Referat ifodali o’qishga o’rgatish Reja: Kirish Ifodali o’qish tarixi 2 Savod o’rgatish jarayoni



Download 18,78 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi18,78 Kb.
#292240
TuriReferat
Bog'liq
ifodali òqishga òrgatish referat


O’zbekiston Respublikasi Oliy va

O’rta maxsus ta’lim vazirligi

Buxoro davlat universiteti

Boshlang’ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti

9-1 BTUS-19 guruh talabasi

Amonova Dildora Anvarovnaning

ifodali o’qish mavzusida tayyorlagan

REFERAT

Ifodali o’qishga o’rgatish

Reja:


Kirish

1. Ifodali o’qish tarixi

2 Savod o’rgatish jarayoni

3 Ifodali o’qishning asosiy vositalari

4 Ifodali o’qishda nutq a’zolarining roli

5 Xulosa


Tinglovchiga asarning g'oyaviy mazmunini, muallifning hayot haqidagi fikr-mulohazalarini, qahramonlarning ichki hissiyotlarini yetkazish ifodali o'qish oldiga qo'yiladigan asosiy vazifadir. Shu maqsadda har bir talaba ifodali o'qishning o'ziga xos xususiyatlarini mukammal o'rganishi kerak. Uni puxta o'zlashtirgan kishining nutqi ravon, shirali bo'lib, o'z fikrini tinglovchilarga to'g'ri va izchil yetkaza oladi. To'g'ri, badiiy asarlarning hammasi ham bir xilda o'qilavermaydi. Har qanday asarni ifodali o'qish uning janr xususiyatlari va kompozision tuzilishiga ko'ra belgilanadi. O'qituvchi asarni ifodali o'qisha kirishishdan oldin uning g'oyaviy mazmunini, obrazlar tizimini va badiiy xususiyatlarini chuqur o'rganishi lozim. She'riy asarlarni ifodali o'qishning o'ziga xos xususiyatlari o'qiladigan asarning janri, ritmi, qofiyalanish tartibi va band qurilishiga bog'liq.

Ifodali o`qish, ayniqsa asarning g`oyaviy mazmunini chuqur tushunishda, badiiy xususiyatlarini ochishda katta ahamiyatga ega. Barcha janrdagi asarlar bir xilda o`qilmaganidek, barcha ham ifodali o`qiy olish qobiliyatiga ega emas. Ayniqsa, oliy o`quv yurtlarining ko`pchilik talabalari uzoq vaqt o`zlari mansub bo`lgan sheva ta'sirida bo`ladilar. Sheva ta'sirida "ifodali" o`qilgan asar mazmuniga esa putur yetadi, uning badiiy-estetik ta'sirchanligi susayadi. Shuning uchun, filolog talabalarni shevalar ta'siridan qutqarish, ularni ifodali o`qishga o`rgatish tarbiyaviy jihatdan muhim ahamiyatga ega, asar mazmunini puxta o`zlashtirishda, uning badiiy mohiyatini ochishda yaqindan yordam beradi. Badiiy adabiyot paydo bo`lishi bilan uning ifodali o`qishi, og`zaki ijrochilik taraqqiyoti ham ziddiyatlidir. Jumladan, adabiyot va san'at hali muayyan ma'noda sinkretik xarakterga ega bo`lgan qadimgi davrda badiiy va ifodali o`qish san'ati ham sinkretik xarakter kasb etgan. Chunonchi, bu davrda badiiy adabiyot yaratuvchilari ayni chog`da uning ijrochilari sifatida ko`proq e'tiborga ega bo`lgan. Jumladan, "Avesto"ning yaratuvchilari, bora-bora uning professional ijrochilariga aylanib qolgan kohinlar toifasi xalq orasida adiblar sifatidagina emas, balki jonli so`z sehri bilan mo`jizalar ko`rsatuvchi mutaxassislar sifatida ham katta e'tibor qozonganlar. Tarixiy taraqqiyot davomida adabiyot bilan birga ijrochilik san'ati ham rivoj topa bordi. Masalan, O`rta Osiyoda shoirlar bilan bir qatorda, ularning asarlarini majlis-anjumnalarda, keng mehnatkash xalq orasida ijro etuvchi san'atkorlar - roviylar toifasi paydo bo`ladi. Roviylik va roviylar haqida tarixiy manbalarda qimmatli ma'lumotlar uchraydi. Jumladan, Nizom Aruz Samarqandiy ma'lumotiga qaraganda, Firdavsiy "Shohnoma"ni ijod etgach, Ali Daylam unga xattotlik, Abudulaf roviylik qildi.

Abu Abdullo Rudakiyning roviysi bo`lgan Majid ismli tarixiy shaxs haqidagi ma'lumotlar ham qiziqarlidir. Mashhur sharqshunos A.T.Tohirjonov Rudakiy asarlarining Majid ismli professional ijrochisi bo`lganligini e'tirof etadi va uni chtetsravi deb ataydi. Yirik tojik yozuvchisi, Tojikiston Fanlar akademiyasining muxbir a'zosi Sotim Ulug`zodaning ma'lumotlariga ko`ra "roviylar"- badiiy o`qish ustalari bo`lib, xaloyiq o`rtasida Rudakiy, Daqiqiy, Shahid Balxiy, Abdushukur Balxiy va boshqa o`nlab o`zlariga zamondosh va o`tmish shoirlari she'rlarini maxsus ohang bilan o`qirdilar. Xususan, Rudakiyning yoqimli she'ru qo`shilari ularning og`zidan tushmasdi. Ulkan sharqshunos Ye.E.Bertels ham o`rta asrlarda roviylar toifasi mavjudligini e'tirof etadi. Ko`rinadiki, qadimgi badiiy so`z ijrochiligining butun bir yo`nalishi, o`ziga xos maktabni tashkil etuvchi roviylar toifasi katta shon-shuhrat va ijtimoiy mavqega ega bo`lgan. Biroq, jamiyat taraqqiy qilishi bilan roviylik tarmoqlanib, XV asrlarga kelganda, mustaqil badiiy ijrochilik ko`rinishlari va ularga mansub ijrochilar toifasi voyaga yeta boshladi. Jumladan, Alisher Navoiy XV asrlarga kelib badiiy so`z ijrochiligi san'atining voizlik (notiqlik), qissaxonlik, badihago`ylik, bazlago`ylik (latifago`ylik), dostonxonlik, qasidaxonlik, g`azalxonlik san'ati shakllanib yetilganligi haqida mufassal ma'lumot beradi. O`zbek badiiy so`z ijrochiligi san'atiga xos bo`lgan bedilxonlik, navoiyxonlik, fuzuliyxonlik, mashrabxonlik bilan birga, qissago`ylik, hikoyago`ylik, latifago`ylik, navhagarlik, ertakchilik, kulguli hikoyago`ylikning taraqqiyoti bu san'atning juda qadimiy va boy tarixga, ma'lum an'anaga ega ekanligini anglatadi. O`rta Osiyo xalqlari pedagogikasi tarixida ifodali o`qish san'atiga bo`lgan e'tibor alohida mavqe kasb etadi.

Hozirda savod o’rgatish jarayonidagi darslar faniga ko’ra ikki turli:

A) “Alifbe” darsligi asosidagi o’qish darslari

B) “Yozuv daftari” asosidagi yozuv darslari

1-bosqichning asosiy vazifasi o’quvchilarni maktab, sinf bilan tartib-intizom qoidalari bilan tanishtirish. Ularga nutq, og’zaki va yozma nutq haqida gap, nutqning gaplardan tuzilishi, so’z, gaplarning so’zlardan tuzilishi; bo’g’in, so’zlarning bo’g’inlardan tuzilishi, so’zlarning bo’g’inlarga bo’linishi; tovush, bo’g’inlarning tovushlardan tuzilishini; tovushlarning unli tovush va undosh tovushlarga ajratilishini o’rgatish, ulardan amaliy foydalana bilish ko’nikmalari hosil qilishdan iborat. Bu davrda maxsus nusxalar asosida o’quvchilarning bog’lanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga “Alifbe”da berilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari, o’zlari bilan she’r,ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishmoq, xalq ashulalari, alla, qo’shiqlar, latifalardan ayttirish lozim. Tayanch so’zlar asosida gap tuzdirish, “Alifbe”sahifalaridagi so’zlar, ularning ma’nolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi. (Bu tarzdagi ishlar har bir darsda mavzularga bog’liq ravishda izchil davom ettirib boriladi) Bu bosqichdagi yozuv darslarida o’quvchilarga daftar bilan, yozuv chiziqlari bilan tanishtirish, harf elementlarini yozishga o’rgatish, namunaga qarab grafik xatolarini aniqlash – o’z-o’zini tekshirish, harf oralarining tengligiga rioya qilish kabi ko’nikmalar hosil qilinadi.

2-bosqichda harf elementlarini yozishga o’rgatiladi.

Shuningdek, bu bosqichda tovush bilan harfni farqlashga o’rgatish ko’zda tutiladi. Bu bosqichdayoq tovush va harf o’rtasidagi chegaraga qat’iy rioya qilinadi. Bolalarga tovush haqida ma’lumot kitob ochirilmay beriladi. Tovushni ifodalovchi harf ko’rsatilgach, harf ustida ishlanadi. Tovush va harfga oid xususiyatlar (tovushlarni talaffuz qilamiz, eshitamiz, harflarni yozamiz, ko’ramiz, o’qiymiz) ham izchil ravishda o’quvchilarni o’zlashtirishlarini hisobga olgan holda ochila boriladi. Alifbo davri. Bu davr 31 dekabrgacha davom etadi. Unda asosan o’quvchilar unli, undosh tovush va unli, undosh harflar bilan tanishtiriladi. Unli va undoshlar osondan qiyinga tamoyili asosida joylashtiriladi. A, o, i unlilari, undoshlar oldin sonor tovushlar (n, m, l) e, o’, u unlilari keyin esa b, k, d, t, s kabi undoshlar so’ngroq ikki tovushni ifodalaydigan j, harf birikmalarini (ng, ch, sh), tovush bildirmaydigan harf – tutuq belgisi bilan tanishtiriladi. Tovush va harfni yaxshi tanishlari, elementar o’qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun bo’g’inga bo’lish, bo’g’in chegarasini aniqlash, bo’g’indan tovushni ajratish, tovush va harf munosabatini aniqlash, kesma harflardan bo’g’in tuzish va o’qish, bo’g’in-tovush, tovush-harf, tahlili kabi mashqlardan foydalaniladi. Bu davrda bo’g’inlab o’qish asosan shakllantiriladi: ikki harf yopiq, ikki harfli ochiq, uch harfli yopiq bo’g’inlar (il, ol, la, lo, nom, lim) o’qishga o’rgatiladi.

Alifbo davrini o’rganiladigan tovush-harfning murakkablini hisobga olib 3 bosqichga ajratish mumkin;

1-bosqichda o-na, a-na, il, in, bi-lan, tuzilishidagi so’zlar;

2-bosqichda echki, un, o’n kabi artikulyasiyasi qiyin bo’lgan r, q, v, f kabi undoshlar va yo’lbars, do’st, rasm kabi tuzilishidagi so’zlar;

3-bosqichda harf birinmalari ng, ch, sh 2 tovushni ifodalaydigan j, tutuq belgisi va jurnal, jirafa, tong, so’ng, bodring, choynak, shudring kabi so’zlar o’qishga o’rgatiladi.

Alifbe davrining oxirida o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nimalarga ega bo’lishlari zarur:

f) hamma tovushlarni tanishi va har qanday holatda to’g’ri talaffuz qilishi;

b) so’zni bo’g’in, tovush, tovush-harf tahlilini bilishi so’zdagi tovushlarning izchil tartibini aniqlay olishi, kerakli tovushni so’z va bo’g’inga ajrata olishi;

v) kesma harf va bo’g’inlardan so’z tuza olishi va o’qishi;

g) 2-3-4 bo’g’inli so’zlarni bo’g’inlab o’qishi, adabiy-orfoepik talaffuz bilan o’qishi;

d) gaplarni ohangiga rioya qilib o’qishi;

e) o’qigan matnining mazmunini tushunib, ongli o’qishi;

j) o’qigan matn mazmunini savollar asosida soddagina qilib qayta hikoyalab berishi;

z) o’qigan matniga sarlavha topishi;

i) to’g’ri, tez, ongli va ifodali o’qish malakalari shakllantirilishi.

Alifbo davri yozuv darslarining vazifasi – kichik va bosh yozma harflarni to’g’ri shakllantirish, harflarni to’g’ri ulash, alifbeda o’qilgan bo’g’in, so’z va gaplarni namunaga qarab yozish, harf, bo’g’in, so’z, gap diktantlarni yozish ko’nikmasini shakllantirish, izohli, saylanma, ko’ruv, ta’limiy, diktant yoza olishlariga erishish, umuman grafik malakani shakllantirish. Savod o’rgatish jarayonining oxirida bir darsda, agar darsning 3\2 qismi yozuvga ajratilsa, 20 tagacha so’z yoza olishlari talab qilinadi. Ma’lumki, 1-sinfga o’quvchilar har xil tayyorgarlik bilan keladi. O’quv materiallari 1-sinf o’quvchilari saviyasiga mos, izchil ravishda beriladi. SHunga qaramay, har xil tayyorgarlik bilan kelgan o’quvchilarning uni o’zlashtirishlari turlicha bo’ladi. Bu savod o’rgatish jarayonida o’quvchilarga differensial va individual yondashishni taqozo etadi. Bunday yondashish ta’limning barcha bosqichlarida ham yaxshi natija beradi. Savod o’rgatishning asosiy davrida o’qishga o’rgatishda quyidagi masalalarga e’tibor qaratishimiz lozim: Ma’lumki, savod o’rgatish, o’qish darslarining asosiy vazifasi o’quvchilarga tovush va harfni tanishtirish, ularning to’g’ri talaffuzini o’rgatish orqali bolalarda to’g’ri, ongli ifodali o’qish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, o’quvchilar lug’atini boyitish, bog’lanishli natqini o’stirish, bilimini boyitish, mavhum tafakkurini shakllantirish, eshitish, qabul qilish sezgisini o’stirishda ham bu davr mas’uliyatliligi bilan alohida o’rin tutadi. Tayyorgarlik davri o’qishga o’rgatish uchun zamin hozirlaydi. Bu davrda bolalarda o’zgalar nutqini eshitish, diqqatni to’plash, til birikmalarini (tovush, bo’g’in, so’z, gap) farqlash, ajratish, ularning vazifalarini anglash kabi xususiyatlar shakllanadi. Bular o’quvchilarning o’qishni muvaffaqiyatli egallashlariga yordam beradi. O’qishga o’rgatish uchun avvalo o’quvchi tovush va harf bilan yaxshi tanishtirilishi lozim. Tovush va harf bilan tanishtirishda bo’g’indan tovushni ajratish tamoyiligi rioya qilinadi. Harf bilan tanishtirish bir necha xil yo’nalishda amalga oshirilishi mumkin: Mazmunli rasm yuzasidan savol-javob usuli bilan bog’lanishli hikoya tuzdiriladi. Undan kerakli gap, so’ng kerakli so’z ajratib olinadi, so’ngra so’z ustida yuqoridagi kabi tahlil ishlari uyushtiriladi.

1. So’z asos qilib olinadi. Analitik mashqlar yordamida o’rgatiladigan tovush ajratib olinadi: ot, o’qituvchi ot rasmini ko’rsatadi, o’quvchilar uning nomini – so’zni aytadi. O’qituvchi o tovushini cho’zib (o-o-o-o t) aytadi va qaysi tovushni cho’zib aytayotganini o’quvchilardan so’raydi. O’quvchilar o tovushini aytgach, uning xususiyatlari haqida savol-javob o’tkaziladi. O tovushli so’zlar o’ylab toptiriladi. SHundan so’ng o harfi kesma harfdan yoki rasmli alifbodan ko’rsatiladi. Bunda o harfining shaklini esda olib qolishlariga alohida e’tibor beriladi.

2. O’rganilgan harf ichiga bugun o’rganiladigan harf aralashtirib qo’yiladi, bolalar uning ichidan notanish harfni ajratadilar, so’ng o’qituvchi bu harf ifodalaydigan tovushni aytadi. O’quvchilar tovushning xususiyatlarini aytadilar. SHu harfni kesma harflar ichidan topib, kitob sahifasidan, rasmli alifbodan ko’rsatadilar.


Shu tariqa tovush-harf bilan tanishtirilgach, o’qishga o’rgatish usulida ishlanadi.

Ifodali o'qishning asosiy vositalariga urg'u, pauza, intonasiya, temp va ritm kiradi. Urg'u ifodali o'qishning asosiy vositalaridan biri bo'lib, u ta'kidlash, alohida e'tibor qaratish uchun xizmat qiladi. Urg'u so'zlarni to'g'ri talaffuz etishga, ma'noni to'g'ri va to'la anglashga yordam beradi. Urg'u ilmiy adabiyotlarga leksik urg'u, dinamik urg'u, rimik urg'u, mantiqiy urg'u, tradision urg'u, psixologik urg'u kabi bir necha turga bo'lib o'rganiladi. Bu bo'linish lingvistik jihatdan to'g'ri, ammo biz talabalarni ifodali o'qishga o'rgatish va ifodali o'qishning nazariy masalalari haqida ma'lumot olishlarini osonlashtirish maqsadida urg'uning ikki turga ajratamiz:1. So'z urg'usi. 2. Mantiqiy urg'u.

Kishilar gapirish jarayonida ma'lum darajada qisqacha, to'xtab, nafas oladilar va o'pkalarini qayta havoga to'ldirib, nutqni davom ettiradilar. Nutqdagi ana shunday to'xtash, tinish yoki shunday kichik talaffuzga pauza deyiladi. Badiiy asarlarni ifodali o'qishda pazaning o'ziga xos o'rni bo'lib, u asarning janr xususiyati, mazmuni va sintaktik qurilishi bilan uzviy bog'liq. Badiiy asarda pauza muallif fikrning tinglovchiga aniq va to'la yetib borishiga katta yordam beradi. Pauza she'riy asarlarda aksariyat so'roqlarga tushadi va his-hayajon bag'ishlaydi. She'rlardagi bayt yoki bandlar asarning tugallangan bir bo'lagi sifatida bir-biridan doimo pauza bilan ajraladi.

Ma'lumki, nutq tafakkur mahsulidir. Kishi fikri yoki maqsadini ikkinchi bir kishiga so'zlar vositasida yetkazib, o'zaro fikr almashadi,aloqada bo'ladi va kayfiyatini ifoda etadi. fikr – tuyg'ular, maqsad-intilishlar, his-hayajonlar boshqalarga ovoz tovlanishi orqali ham yetib boradi. Muayyan istak, niyat-intilish, haakat natijasida yuzaga keluvchi ana shu ovoz tovlanishlariga intonasiya deyiladi. Ifodali o'qish jarayonida intonasiyaning ahamiyati katta.

Ritm grekcha ( rhuthmos–ritmos) so'zidan olingan bo'lib, vazifadosh, ohangdosh degan ma'nolarni anglatadi. Ritm ifodali o'qishda katta o'rin tutadi. Badiiy adabiyotda, ayniqsa, she'riyatda misradagi kichik bo'laklarning bir-biriga monand ravishda takrorlanib kelishi ritmni hosil qiladi.masalan, barmoq tizimidagi she'rlarda ritm, turoq, qofiya, radiflar yordamida va misralardagi hijolarning bir tekisda takrorlanishidan maydonga keladi. Aruz tizimiga mansub she'rlarda esa, ritm, cho'ziq va qisqa hijolarning bir xil tartibda takrorlanishidan hosil bo'ladi. Erkin she'rlarda har bir satr zinapoya shaklida bo'laklarga bo'lib yoziladi va ularni o'qiganda mazmunga qarab, ritm saqlanadi.

Olamda hayot mavjud unda harakat bor, harakat boy joyda esa – temp, temp bor joyda ritm bor. Demak, hayot va mehnatni ma'lum temp va ritmsiz tasavvur etish mumkin emas. Mehnat ma'lum bir me'yorda takrorlansa charchatmaydi. Shuning uchun ham mehnat jarayonida aytiladigan ashulalar ohangi o`sha ish-harakatga hamohang bo`ladi. Badiiy adabiyot hayotni in'ipos ettirar ekan, unda ham temp va ritm saqlanadi. Bu yozuvda tinish belgilari orqali ifodalanadi. Badiiy adabiyotda temp va ritm asarning g`oyaviy-estetik mohiyatini ochishga xizmat qiladi, nutqning emosional ta'sirchanligini kuchaytiradi, estetik zavq uyg`otadi. Demak, temp va rimt ifodali o`qishda muhim ahamiyat kasb etadi. Har qanday asarda o`ziga xos temp va rimt yashiringan bo`ladi. Shuning uchun o`quvchi to`g`ridan-to`g`ri ifodali o`qishga kirishmasdan, avval asar bilan puxta tanishib chiqishi zarur. So`ngra, asarning temp va ritmi o`zgaradigan yerlarini qalam bilan belgilab olgach, ifodali o`qishga kirishsa asar mazmuni muallif maqsadi tinglovchiga to`lqin yetib boradi. Temp lotincha (tempus - tempus) so`zidan olingan bo`lib, sur'at, daraja, vaqt degan ma'nolarni anglatadi. Temp - ifodali o`qishning his-hayajon jihatdan intensivligi, uning istirobli, hayajonli nafasidir. Agarda temp qahramonlarning ichki kechinmalari, his-hayajon, voqealar rivojlanishining keskinligi darajasiga ko`ra o`zgarib turadi. Ifodali o`qish jarayonida tempni ko`tarish hovliqish degan gap emas, aksincha jonlantirish demakdir.

Ifodali o`qish jarayonida nafas, ovoz va nutq a`zolari faol ishtiirok etadi. Nafas – ifodali o`qiishning muhim vositalaridan biridir. U kishi organizmi uchun ham asosiy oziqa hisoblanadi. Shuning billan birga, nutq so`zlash jarayoni, ayniqsa, ifodali o`qiish san`ati nafas negizi bilan uzviy aloqadordir. Nafas olinganda havo burun bo'shlig'idan kekirdakka boradi va nafas yo'li orqali o'pkaga o'tadi. O'pkaga kirgan havo qovurg'a muskullarini kengaytiradi, natijada qovurg'alar qorin bo'shlig'idan uzoqlashib ikki yonga gengayadi. Aniqrog'i, ko'krak qafasi har tomonga kengayadi. Shu bir vaqtda qorin bo'shlig'ini ko'krak bo'shlig'idan ajratuvchi diafragma o'pkaning havoga tushib kengayishi hisobiga pastga yaqqol sezilib turadi. To'g'ri nafas olish inson hayoti uchun ham,ifodali o'qish uchun ham juda katta ahamiyatga ega. Agar noto'g'ri nafas olishsa – o'rinsiz pauzalar qilishsa, o'qilayotgan mantiqan buziladi. Matndagi muallif maqsadi tinglovchiga to'g'ri yetib bormaydi fikr tushunarsiz bo'lib qoladi. Shuning uchun oliy va o'rta maktablarning o'qituvchilari o'zlarining va o'quvchilarning nafas organlari muskullarini chiniqtirib borishlari lozim. bu borada amalga oshiriladigan chora va tadbirlar insonni sog' va baquvvat qiladi, tovush va nutqning aniq, ravon, burro va jarangdosh bo'lishini ta'minlaydi.

Diksiya – notiq va adabiyot o'qituvchisi nutqining asosiy qurollaridan biri. Diksiya – lotincha distio so'zidan olingan bo'lib, so'zlarni aniq, burro talaffuz qilish degan ma'noni anglatadi. Badiiy asarni ifodali o'qishda nafas va ovoz kabi diksiyaning ham o'ziga xos o'rni bor. Badiiy asar o'qishda, mazmunning qayta hikoya qilishda va umuman, og'zaki nutqda diksiyaning qonun-qoidalariga rioya qilishsa, nutqning emosionaal ta'siri yana ham oshadi. Diksiya orfoepiya bilan ham bog'liqdir. Orfoepiya esa, nutqning tabiiy, aniq, ravon, hammaga tushunarli bo'lishini talab qiladi. Maktablarda, pedagogika institutlarining filologiya fakultetlarida bu masalaga katta e'tibor berish zarur, albatta. Maktablarda o'quvchilarni ifodali o'qishga o'rgatishdan oldin har bir darsda unli va undosh tovushlarning, har bir so'zning, har bir jumlaning lug'oviy-fiziologik ma'nosini tushuntirib, so'ngra shu mo'zning talaffuzini o'rgatish maqsadga muvofiqdir. Fan sifatida diksiyaning roi juda kattadir. U kishilarni, o'quvchilarni va o'qituvchilarni aniq hamda burro gapirish insonlar ongiga tez yetib boradi va ularga tez tushunarli bo'ladi. Harflarni va tovushni, albatta, aniq va ravon talaffuz qilish kerak. Negaki ularning ifoda darjasi yanada kengayadi.

Ovoz oliy asab tizimi signallarining mahsulidir. Oliy asab tizimi biror narsaga tikilish uchun ko'zlarga, biror narsani olish uchun qo'llarga, oldinga qo'dash uchun oyoqlarga buyruq (signal) bergani kabi ovoz chiqarish,nutq tovushlari yoki so'zlarni talaffuz etish, ovozni jaranglatish yoki xiralatish, past yoki baland gapirish uchun ham muayyan a'zolarga signal beradi. Bu a'zolar esa, oliy asab tizimining buyruqlarini bajaradi. Ana shunday buyruqlarni bajarishda, ovozning muhim a'zolari bo'lgan halqasimon, pardasimon va qalqonsimon tog'aylar hamda ovoz naychalari asosiy rol o'ynaydi. Hiqildoqning ichki devori ovoz yorug'ini hosil qiladi. Ularning cheti esa ovoz boylamlarini tashkil etadi. gorizontal holatda yotgan ovoz boylamlari asosan elastik to'qimalardan (naychalardan) tuzilgan.

Ular oldingi tomonda qalqonsimon tog'ay bilan birlashib turadi, orqada esa bir-birlaridanuzoqlashadi. Ana shu uzoqlashgan paytda ular o'rtasida burchak hosil bo'ladi, buni ovoz yorug' deyiladi. Ovoz yorug'i uchburchak shaklidadir. Tog'aylarni bir-biriga yaqinlashtirib va uzoqlashtirib harakatga keltirib turuvchi kuch qalqonsimon va halqasimon bir juft muskuldir. Boylamlar tortilishi, qisqarishi yoki tebranishi mumkin. Ular tinch turganda esa deyarli harakatsiz bo'ladi, ular orasidagi tovush yorug'i kichik bo'lib nafas olinayotganda ovozsiz o'tib turadi. Dastlabki paydo bo'lgan tovush zaif va deyarli tembrsiz bo'ladi. Ovoz tembr va kuchga ega bo'lishi uchun qo'shimcha sharoilar talab qiladi. Bunda halqum, burun-halqum va og'iz bo'shlig'i rezonatorlik, ya'ni qaytargichlik vazifasini bajaradi. Ular tovushga ma'lum tus va kuch beradi. Bunday tuslanishning siri ovozning fizik xossasi, ya'ning uning qattiq jismlariga duch kelgach urilib, qaytib rango-rang rezonais kasb etish tabiati bilan bog'liq. qayerda qaytargichlar ko'p bo'lsa, o'sha yerda ovoz kuchli, jarangdor va ko'rkam bo'ladi.



Xulosa qilib aytganda, ifodali o’qishda nutq a’zolari ( til, lab, tanglay, burun bo’shlig’i, hiqildoq…) katta va zaruriy ahamiyatga ega. Agar har bir o’quvchi ifodali o’qish qoidalari ya’ni harflarni nutq a’zolaridan to’g’ri chiqarishga, urg’ularni o’z o’rniga qo’yishga, pauza, intonasiya, ritm va temp qidalariga amal qilsa u o’qiyotganda ham tinglovchi, ham o’quvchi zavq olib, to’la tushunarli bo’ladi.
Download 18,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish