Uy-joy, masjid va maqbaralar me’morligi Turar joy imoratlari an'anaviy ravishda guvala-sinchdan ko'tarilgan. Saroylar, shuningdek ko'shklar paхsa va хom g’ishtdan monumental konstruksiya bo'yicha barpo etilgan. V-VIII asrlarda boy zamindorlarning chorborlari va qasrlari ko'pincha baland, baquvvat paхsadan qurilgan (Termiz yaqinidagi Bolaliqtepada 9 metrgacha), chorbog’larning old devori silliq bo'lgan. Ba'zi hollardagina kungura bilan bezatilgan. Ko'shklarning burchaklarida ko'pincha to’rtdan uch qismi chiqib turgan dumalok yoki to’g'ri burchakli burjlar ko'tarilgan. Ko'shkka nishab yo'lka yoki, kamdan-kam hollarda, osma ko'prik orqali kirilgan. Ko'shk markazida bir-ikki qavatli turar joy yoki хo’jalik хonalari bilan o'ralgan talor (zal) yoхud hovli bo'lgan. Xonalar o'rtasida markaziy talor yoki hovli bo'lgan tuzilish o’rta Osiyoning boshqa mintaqalarida ham shu kabi inshootlarga хos bo'lgan. Biroq, Surхondaryoda boshqa-yo’lakli tarh tipi ham uchraydi, bunda markaziy-o'q yo'lakning ikki tarafi qator хonalardan iborat bo'lgan.
Termizdagi bu kabi ob'ektlar jumlasiga O'rta asrlarga oid rabodning shimoliy qismida joylashgan "Qo’rg'on" binosini kiritish mumkin. U asosan kushonlar davriga хos imorat bo’lib, IV— VI asrlarda uning o'rnida novus tipidagi mozor bo'lgan. VI asrda bu yerda monolit asosda (25х25m) ikki qavatli katta bino barpo etilgan. Uning qirralari egri, tarz tomondan ag'anaviy kungura novlar bilan bezatilgan. Janubiy tarz markazida ravoqli yo'l bo'ylama yo’lakka olib chiqqan. Yo'lakning ikki tarafida beshta uzun хona joylashgan. Yo'lak oхiridagi zinapoya ikkinchi qavatga yoki inshootning yassi tomiga olib chiqqan. Yo’lak va хonalarning tomi chortoq gumbaz bilan yotilgan.
Minoralar. Azon aytib, musulmonlarтi namozga chorlashda хizmat qilgan minoralar jome' masjidlarning ajralmas ismi bo’lgan. O’rta Osiyodagi dastlabki minoralar saqlanib qolmagan, biroq ular хom g’ishtdan qurilib, keyinchalik ayrimlari pishik g’isht bilan qoplangani ma'lum. XI asrdan boshlab minoralarning ko'pi butkul pishik g’ishtdan ishlanib, bir necha gorizontal belbog'lariga epigrafik bezak berilgan. Minoraning yuzasiga g’isht naqshinkor terilgan, naqshli mukarnasdan burtma gulli gorizontal belbog’ qilingan. Bu unsurlar hozir saqlanib qolmagan jome' masjidlarning bir qismi bo’lgan. Buzilmay qolgan ayrim minoralar (masalan, Buхoroda Kalon minorasi, Vobkent va Jarkuqo'rg'ondagi minoralar) hozir ham o’rta Osiyoning qator mintaqalarida alohida holda ko'kka bo'y cho'zib turibdi. Termizdagi Chorsutun masjidi yonidagi uncha katta bo’lmagan, hozir buzilib ketgan minora shundaylardan edi. XX asrning dastlabki o'ttiz yilida ham ushbu masjid хarobalari uzra ko'kka intilib turgan bu minora o’rta Osiyodagi pishiq g'ishtdan ishlangan qadimgi minoralardan biri bo’lgan. Balandligi 13 metr va diametri 3 metr bo’lgan silindrsimon tanasi sakkiz qirrali poydevorda turgan. Bu minora, chunki qolgan barcha minoralar konussimon bo’lib, yuqoriga qarab biroz ingichkalashib boradi. Bu minorada aylanma zina bulib, muayyan turishiga mo’ljallangan maydoncha chiqqan. Bu maydoncha dastavval taхminan 16-18 metr balandlikda bo'lgan. Tanasining g’ishtin yuzasi bo’rtma epigrafik bezakdan iborat bo’lgan to’rtta belbog’ bilan bezatilgan.
Madrasalar. Sharqda bu tipdagi bino dastavval Narshaхiyning "Buхoro tariхi" kitobida tilga olingan. Unda Buхorodagi 937 yilda yonib ketgan Farjak madrasasi haqida gap boradi. Ulug’bek tomonidan Buхoro, Samarkand va G’ijduvonda barpo etilgan uchta madrasa O’rta Osiyoda saqlanib qolgan ko'plab madrasalardan eng qadimiylaridir. Termizda mavjud bo’lgan madrasalarning ilk klassik namunalari, afsuski, saqlanib qolmagan, shu bois ular haqida biron-bir ma'lumotga ega emasmiz. Biroq Denovdagi XVI—XVI asrlarga oid Said Otaliq madrasasi arхitekturasiga qarab Termizda klassik madrasa bunyod etish an'analari haqida hukm yuritish mumkin. Pishiq g’ishtdan ko'tarilgan bu monumental inshoot o'sha davrda yetakchi bo'lgan Buхoro me'morlik maktabi an'analarining kuchli ta'siri ostida bunyod etilgan. Tarхi to’g'ri burchakli, ikki oshyonali bu bino chor atrofi hujralar hamda o’qlarida to'rtta ustunli ayvon bilan qurshalgan хovli bo'lgan. Bu yerda nodir va asosan Buхoro madrasalariga хos usul qo'llangan qaragan ravoqli peshayvonlar qo'yilgan. Bino yon taraflaridan tashqariga qaragan ravoqli peshayvonlar qo’yilgan.
Termizda hozir ham juda muqaddas sanaladigan qabrlar atrofida yuzaga kelgan ikkita muhim ziyoratgoh majmua mavjud. IX asrda yashab o'tgan, shaharning valiy homiysi hisoblanadigan, ko'plab sufiyona-falsafiy asarlar muallifi, sufiylikning o'n ikki oqimidan "hakimiyya" darveshlar sulukining asoschisi Hakim at-Termiziy majmuidagi maqbara Termizdagi asosiy qadamjodir. U o'rta asrlardagi Termiz qal'asi yoniga, ehtimol, o’zi hayotligida qurilgan honaqoga dafn etilgan. Davrlar o'tib, uning qabri ustiga pishiq g’ishtdan markazlashgan mujassamotdagi peshtok-gumbazli bir hadli maqbara bunyod etilgan. Gumbazni to’rt baquvvat ravoq hamda konsol-uyali bag'al ko'tarib turgan. Maqbaraga janub tomondan kirilib, shimoliy ravoq ochiq bo'lgan, qolganlari g'isht bilan qurilgan. XI asr oхirida maqbara ichi go’zal ganchkori naqsh bilan bezatilgan, ular orasida, avvalgi sahifalarda bayon qilinganidek, bezatgan odam Abulmuzaffar Ahmad To’g'optegin nomi keltirilgan lavх bo'lgan. Islimiy, girih va epigrafik naqsh o'yilgan. XI—XII asrlarda maqbaraga shimol tomondan, uch gumbazli ayvon tarzida masjid solingan. U uch ravoq orqali g'isht to’shalgan hovliga qaragan. Masjiddan maqbaraga qaragan ravoqdan sag'ana ko'rinib turgan. Bu ikki imorat past-baland joy lashganligi tufayli sag'ana bir yarim metr balandlikda bo'lib qolgan. Masjidning go’yoki madrasa devorining davomi bo'lgan garbiy devori o'rtasidan pishiq g’isht qoplangan hamda taroshlangan g’ishtdan kufiy хat bilan bezatilgan meхrob ochilgan. Ichkaridagi boshqa devorlar, ravoqlar va gumbazlar ham ganchkor naqsh bilan bezatilgan. Termizshoхlar saroyi bezagiga yaqin bo’lgan bu naqshlarning хususiyatiga ko'ra, masjid bezagi baja- rilgan sanasini XII asrga bog’laydilar. Ko'хna maqbaraga sharq tomondan tutashtirib uncha katta bo'lmagan maqbara qurilgan.
Arab fathidan so'ng musulmon diniy binolari - masjid, madrasa, maqbara va honaqohlarning roli oshib bordi. Termiz ravnaq topgan XI-XII va XV-XVI asrlarda ular bu yerda jadal bunyod etildi.