300-mashinaga mo’ljallangan garaj – avtomashinalar turar joyi mavzusidagi amali loyihasiga o’quv topshirig’i va metodik ko’rsatmalar.
Umumiy qoidalar
Insonning piyoda yurish o’rtacha tezligi 4km/soat bo’lib, bu tezlik nisbatan katta yemas, shunga qaramasdan inson tarixiy davrlarigachayoq, Yerning barcha qit’alariga joylashishga ulgurdi. Ot, tuya va boshqa ko’plab hayvonlardan og’ir yuklarni ko’tarishda, tashishda foydalanish insonning muskul kuchlarini boshqa muhim ish va yumushlarni bajarishga sarflash imkonini berdi. Otlarda, tuyalarda zarur bo’lgan joylarga qatnashda va yuklarni tashishda inson tezlikka yerishdi, lekin bunday tezlik sezilarli darajada o’zgardi xolos. XIX asrning oxiriga kelib, ichki yonuv dvigatelining ixtiro qilinishi tufayli avtomobillar yaratilishi tufayli inson 10 – 20 marta katta bo’lgan tezlikka yerishdi. Avtomobillarga bo’lgan yehtiyoj vaqt o’tishi sari orta bordi. Avtomobil ishlab chiqarish jadal sur’atlar bilan o’sdi.
“Avtomobil turar joyi” muammosi hozirgi zamonaviy yirik shaharda juda o’tkirlashib bormoqda. Haqiqatan ham, avtomobil kvartirada saqlanmaydigan yagona individual foydalaniladigan narsadir. Hattoki, avtomobilizasiya yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarda ham xususiy avtomobil vaqtning 95% da foydalanilmasdan turadi. Bunda har bir turuvchi avtomobil uchun ikkita turish joyi zarur bo’ladi: birinchisi – yashash joyidan uzoq bo’lmagan masofada (500m gacha) jamoa garaji bo’lsa, ikkinchisi yesa ish joyi yoki xizmat ko’rsatish obekti oldidagi ochiq yoki yopiq avto turar joyidir. O’zbekiston Respublikasi, Andijon viloyati, Asaka shahrida avtomobil zavodining ishga tushirilishi Respublikamizda avtomobilizasiyaning jadal sur’atlar bilan o’sishiga olib keldi. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, sug’oriladigan yerga yega bo’lgan o’lkalarda joylashgan O’zbekiston shaharlarida yerning tanqisligi tufayli “avtomobil turar joyi” muammosini yechishning yagona to’g’ri yo’li bu individual foydalanishdagi avtomobillarni saqlash uchun ko’p qavatli garaj – mashina turar joylarini ko’rish yekanligini ko’rsatadi. Avtomashinalarni (bundan keyin a/m deb ataladi) joylashtrishning manejli tipidagi garajlarni iqtisod qilish o’z yo’liga ko’ra juda oddiydir: a/m ni yerga joylashtrishda (boks tipidagi garaj) – 25m2, a/m ni ikkita sathda joylashtirishda – 15m2, uch sathda joylashtirishda – 10m2, to’rt sathda joylashtirishda – 8m2, sakkiz sathda joylashtirish uchun – 4,5m2 yuza talab qilinadi. Avtomashinalarni liftlar yordamida yelektro mexanik ko’chirishning kompyuterli boshqaruvi garaj – avtomashinalar turar joyi – avtomatlarining iqtisodiyoti yanada samaradordir.
Garajlar –avtomashinalar turar joylari yerga nisbatan joylashishiga ko’ra yer osti, yer usti, ko’p qavatli, aralash tipda bo’lishi mumkin. Avtomashinalarning garajlar – avtomashinalar turar joylari ichida haraktlanishi bo’yicha quyidagicha bo’lishi mumkin: o’zi yurar rampali, avtomatlashtirilgan liftli va aralash.
Do'stlaringiz bilan baham: |