Asinxron motorlar



Download 6,95 Mb.
bet1/8
Sana20.07.2022
Hajmi6,95 Mb.
#827642
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
19.erlan


ASINXRON MOTORLAR
Asinxron mashinalar ham sinxron mashinalar kabi stator va rotordan iborat bo’ladi. Asinxron mashinaning statori simxron mashinanikidan farq qilmaydi, ammo uning rotoriga joydashtirilgan qisqa tutashtirilgan yoki faza chulg’amga tashqi manbadan hech qanday tok berilmaydi. Shu sababli asinxron mashinaning rotori sinxron bo’lmagan, ya’ni asinxron tezlik bilan aylanadi. Asinxron mashinalar ham boshqa elektr mashinalari singari motor, generator va elektromagnit tormoz rejimlarida ishlay oladi, ammo ular amalda asosan motor sifatida keng tarqalgan. Konstrukstiyasining soddaligi, narxining arzonligi, ishlashda ishshchliligi va shu kabi afzalliklarn bilan o’zgarmas tok va sinxpon motorlardan farq qiluvchi asinxron motorlar sanoat, qishloq xo’jaligi va qurilishda foydalaniladigan elektr motorlarining taxminan 95% ini tashkil etadi.


UCH FAZALI ASINXRON MOTOR
Asinxron motorlarning uch fazali tuzilishdagilari juda keng tarqalgani sababli ularni qisqacha asinxron motorlar deyiladi, ya’ni uch fazali so’zi qo’shilmaydi. Rotorining tuzilishiga ko’ra asinxron mogorlar:
1) Qisqa tutashtirilgan va 2) faza (kontakt xalqali) rotorli motorlarga bo’linadi. Asinxron motorlarning statoriga joylashtiriladigan uch fazali chulg’amning tuzilishi sinxron mashinaning chulg’amidan farq qilmaydi. Stator chulg’ami, ko’pincha, qisqartirilgan qadamli, ikki qatlamli tuzilishda bo’ladi. Bu chulg’amning uchlari motorr shchitidagi qismalarga ulanadn (1-rasm). Bunda birinchi faza chulg’ami C1 C4, ikkinchisi C3 — C5, uchinchisi esa C3 — C6 bilan belgilanadi. Chulg’amni yulduz yoki uchburchak sxemasi bilan qulaygina ulash uchun uning uchlari motor shchitining qismalariga 1-rasmda ko’rsatilgandek qilib biriktiriladi. Motor shchitidagi chulg’am uchlarini yulduz va uchburchak sxemalari bilan ulash ko’rsatilgan.


1-rasm. Asinxroi motornnig chulg’ami va uning ulanishi.


Rotorning o’zagi elektrotexnik po’lat tunukalardan yigiladi, sirtqi tsshoni pazlar xosil qiluvchi silindrdan iborat bo’ladi. Uyurma toklardan xosil bo’luvchi quvvat isrofini kamaytirish uchun rotor o’zagini tashkil qiluvchi xar bir po’lat tunukaning ikki tomoni izolyastiyalovchi lak bilan qoplanadi. Qisqa tutashtirilgan rotorli motorning rotor o’zagi pazlariga alyuminiy yoki mis sterjenlari (tayoqchalari) joylashtirilib, ularning bosh va oxirlari alyuminiy yoki mis halqa bilan o’zaro qisqa tutashtiriladi. Rotorning qisqa tutashtirilgan chulg’ami ko’rsatilgan. Bunday chulg’amli rotorga ega bo’lgan motor qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motor deyiladi.
Faza rotorli motorlarning rotor o’zagi pazlarnga statorniki singari uch fazali chulg’am o’rnatiladi. Motorning ishga tushirish tokini kamaytirish maqsadida rotor chulg’ami zanjiriga ketma-ket qilib tashqi qarshilik kiritiladi (2-rasm). Rotor chulg’ami yulduz sxemasi bilan ulanib, uning xar bir fazasiga tashqi qarshilikni kiritish uchun aylanuvchi rotor valiga uchta o’zaro va valdan izolyastiyalangan halqa o’rnatiladi. Rotordagi faza chulg’amining uchlari uchta xalqaga ulanib, halqalar esa ko’zg’almas cho’tkalar orqali ishga tushirish reostatiga ulanadi. Rotor chulg’amining ishga tushirish reostatiga ulanuvchi uchlari, P1, P2, P3 bilan belgilanadi. Asinxron motorning stator chulg’amiga uch fazali tok berilsa, u xolda n1= 60f1/p tezlik bilan aylanuvchi magnit maydoni hosil bo’ladi. Aylanuvchan magnit maydoni rotor cho’lg’amini kesib o’tib, o’ning yopiq zanjirga ega chulg’amida e. yu. k. va, demak, tok xosil qiladi. Rotor chulg’amidagi tok bilan statordagi aylanuvchan magnit maydonining o’zaro ta’ siri natijasida aylantiruvchi elektromagnit moment hosil bo’lib, natijada motor n2 tezlik bnlan a ylana boshlaydi

2-rasm. Faza rotorli asinxron motorning ulanish sxemasi.


Aylantiruvchi momentni hosil qiluvchi kuchlarning yo’nalishi chap qo’l qoidasi bilan aniqlanadi. Shunday qilib, motorning statoriga berilgan elektr energiyasi elektromagnit protsessi natijasida rotorni aylantiruvchi mexanik energiyaga aylanadn. Asinxron motorning aylanish yo’nalishini o’zgartirish o’chun stator chulg’amining elektr tarmog’iga ulanadigan har qandap ikki uchini o’zaro almashtirish kifoya. Bunda aylanuvchi magnit maydoni va u tomon ergashib aylanuvchi rotorning aylanshi yo’nalishlari teskariga o’zgaradi. Rotorning aylanish tezligi n2 aylanuvchi magnit maydonining sinxron tezligi n1 ga nisbatan hamma vaqt kichik bo’ladi. Haqiqatan, agar n2 = n1, bo’lgan taqdirda rotor cho’lg’amida tok va, demak, aylantiruvchi moment ham xosil bo’lmaydi. Aylano’vchi magnit maydoni va rotor tezliklari farqining sinxron tezlikka nisbati sirpanish deb ataladi va S harfi bilan belgilanadi. Demak, sirpanishning qiymati qo’yidagicha topiladi:

Quvvati 1 -- 100 kvt gacha bo’lgan normal to’zilishdagi asinxron motorlarning nominal nagruzkasiga tegishli nominal sirpanish = 0,01 -- 0,06 bo’ladi. Asinxron mashinaning motor rejimida S = 0 -- 1 orasida o’zgaradi. Bunda S = 0 - motorning ideal salt ish rejimi, ya’ni M = 0; n2 = n2 da sodir bo’lib, S = 1 esa elektr tarmog’iga ulangan motor rotorining tinch holati, ya’ni n2 = 0 da sodir bo’ladi. Binoan asinxron motorning aylanish tezligi quyidagicha aniqlanadi:
n2 = n1 (1-S)



Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish