2.2. O`quvchilarni harakatli uyinlar orqali jismoniy sifatlarini rivojlantirishda didaktik printsiplar, metodlar va vositalarga tayanish
YUqori sinflarning Jismoniy tarbiyadan Davlat ta’lim standartlari talablarida harakatli o`yinlardan foydalanishda ta’limning turli metodlari qo`llanilishiga alohida e’tibor qaratilgan. Turli metodlarning qo`llanilishi o`zaro chambarchas aloqadadir. O`qituvchi ularni turli birikmalarda qo`llab, jismoniy tarbiyaning to`laqonli jarayonini ta’minlaydi.
Metodlarni quyidagicha mumtoz (klassik) ravishda uch guruhga bo`lish mumkin:
a) og`zaki (tushuntirish, hikoya, suhbat, buyruq, ko`rsatma) ;
b) ko`rgazmali (ko`satish, ko`rsatma qurollardan foydalanish ) ;
v) amaliy (mashqlar, musobaqalar ).
Harakatli mashqlarni bajarishda, fikrimizcha, qat’iy reglament talab mashqlarni bajarish jismoniy ta’lim-tarbiya mazmunining barcha bosqichlarida amalga oshiriladi. Shu jihatdan olganda biz jismoniy mashqlarni bajarishda metodlarni quyidagicha tasnifladik.
Qat’iy reglament talab mashqlarni bajarish metodlari
( metodlar tasnifi)
Turli harakat ko`nikmalarini shakllantirish va takomillashtirishga qaratilgan metodlar*
-
Analitik(tanlov) yondashuviga asoslangan metodlar
|
Umumlashtiruvchi(integral) yondashuvga asoslangan metodlar
|
* Tabaqalashtirilgan mashqlar metodi
*Alohida jismoniy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan mashqlar metodi
|
*Umumlashtirilgan mashqlar metodi
*Qo`shimcha ta’sir ko`rsatish metodlari
|
Aralash metodlar
|
Standartlashtirilgan takrorlash metodlari
|
*Namoyish etish uslubi
*Tushuntirish uslubi
*O`z ustida ishlash, madaniyat va tafakkurni
oshirish
*Harakat tezligini oshiruvchi mashqlar metodi
*Qismlar bo`yicha amaliy o`zlashtirish ko`nikmalarini shakllantirish metodi (Mazkur dissertatsiyaning uchinchi bob 1-paragrafiga qarang)
|
*Harakat ko`nikmalarini shakllantirishga qaratilgan takrorlash mashqlari metodlari
*Intervallar bilan mashqlarni takrorlash metodlari
*Qisqa va uzoq intervallar asosida mashqlarni takrorlash metodi
|
Tabaqalashtirilgan mashqlar metodi harakatlar amplitudasini to`g`ri tashkillashtirishni nazarda tutadi va harakatli o`yinlarni o`tkazishda barcha sinflardagi ta’lim uslublarining eng asosiysi sifatida qo`llaniladi. U mashqning mohiyatini ochib beradi, o`quvchilarda harakat haqida tasavvur hosil qiladi. Bunda alohida jismoniy sifatlarni shakllantirish uchun o`qituvchi tushuntirish uslubidan foydalanadi. Tushuntirish qisqa, tushunarli, obrazli, o`quvchilarning rivojlanish darajasiga mos bo`lishi lozim. Tushuntirishlar paytida bolalar ko`plab yangi so`zlarni o`rganadilar: “yonma – yon”, “oldinma –keyin” “qator bo`lib”, “turish”, “gimnastika devori”, “yog`och to`siq” va shu singarilar. Umumlashtirilgan mashqlar metodi bolalarni mashqlarning yangi turlari bilan tanishtirishda (sport hayotidan misollar); yagona syujetga birikadigan qator mashqlarni o`rganishda qo`llaniladi. Qo`shimcha ta’sir ko`rsatish metodlari esa o`rganiladigan materialni yaxshi o`zlashtirishga va mashqlarni sifatli bajarishga yordam beradi.
O`qituvchi yo`l - yo`lakay savollar yordamida materialni o`zlashtirish darajasini aniqlaydi, shuningdek o`quvchilarda o`z fikrlarini aytish istagini qo`zg`aydi. Bu uslub o`tilgan materialni o`rganiladigan material bilan bog`lash, bayon etilgan material bolalarga qanchalik tushunarli bo`lganligini aniqlash, o`quvchilar diqqatini faollashtirish uchun foydalaniladi. Alohida jismoniy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan mashqlar metodidan o`quvchilar jismoniy mashqlarni bajarayotganlarida va darsni o`tish jarayonida foydalaniladi.
Alohida jismoniy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan mashqlar metodi o`quvchilarning mashqlarni yoki boshqa harakatlarni bajarishlari bilan bog`liqdir.
Har bir buyruq mashqni bajarish va tugallashga ishora hisoblanadi. Bajarish ko`pincha mashqning ma’lum ritmini moslashtirib turuvchi sanoq jo`rligida olib boriladi. Buyruq va sanoqda ohang ahamiyatga ega, uning yordamida buyruq ifodali, mayin yoki keskin, erkin bo`lishi mumkin.
Qo`shimcha ta’sir ko`rsatish metodlari umumiy o`rta ta’lim maktablarining barcha sinflarida qo`llaniladi. Ular boshlang`ich sinflarda me’yorlangan holda berib boriladi. O`qituvchi tomonidan beriladigan buyruqlar shakl jihatidan yagona va ularning ijrosi qat’iy belgilangan, barcha o`quvchilar uchun bir hil bo`lishi kerak.
Darsni o`tishda qo`shimcha ta’sir ko`rsatish metodlardan o`quvchilarni uyushtirish uchun ham mahorat bilan foydalanish lozim. Shuni esda tutish kerakki, o`rinli va to`g`ri berilgan buyruq o`quvchilarga katta tashkiliy ta’sir ko`rsatadi va ularni intizomga chaqiradi.
O`z vaqtida o`rinli berilgan ko`rsatmalar mashqlarni yaxshiroq bajarishga yordam beradi. Ko`rsatmalar qisqa, aniq, harakatga chorlaydigan, talabchan bo`lishi kerak.
Ta’lim uslublari ichida eng tushunarlisi – namoyish etish uslubi hisoblanadi. Ko`rsatmali uslublarda mashqlarni namoyish etish yetakchi o`rinni egallaydi. Tanishish jarayonida yangi harakat aktiga kiradigan, hosil qilingan, ham tug`ma harakat avtomatizmlarini safarbar etishga yordam beruvchi ideomotor reaktsiyasining roli juda muhimdir. O`rganuvchilarning harakat qilish tajribasida tanish, o`hshash elementlar qancha ko`p bo`lsa, yangi harakat qilish amali haqida tasavvur shuncha to`la va aniq bo`ladi. Shu jihatdan o`qituvchining mahorati qo`yilgan harakat vazifalari bilan o`quvchilarning bu boradagi tajribalari o`rtasida assotsiatsiya yarata olishi bilan belgilanadi.
Assotsiatsiya qancha to`la, obrazli, emotsionalliroq yaratilsa, o`rgatish shuncha osonroq va tezroq davom etadi. Mana shu «tayanch izlash» davrida (E. Hodjava) predmet xarakteridagi har qanday mumkin bo`ladigan taqqoslashlar va topshiriqlar nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. “Olamdagi hamma narsani biz faqat taqqoslash orqaligina bilib olamiz,- degan edi L.V. Zankov,— kishining butun bilish protsessida taqqoslashning bunday asosiy qonuniyati shuni ko`rsatadiki, didaktikada ham taqqoslash asosiy usul bo`lishi kerak”. Demak, tajribadan va taqqoslashdan foydalanish yo`li bilan bo`lajak harakat to`g`risida tasavvur, tushuncha va mulohaza yaratiladi, binobarin, bundan “kelajak ehtiyoji modeli” (N. A. Bernshteyn) sifatida “harakat vazifalari” yuzaga keladi. YAngi shartli harakat reflekslari birinchi navbatda his etish asosida paydo bo`ladi, lekin ular o`sha zahotiyoq; tushunib olinsa, bu reflekslarning paydo bo`lish jarayonini tezlashti-ladi. Harakatning to`g`ri bajarilayotganligini bilish refleksni mustahkamlaydi, noto`g`ri harakat qilinayotganini bilish esa keraksiz harakat ta’sirining so`nishiga yordam beradi.
O`qituvchi onglilik va aktivlik printsipiga amal kilib, birinchidan, o`rganuvchilar oldiga harakat vazifalarini asosli ravishda qo`yishi va ularning bajarilishi kerak bo`lgan narsani aniq tushunishlariga erishishi; ikkinchidan, berilgan harakatni qanday bajarish kerakligi haqida tasavvur yaratishi kerak. Bu o`qituvchidan harakat ko`nikmalarini shakllantirishga qaratilgan takrorlash metodlaridan unumli foydalanishni talab etib, o`quvchilarni topshiriqni bajarishga psixologik jihatdan tayyorlashni ta’minlaydi. Bunda topshiriqning bajarilishiga qarab uni takrorlashdan oldin o`quvchi nimalarni bilib olganligini va endi nimani o`rganishi kerakligini fikran solishtirishini talab qilish shart.
XULOSA
Kurs ishimizning mazmunida umumta’lim maktablarida o`quvchi yoshdagi o`quvchilarning harakat faoliyatlarini rivojlantirish g`oyasi yotadi. So`ngi o`n yilliklar ichida uning ustida ko`pgina mutahassislar faol ish olib borganlar.
Ma’lumki harakatli o`yinlar o`quvchidan o`zining turli jismoniy imkoniyatlarini faol namoyon etishni talab qiladi. Ayni vaqtda o`yin vaziyatlari va u bilan o`zaro faoliyatlar shaxsning takomillashuviga, jismoniy va ruhiy rivojlanishiga doimiy ta’sir ko`rsatadi.
O`quvchi yoshdagi o`quvchilarni jismoniy sifatlarini rivojlantirishda harakatli o`yinlardan foydalanish jarayonida bir qator muammolarni hal etish lozim: o`quvchi yoshdagi o`quvchilarda asosiy jismoniy sifatlarning shakllanish yillik dinamikasiga hos yosh jins xususiyatlarini aniqlash; harakatli o`yinlardan foydalanib o`quvchi yoshdagi o`quvchilarni jismoniy sifatlarni rivojlantirish uslubiyati ishlab chiqish.
5-8 sinf o`quvchilari bilan harakatli o`yinlarni o`tkazishga ayniqsa astoydil tayyorgarlik ko`rish kerik. O`quvchi-bolalarni tayyorgarliklarini e’tiborga olgan holda, har tomonlama harakat qiladigan, har hil sport turlarini harakat elementlari bilan bajariladigan harakatli o`yinlardan foydalanish zarur: kurash elementlari va qarshilik ko`rsatish, yengil atletika, sport gimnastikasi, sport o`yinlari elementlari bilan bajariladigan, qiz bolalar bilan esa, agarda imkoniyat bo`lsa raqs elementlari bilan musiqali o`yinlar o`tkazish mumkin.
O`qituvchi o`quvchilarni sport o`yinlariga qiziqishlarini orttirishda faqat sport o`yinlari elementlarini harakatli o`yinlarda qo`llash bilan amalga oshirish mumkin. Shuningdek, masalan basketbol va qo`l to`pi o`yini o`rniga o`quvchilarga «To`pni to`tish», «To`p uchun kurash», «To`p o`rtadagiga», to`pni olib yurish bilan estafeta va xalqaga tashlash va boshqalar.
O`quvchilar o`yinda sport jihozlari va asbob-anjomlaridan foydalanadilar. O`yinni yaxshi tashkil qilinganda o`yinda to`ldirma to`pni nafaqat uzatish balki bir-birlariga oshirishda ham foydalanish mumkin. Harakatli o`yinda yugurish masofasi, sakrash balandligi, uloqtirish va boshqa harakatlar 5-8 sinf o`quvchilari uchun belgilangan nazariy me’yorlari chegarasida bo`lishi kerak.
O`quvchi-bolalar mustaqil, tashabbuskorlik bilan harakat qilishni yaxshi ko`radilar. Ularni mustaqil harakat qilishlarini hisobga olgan holda, uni o`yinda foydalanishi kerak. O`quvchilarga o`yinda harakat qilish rejasini raqib bilan kurashish rejasini o`zlari to`zishlarini topshiriladi. Joylarda o`yinni o`tkazilishiga bo`lgan bunday munosabat ayniqsa qimmatli bo`lib, bunda o`quvchilarni ijodiy tashabbuskorliklaridan juda kengroq foydalanish mumkin. O`quvchilarga o`yinni yangi variantlarini, qoidalarini to`zishni topshirish juda yaxshi bo`ladi, ularga o`yinni mustaqil o`tkazishga o`rgatish zarur.
O`quvchilar o`yinda o`qituvchi qiyofasida xuddi o`qituvchiday qilib bajarishni hohlaydilar, ayniqsa agar ular uni yaxshi ko`rsalar va hurmat qilsalar. Albatta bu o`qituvchini o`yin usullarini ko`rsatishda uni diqqat bilan kuzatib borishi kerakki, chunki to`g`ri bajarishi shart, buning uchun o`quvchilarga har tomonlama namuna bo`lishi zarur.
Harakatli o`yinlarda berilayotgan to`g`ri yuklama, haddan oshmaslikka yordam beradi, o`quvchilarda bunday holat bo`lmaydi. Ular o`zlarini imkoniyatlariga ortiqcha baho berib yuborishadi. O`qituvchi har doim o`quvchilarni o`yinda kuchlarini to`g`ri taqsimlashga berilayotgan yuklamani to`g`ri nazorat qilib borishi zarur va o`z vaqtida o`zini ta’sirini ko`rsata bilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |