ASINXRON MOTORNING VEKTOR DIAGRAMMASI
VA EKVIVALENT SXEMASI
Normal rejimda aylanib turgan asinxron motorlarning rotor chulg’ami qisqa tutashtirilgan bo’ladi. Shu sababli ikkilamchi kuchlanish U = 0 bo’lib, rotor cho’lg’amida hosil bo’lgan e. yu. k. ning qiymati chulg’am qarshiliklaridagi kuchlanish tushuvlarining yig’indisiga teng bo’ladi, ya’ni Stator chulg’ami o’chun e. yu. k. lar tenglamasi quyidagicha ifodalanadi:
U = - E + IX +IR. ko’rsatilgan vektor diagrammaga binoan nagruzka rejimidagi cosf qiymati salt ish rejimidagi cosf ga nisbatan ancha yuqori. Shu sababli asinxron motorlarni salt ish rejimida yoki kichik nagruzka bilan ishlatish tavsiya etilmaydi. Rotor chulg’amining parametrlari statornikiga keltirilgan asinxron motor bir fazasini tok va e. yu. k. tenglamalari, hamda vektor diagramma asosida ekvivalent elektr sxema bilan ifodalash mumkin. Asinxron motorning a — T- simon va b — Г- simon ekvivalent sxemalari ko’rsatilgan.
5-rasm. Asinxron motor sxemasi
Motorning T-simon ekvivalent sxemasi uchta zanjirdan iborat, undan hisoblash ishlarida foydalaiish ancha murakkab. Shu sababli hisoblashdarda ko’pincha Г-simon soddalashtirilgan sxemadan foydalaniladi. Bu sxema I0 toki o’tadigan magnitlantiruvchi va I2 toki o’tadigan ish zanjirlaridan iborat bo’ladi. Г-simon sxemada I0 tokining qiymatini o’zgartirmaslik uchun magnitlantiruvchi zanjirga ketma-ket qilib, T-simondagi singari R, va X, qarshilmklari kiritiladi. Motor nagruzkasining o’zgarishi bilan, dastavval, sirpanish uzgaradi. Bunda ekvivalent sxemaning parametri o’zgaradi. Motorning salt ish rejimida S = 0 bo’ladi.
Asinxron motorning nagruzka rejimida ekvivalent sxemaning ish zanjiridagi tok qiymati quyidagicha aniqlanadi:
ASINXRON MOTORNILG ENERGETIK DIAGRAMMASI
Asinxron motorniig energetik diagrammasi ko’rsatilgan. Bunda elektr tarmog’idan motorga beriladigan aktiv quvvat quyidagicha ifodalanadi:
P1 =3U1 I1 cos f
B u quvvatning bir qismi motor po’lat o’zagining va stator chulg’amining qizishiga sarflanadi. Stator chulg’amining qizishiga sarflanadigan quvvat isrofi Rm st= 3 I2f R bo’ladi.
6-rasm. Asinxron motorning energetik diagrammasi.
P, quvvatning qolgan qismi elektromagnit usulda rotorga beriladi. Buni elektromagnit Pzi quvvat deyiladi. Pem quvvatning bir qismi rotor chulg’amnning qizishiga sarflanadi. Rotor chulg’amining qizishiga sarflanadigan quvvat isrofi bo’ladi. Elektromagnit kuvvatning qolgan qismi mexanik quvvat Pmex deyilib, u rotorni harakatga keltirish uchun sarflanadi. Rotordagi mexanik quvvatdan mexanik ishqalanishlarga sarflanuvchi va qo’shimcha quvvat isrofi Pq ayirilsa, u xolda motor validagi foydali quvvat P2 olinadi. P, ning qiymati motor shchitida ko’rsatiladi. Shunday qilib, P, ning qiymati quyidagicha aniqlanadi:
bunda n — motorning foydali ish koeffistienti
Do'stlaringiz bilan baham: |