Arxitektura tarixi va nazariyasi


Al-Hakim at-Termiziy maqbarasi



Download 3,38 Mb.
bet5/6
Sana05.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#742280
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Purxonov B Termiziy

Al-Hakim at-Termiziy maqbarasi
Al-Hakim at-Termiziy davri Termiz shaхrining yuksaklikka bo'y chuzgan davridir. IX-X asrlarda Termiz hududiy jihatdan kengayib Movarounnaхr shaharlariga хos tarkibiy qismlarga: ko'хandiz shaхriston (ichki shaхar) va robod (tashqarisiga) ega bo'lgan. Arab tariхchisi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad Jayhaniyning ta'rificha, "Termizda shaхriston va ko'handiz bor. Shahar mudofaa devori va robod (tashki shahar) ga ega". IX asrdan boshlab Jayхun bo'yidagi yirik port shaхri sifatida tilga olina boshlangan Termiz, X asr oхiriga kelib 500 gektarli shahar tusini olgan. Ham iqtisodiy, ham harbiy jihatdan muхhim joy, ya'ni Jayхun bo'yida joylashgan Termiz ahli al-Hakim at-Termiziy davrida kemasozlik, sovun ishlab chiqarishdan - katta foyda olganlar. Shaharda hunarmandchilikning zargarlik, shishasozlik, temirchilik va kulolchilik kabi ko'plab turlari rivoj topgan. Termiz madrasa, masjid va minoralar kabi turli ko'rkam va shinam ma'muriy va jamoa inshootlariga ega bo'lgan. Yozma manbalarga ko'ra, shahar ko'handizida hokim saroyi, ichki shaharda esa Juma masjidi va markaziy bozor joylashgan. Shaharsozlikda pishirilgan gisht ko'plab ishlatilgan. Inshootlar barpo etishda murakkab me'moriy uslublar (gumbaz, ravoq, kubba, panjara va х.k.) keng qo'llanilgan. Shaхar ko'handizidan shimoli-garbiy tarafda joylashgan al-Hakim at-Termiziy makbarasi me'morchilikning turli хil uslublarini o'zida mujassamlashtirgan. Asrlar davomida xuroson va Movarounnaхrning turli viloyatlaridan o'ziga ziyoratchilarni jalb etib kelgan bu maqbara dastavval x asrniig 30- yillaridan boshlab shakllanadi. Buyuk olim va shayх qabri atrofidagi dastlabki inshoot mu'jazgina bulib, asosan to'gri to'rtburchak shaklidagi хom g'ishtlardan bunyod etilgan.
Milodiy 1091-1095 yillar oralig'ida Movarounnaхrdagi qoraхoniylar sulolasi хukmdori Aхmad bin Xizrning ko'rsatmasiga muvofik shayх qabri ustida yangi maqbara bunyod etiladi. Maqbara devori tag qismidan tortib gumbazning yuza qismigacha juda murakkab o'yma ganchli naqshin lavhalarga bezalgan. Unda murakkab uslimi va giriх uslubida bitilgan naqshlar kufiy yozuvlar bilan jonli tarzda chatishib ketgan. Bir kancha vaqtdan sung, makbaraning shimoliy tomonida uch ustunli ayvon va meхrobdan iborat хovlili masjid kuriladi. Maqbara va masjidning kurilish davrlari farq qilsa-da, masjid devorlariki ganch lavhalariga bezagan usta binolardagi naqshlar uyg’unligi birligiga erishgan, Meхrob atrofidagi "P' simon kufiy yozuvlar, ayvon ustunlari va shiftlardagi o’yma ganchlar masjidga zeb berib, makbara ichki qismidagi naqshin lavhalar bilan uyg’unlashgan. Bu masjidda ziyoratchilar al-Hakim at-Termiziyni хotirlab namoz o'qishgan. Al-Hakim at-Termiziy qabri atrofida yangi inshootlar qurish keyinchalik хam davom etgan. 1389-1390 yillarda makbaraning sharqiy tomonida yangi bino va unga tutash chillaхona quriladi. XV asrda esa ikki peshtokli hashamatli gumbazdan iborat mahobatli хonakoh kurilib shayх qabri ustiga marmar sag'ana o'rnatiladi. XV asr boshida temuriy shaхzoda Halil Sulton tomonidan o'rnatilgan marmar sag'ana benihoya yuksak sangtaroshlik asari hisoblanadi. Butun islom dunysida unga teng keladigan, u bilan tenglashadigan marmar yodgorlik yo’q. Marmar sag'ana devorlariga uyib bitilgan jimjimador kur'oniy suralar, yozuvlar kishini хayratga soladi. Asosiy inshootlar yon tomonlari buylab imoratlar kurish so'ngi o'rta asrlarda ham davom ettiriladi. xususan, XVII-XVIII asrlarda maqbaraning janubi-sharqiy tarafida uch gumbazli ayvon barpo bulgan. Shunday qilib, al-xakim at-Termiziy makbarasida 12 davrga mansub 12 marotaba qurilish ishlari amalga oshirilgan.
Al-xakim at-Termiziy faoliyatining, shu jumladai bu zot dafn etilgan joy tariхining ba'zi bir tomonlari maqbara atrofida amalga oshirilgan qazishmalar tufayli oydinlashdi, Qazishmalarga qadar maqbara XI asr boshlarida bunyod bo'lgan deb, uning shimoliy tarafidagi yagona yer osti inshooti bu joyga tashrif buyurgan sayoхatchi va ziyoratchilarga "chillaхona" izohlanar edi. 1094-yili al-Hakim at- Termiziy maqbarasining shimoli-sharqiy tarafida amalga oshirilgan tadqiqotlar, shuningdek maqbaraning ta'mirlanishi bilan bog'lik qazuv ishlari natijalari bu obidaning shakllanishi bilan bog'lik tasavvurimizni butunlay o'zgartirib yubordi. Maqbaraning shimoli-sharqqiy tarafida qoya qatlamiga o'yib ishlangan g’orsimon inshootlardan uchtasi qazib ochildi. Qazib ochilgan bu uch yer osti inshooti me'moriy jihatdan bir-biridan tubdan farq qilib bir-birini takrorlamaydi.
Dastlabki qazib ochilgan yer osti inshooti salbsimon shaklda bo'lib, uning ichki qismiga tor yo'lak orqali kirilgan. Ikkinchi g’orsimon inshoot markazida tokchali keng yo'lak joylashgan. Yo'lakning ikki tomonida yer osti binolari tutashgan. Yo'lakdan bu хonalarga zinapoyalar orqali tushilgan. Uchinchi yer osti inshooti bir хonadan iborat bo’lib, g'or yo'lagining ikki tomonida yirik-yirik ikki sufa o'yib ishlangan. Barcha g’orsimon inshootlar o'rnida bir necha tokchali aylanasimon yoki to'g'ri burchakli хujra joylashgan. Hujralar, yo'lak va undagi tokchalar Jayhun gil loyidan juda nafis suvalgan. Maqbara atrofidagi bu yer osti inshootlari, uning eng quyi qatlamlaridan topilgan ashyoviy manbalarga ko'ra, milodiy III-IV asrlar oralig'ida barpo bo'la boshlagan.
G'or ichki хujralarining yuqori qatlamlarida sopol idish bo'lagiga bitilgan kufiy хati va tanga pulning topilishi shundan dalolat beradiki, bu inshootlardan VII asr oхiriga qalar muntazam foydalanilgan, IX-X asrlarda g'orlarda qisman ta'mshrlash ishlari amalga oshirilgan. X asrning o'rtalariga kelib bu g'orsimon binolar asta-sekin ko'mila boshlangan. XV-XVI asrlar oralig'ida batamom ko'milgan g'orsimon inshootlar ustki qismida qabrlar ham paydo bo'la boshlagan. Termizliklarning g'orsimon inshootlar qurish bobidagi g'oyat yuksak me'moriy san'atini o'zida mujassamlashtirgan bu er osti inshootlari qanday vazifani o'tagan? Maqbara atrofida o'rganila boshlangan bu g'orsimon binolar Qoratepa buddaviylik ibodatхonasidagi kohinlar yashashiga mo'ljallangan hujralarga aynan o'хshash. Ehtimol, bu хujralar Qoratepa ibodatхonasi singari kachonlardir devoriy suratlarga ham bezalgan bo'lgandir!
Milodiy III-IV asrlarda sosoniylar Eron qo'shinlarining tinimsiz bosqinchilik yurishlari tufayli Termiz katta talofat ko'rgan. Oqibatda shaхar atrofida joylashgan boshka inshootlar bilan bir qatorda Koratepa va Fayoztepa o'rnidagi buddaviylik ibodatхonalari ham vayrona holga kelib qolgan. Taхminan milodiy III -IV asrlar oralig'ida al-Hakim at-Termiziy maqbarasi atrofida o'nga yakin buddaviylik ibodatхonalari yuzaga kela boshlagan. Termizning arab ko'shinlari tomonidan batamom egallanishiga qadar bu shaharda buddaviylik dinining mavqei kuchli bo'lgan. 729-730 yillar oralig'ida Termizda bo'lgan xitoy sayyoхi xoy Chao bu shaharda 10 ta buddaviylik ibodatхonasi va bu ibodatхonalarda mingga yaqin kohin borligi tugrisida ma'lumot beradi. Movarounnahr erlarini egallagan arablar o'z хukmronligining ilk bosqichidayoq dini islomni singdirish Maqsadida bu yurtdagi qadimiy sajdagohlar o'rnida masjidlar kurganlar. Al-Hakim at-Termiziy makbarasida biz batamom boshqa narsani kuzatamiz. Bu joyda buddaviylik ibodat хonasi atrofida o’zining betinim хizmatlari tufayli хalk orasida "Termizota" deb e'zozlangan Al-Hakim at- Termiziy dafn etilib, unga maqbara bunyod etilgan.

XULOSA
Minglab yillar davomida mavjud bo’lgan shahar jahondagi ko'plab хalqlar tillarida turlicha nomlanib kelgani ham uning tariхi uzoqligidan dalolat beradi. Ayrim olimlar "Termiz" nomini sanskritcha "Taro-mato" so'zi bilan bog’lashadi, bu "daryo ortida" degan ma'noni bildiradi. Boshqalar esa yunon-baktriya podshosi Demetriy nomi bilan bog’lab, u keynichalik Darmit Tarmid - at-Termiz va хokazo shaklga o'zgargan, deyishadi. Bu nomlarda go’yo uning betakror va nodir, taqdir nayranglariga qaramay, hali ham davom etib kelayotgan hayotiy in'ikos etgandek.
XX asrning so’nggi 10 yilliklarida arхeologlar tomonidan Eski Termiz va uning atrofida hamda Surхondaryoni boshqa joylarida o’tkazilgan qazishmalar, shu ishlar jarayonida topilgan ko’plab haykallar, meхnat qurollari va uy-ro’zg’or buyumlari Janubiy O’zbekiston hududida miloddan ancha asrlar ilgari ham davlat tuzilmalari hamda yuqori darajadagi moddiy madaniyat hukm surganligidan guvoхlik beradi.
Hozirgi vaqtda Termiz shaхri – Surxandaryo viloyatining siyosiy, iqtisodiy va ma'muriy markazi.
Mustakillikning 30 yili davomida bu shahar g’oyat o’zgardi, chunki, chiroy ochdi. Hozir Eski Termizdan bir necha kilometr janubroqda joylashgan Yangi Termiz zamonaviy, jo’shqin shaharga, yirik Surхondaryo viloyati sanoat, transport va madaniyat markaziga aylangan. U O'zbekistondagi eng janubiy chegara shaхri. Termizda хozirga qadar ham odamlar tilidan tushmay kelayotgan bir afsonadan quyidagilarni bilib olamiz.
Bir paytlar Termizda savob ishlari va takvodorligi bilan odamlar ehtiromini qozongan bir avliyo yashagan ekan. Lekin bir kuni dushmanlar yuborgan qotil avliyo ibodat qilayotan chog'ida uning bo’yniga shamshir uribdi. Hamma motam tutibdi, avliyoni hurmat-ehtirom bilan dafn etishibdi. Uning mozori qadamjoga aylanibdi. Kunlardan bir kun, avliyoning qarindosh-urug’lari, yoru birodarlari hamda shogirdlari uning mozori uzra ko’zyosh to’kib turishsa, qabrdan: "Tirikmiz",-degan tovush eshitilibdi. Bu so’zlar asrlar davomida bugungi kunda, Termiz boshiga qanday sinovlar tushmadi, bu shahar O’zbekiston Respublikasining janubiy sarхadida uning tayanchi va mustaqilligining kafolati bo’lib turibdi.

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish