FAZA ROTORLI ASINXRON MOTORNI ISHGA TUSHIRISH
Turli mashina va mexanizmlarni harakatga keltirish uchun, iloji boricha qisqa tutashtirilgan rotorli motorlar tanlash tavsiya qilinadi. Faza rotorli motorlarni esa tuzilishi murakkabroq, narxi stimmatroq bo’lgani uchun ularni fastat tezligi rostlanadigan ba’zi kranlarda, prokat stanlarida, press va maxovikli qurilmalarda qo’llash mastsadga muvofistdir. Bunday motorlarning maksimal momenti Mmaks =1,5--3,5 Mn bo’lib, ularning ishga tushprish toki maxsus reostat bilan chegaralanadi. Bu reostat bir necha pog’ona aktiv qarshiliklardan iborat bo’lib, motorni ishga tushirishda bu qarshiliklar rotor zanjiriga kiritilgan bo’lishi lozim. Motor aylanish tezligining ortib borishi bilan qarshilik pog’onalari rogor zanjiridan chiqarib boriladi. Rotor zanjiriga kiritiladigan tashqi aktiv qarshilikni ko’paytirish bilan Skr ning qiymati ifodaga binoan ortib boradi. Bunda Mmais ning qiymati o’zgarmay, Skr ning ko’payishi tomon surila boshlaydi. Rotor zanjiridagi aktiv qarshilikni ko’paytirib borilsa, ishga tushirish tokigacha kamayib, ishga tushirish momentiniig qiymati esa aylantiruvchi momentning maksimal qiymatigacha ortib boradi. Demak, Misht = Mmaks bo’ladi. Agar ko’rsatilgan reostatli xarakteristikalarning soni rotor zanjiridagi ishga tushirish reostatining pog’onalar soniga teng qilib olingan. Shunday qilib, rotor zaniiridagi aktiv qarshilikni o’zgartirish bilan ishga tushirish toki va momentini osongina o’zgartirish hamda turli reostatli mexanik xarakteristikalarga ega bo’lish imkoni faza rotorli motorning asosiy afzalliklaridan hisoblanadi. Faza rotorli motorning ishi reostatli xarakteristikadan tabiiy xarakteristikaga o’tkazilganda, u xuddi qisqa tutashtirilgan rotorli motor singari ishlay boshlaydi. Mexanik xarakteristikalarning ish qismi to’g’ri chiziqqa yaqin bo’lgani uchun rotor zanjiriga kiritiladigan reostat pog’onalari qarshiligini parallel qo’zg’atishli o’zgarmas tok motoriniki singari grafik usulda aniqlash mumkin.
8-rasm. Asinxron motormimg reostatli xarakteristikalari.
Ishga tushirish tokini nominal tok qiymati I2n gacha chegaralovchi rotor zanjirining to’la aktiv qarshiligi faza rotorli motorning nominal qarshiligi deb ataladi va R2N bilan bel-gilanadi. Demak, rotor chulg’amining har bir fazasidagi aktiv qarshilikning qiymati Rp = Sn R2n bo’ladi. Reostat pog’onalarining qarshiliklari ham ishga tushirish grafigidan foydalanib, yuqoridagi ifoda asosida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |