulotlarni  tashkil  etish  va  o‘tkazishga  oid  kasbiy bilim  va

ko‘nikmalarini malaka talablari asosida  chuqurlashtirish, yangilash va ta’lim-tarbiya

jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish yo‘llarini egallashlarini nazarda

tutadi. Buning uchun maktabgacha  ta’lim  muassasalari tarbiyachilarining

zamonaviy pedagogik texnologiyalari va  metodlari haqidagi bilim, ko‘nikma va

malakalarini rivojlantirishlari, mashg‘ulotlarni tashkil etish usullari, samarali

yo‘llarni qo‘llash orqali   mashg‘ulotlarni o‘tkazishlari, zamonaviy yondashuvlar va

innovatsiyalarni amalga oshirishlari, mashg‘ulot ishlanmalarini ishlab chiqishga

qo‘yilgan  zamonaviy talablarni o‘zlashtirishlari, mashg‘ulotlar jarayonida

integratsiya va innovasiyalardan foydalanishlari zarur. Shuningdek, ular

mashg‘ulotlarda tarbiyalanuvchilarning faolligini oshirishga xizmat qiladigan

interfaol  ta’lim shakllari, metodlari va vositalaridan samarali foydalanishlari,

mashg‘ulotlarni  tashkil etish va o‘tkazishda rivojlangan mamlakatlardagi jahon

tajribalaridan foydalanish ko‘nikmalarini egallashlari, mashg‘ulotning didaktik

ta’minotini takomillashtirish kompetensiyalariga ega bo‘lishlari bolalarda matematik

tasavvurlarni rivojlantirishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Bular tarbiyachilarning kasbiy

pedagogik tayyorgarlik darajasini orttirishga xizmat qiladi. Chunki ta’lim tizimiga,

jumladan  maktabgacha  ta’lim  tizimiga  xam  yangi  pedagogik texnologiyalar,

interfaol  usullar kirib kelmoqda. Bu usullar sirasiga ta’limiy o‘yinlarning bir qancha

turlaridan matematik tasavvurlarni rivojlantiruvchi interfaol o‘yinlar, idrokni

o‘stirishga qaratilgan o‘yinlar, diqqatni rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlar, xotirani

o‘stirishga qaratilgan o‘yinlar, tafakkurni o‘stirishga qaratilgan o‘yinlar, o‘yin

vositalari yordamida va o‘yin vositalarisiz amalga oshiriladigan o‘yinlar va individual

mashqlar  misol  bo‘ladi.  Pedagogik    nuqtai    nazardan    to‘g‘ri    tashkil    etilgan    o‘yin

bolaning axloqiy, irodaviy xususiyatlarini shakllantirish bilan birga unda bilim

olishga,  atrofdagi olam sirlarini  ochishga  qiziqish  uyg‘otadi.  Shuning uchun

maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘yin texnologiyalaridan  keng foydalanish kerak.

O‘yin texnologiyasi an’anaviy ta’limdagi  o‘yin  metodidan o‘zining  aniq  maqsadi,

amalga  oshirish  kerak  bo‘lgan  jarayonlarning mantiqiy  ketma-ketligi  va  o‘zaro

bog‘liqligi,  oldindan  belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq qiladi.

Birinchi navbatda matematik tasavvurlarni rivojlantiruvchi interfaol




Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish