23-rasm .
Buxorodagi Sitorai M ohixosa saroyi.
2 4 -r a s m .
“T u rk isto n ” sayroyi tarzidagi m u q a rn a sd a vertikal yo ‘nalish b o ‘yich a
ritm mavjud.
3 - 2 2 9
3 3
www.ziyouz.com kutubxonasi
•I--------
К
--------i
25-rasm . Buxorodagi Som oniylar maqbarasi. Tarzlardagi metrik takrorlanish.
26-rasm. Iroqdagi Samarra minorasi. Vertikal
hajmiy ritm qoMIanilgan.
27-rasm . Toshkentning M -27
mavzesidagi turar uylarning
joylashuvidagi metriklik.
28-rasm . Angren shahridagi turar joy
mavzesining uyushtirilishida ritm qo'llanilishi.
29-rasm. Xivadagi Ichan qal’a.
Ollaqulixon timi. Fazoviy
shakllaming ritmi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
6-mavzu. KONTRAST, NYUANS, AYNIYAT
M a’ruza rejasi.
Kontrast va nyuans — muhit badiiy vositalari. Kontrast tushun-
chasi. Nyuans tushunchasi Kontrast —
qarama-qarshi
q o‘yilgan!ik, Masalan, past
balandga qarshidir, qorong'ilik yorug‘likka, katta kicliikka, vcrtikal gorizontalga,
oddiy murakkabga va h.k.
Kontrast va nyuans misollari. Kontrast va nyuans turlari. Kontrast, nyuansning
turli ko‘rinishlari. Chiziq, rang, shakl, hajm bo'yicha kontrast va nyuanslar. Haddiy
kontrast. Ayniyat misollari.
M a’ruza.
Kontrast qo‘Ilanilgan kompozitsiyaning negizi uning ko‘rinish
hissiyotining kuchliligidadir. Keskinlikni qo‘Hash bu kompozitsiyadagi qarama
- qarshiliklar ichki kurashi kuchayganida uyg‘unlikni topishdir.
Kontrast — qarama-qaishi qo ’yilganlik. Masalan, past balandga qarshidir,
qorongilik yorug‘likka. katta kichikka, vertikal gorizontalga, oddiy mu
rakkabga va h.k.
Kompozitsiyada ishtirok etayotgan unsurlar yoki xossalar o ‘zaro kam
miqdorda farqlansa, nyuans (tuslanish) munosabatida b o ia d ila r. Masalan,
9 va 10 sm uzunlikdagi tayoqchalar, sariq va qovoqsariq ranglar va h.k.
Kompozitsiyada ishtirok etayotgan unsurlar yoki xossalar hech qaysi
jihat bo‘yicha farqlanmasa, ular ayniyat munosabatida boMadilar.
Masalan, kompozitsiyada faqat 9 sm uzunlikdagi tayoqchalar ishtirok
etsa, ular o ‘zaro ayniyat munosabatida boMadilar.
Boshqacha qilib aytganda kontrast, nyuans va ayniyat qiyoslanayotgan
unsur va xossalarning oralarida o ‘zaro farqlar miqdorlarini anglatadi. Farq
ko‘p bo‘lsa kontrast, kam bo‘lsa nyuans, farq bo'lm asa ayniyat vujudga
keladi. Ularni ajratib turuvchi chegaralarni ilg‘ab olish subyektiv jarayon-
dir. Bu o ‘rinda haddiy (chegaraviy) kontrast to ‘g‘risida tushuncha berish
joizdir. Farqlar juda ko‘p, kolp va o ‘rtachadan sal ko‘p b o ‘lishi mumkin. 2
m uzunlikdagi tayoq bilan 2 sm uzunlikdagi tayoq yonm a-yon tursa ham
birgalikda idrok etila olinmaydi. 2 m li tayoq yonida taxm inan 20 sm li tayoq
bo‘lsa, ular birgalikda, kontrast munosabatida idrok etila boshlanishi mumkin.
Dcmak, 2 m li tayoq bilan kontrast munosabatida bo ‘lish uchun boshqa
tayoq uzunligi kamida 20 sm bo'lishi lozim. Bu haddiy kontrastdir. Farq
ortiqcha bo'lsa, solishtirish, qiyoslash imkoniyati yo'qoladi. Kompozitsi
yada hamisha insonning fiziologik imkoniyatlari, idrok etish xususiyatlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
nazarda tutilishi lozim. Kontrast juftliklar bir-birlari bilan tuslanishi (nyuans)
orqali bog‘lanadi. Buni quyidagicha tushunish zarur. Juftliklarda keskinlik
qiyos qilina olinadigan munosabat b o ‘lishi kerak. Haddan ziyoda keskin-
liklarda juftliklar orasidagi m unosabat, demak keskinlik ham yo‘qoladi.
Masalan, 1 m va I mm uzunliklar orasidagi keskinlik sezlmaydigan dara-
jadadir. 1 mm uzunlikdagi o ‘lcham 1 m oldida idrok etilmaydi. Lekin 1 m
bilan 1 dm , 1 mm bilan 1 sm qiyos qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |