DAM OLISH OROMGOHLARI SOG'LOMLASHTIRISH MASKANLARIDA XARAKATLI O'YINLARDAN FOYDALANISH VA ULARGA XARAKTIRISTIKA
MUNDARIJA
KIRISH.....................................................................................................................3
I BOB. DAM OLISH OROMGOHLARI SOG'LOMLASHTIRISH MASKANLARIDA HARAKATLI O`YINLAR VOSITASIDA O`QUVCHILARNING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI……..………….... …12
Harakatli o`yinlarning umumiy tavsifi, xilma-xilligi va ularning o`quv jarayonida qo`llanilishi……………………………………………………..……..12
Dam olish oromgohlari sog'lomlashtirish maskanlarida Harakatli o`yinlar – o`quvchilarning jismoniy sifatlarni rivojlantirish vositasi sifatida……………….16
Jismoniy tarbiya darslarida milliy harakatli o`yinlardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari………………………………………………………..18
II BOB. DAM OLISH OROMGOHLARI SOG'LOMLASHTIRISH MASKANLARIDA XARAKATLI HARAKATLI O`YINLAR VOSITASIDA O`QUVCHILARNING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK SHART-SHAROITLARI………....25
2.1. Harakatli o`yinlar vositasida o`quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish jarayonining mazmuni…………………………………………………………….25
2.2. O`quvchilarni harakatli uyinlar orqali jismoniy sifatlarini rivojlantirishda didaktik printsiplar, metodlar va vositalarga tayanish……………………………29
XULOSA……………………………………………………...………………….31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI………………………….33
KIRISH
Mavzusining dolzarbligi. O`zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportning rivojlantirilishiga katta e’tibor qaratilmoqda. So`nggi yillarda Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.
Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: «Sog`lom avlodni tarbiyalash buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish deganidir”. Shu jihatdan olganda, mamlakatimizda sog`lom avlod dasturi harakatining keng tus olgani, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida ta’lim-tarbiya tizimining tubdan isloh etilayotgani ham ana shu ulug`vor vazifani amalga oshirish yo`lidagi muhim qadamdir.
Huquqiy demokratik davlatimiz, ochik fuqarolik jamiyatining eng ustuvor yo`nalishlaridan biri sanalmish ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning asosiy maksadi- bu jarayonning sifati va samaradorligini oshirishga karatilgan tadbirlar majmuasidan iborat. Shu boisdan, mamlakatimiz mustaqilligidan so`ng yosh avlodning tarbiyasiga, sog`ligiga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan chiqarilgan «Mamlakatimizda sportni rivojlantirish to`g`risida»gi Farmoni,O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi hamda Davlat jismoniy tarbiya va sport qo`mitasining «O`quvchilarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish va foydali mashg`ulotlar bilan ta’minlash to`g`risidagi (1999 yil 21 sentyabr, 277q201q693 sonli) bo`yrug`i kabi me’yoriy hujjatlarda yoshlarning jismoniy kamoloti masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Jismoniy tarbiya yosh avlodni taraqqiy ettirishda muhim vosita hisoblanadi. Tana a’zolarining mo`tadil faoliyati uchun harakat juda zaruriydir. Buyuk hakim, mutafakkir Abu Ali ibn Sino: «Badantarbiya-sog`liqni saqlashda ulug`vor usuldir», -deydiki, bu fikr xalq pedagogikasidagi: «Kimki qilsa harakat- sog`ligida bo`lar barakat» degan naqlni eslatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |