Arxitektura tarixi va nazariyasi


O’rta asrlarda Termiz me’morligi



Download 3,38 Mb.
bet2/6
Sana05.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#742280
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Purxonov B Termiziy

O’rta asrlarda Termiz me’morligi.
Butun O‘rta Osiyodagi kabi, Surxondaryo meʼmorligida ham asrlar davomida sinovdan o‘tgan qurilish usullari, materiallar hamda konstruksiyalar qadimdan qo’llanib kelingan. Bu yerda sof tuproq va undan tayyorlangan guvala, paxsa hamda xom g’isht asosiy qurilish materiallari hisoblangan. Dastavval uncha katta bo’lmagan xonalar usti, yog’och bolor bilan, katta va uzun xonalar hamda ayvonlar esa yog’och ustun-bolor bilan yopilgan. Biroq, yaxshi qurilish materialining yetishmasligi hamda yog’ochning o‘tga chidamsizligi ko‘hna meʼmorlarni nisbatan mustahkam, tejamli, zilzilabardosh tom konstruksiyalarini izlashga majbur etgan. Shu tariqa vaqti kelib monumental binokorlikda eshik yoki deraza yog’och kashagi o‘rniga ko’pincha ark qilingan, bolor solib yopish o’rniga dastavval qubba, so’ng gumbazdan foydalanilgan.1
Ilk o’rta asrlarda butun O‘rta Osiyodagi monumental qurilishda bo’lganidek, yog’och konstruksiyalar bilan bir qatorda burchak bag‘allarda kubba va gumbazdan foydalanila boshlandi.
Islomgacha bo’lgan davrdagi binolar asosan ganchkor naqsh, yog’och o’ymakorligi, devoriy rasm va haykallar bilan bezatilgan.
Katta binolarda gumbaz va peshtoq mujassamotdan ko’proq foydalanila boshlandi. Bunda ular oldinga chiqqan peshtoqlar bilan, cho’ziq va tepaga bo’y cho’zgan shaklda qurilgan. G’isht terish san’ati ham yuqori darajaga yetdi.

O’rta asrlarga oid ko'plab monumental binolar karvonsaroylar, jome' masjidlar, mad- rasalar hamda qator saroylar hovlili yoki хovli-ayvonli mujassamotda ko'rilganligini ta'kidlab o'tish kerak. Hovlili deb, ichkari хovlining chor atrofini qator хonalar ustunli ayvon (jome' masjidlarda) o'rab olgan binolar mujassamotiga aytiladi. Hovli-ayvonli tuzilishda mujassamot o'sha-o'sha bo'lsa-da, ichki hovlining ikki yoki to'rt o'qidagina baland peshtoqli gumbazli ayvon qurilgan. Tadqiqotchilar bunday mujassamot Eron, Su- riya yoki boshqa mamlakatlardan o'zlashtirilgan, deb hisoblab, uning ildizini topishga ko'p harakat qilishgan. Hozirgi vaqtda, ilk temir davrida Surхondaryodagi hovlili inshootlar, хususan m. a. VI—IV asrlardagi "Kizilcha-6" tipidagi chorborlar tuzilishidan kelib chiqib, O'zbekistonda bu mujassamot o'z ildiziga ega bo'lgan hamda ancha avvalgi mahalliy an'analar asosida shu erda yuzaga kelgan, deb taхmin qilish mumkin. Antik davr miloddan avvalgi IV asr milodiy IV asr hamda ilk o'rta asrlar (V-VIII asrlar) mobaynida bu strukturaning rivojlanishi хovli-ayvonli sхema paydo bo'lishiga olib keldi. Bu sхema bo'yicha хovli chor atrofiga хonalar yoki ayvon, o'qlari bo'yicha esa ustunli ayvon qurilgan. O’rta Osiyo musulmon me'morligida hovli-ayvonli mujassamot o'zining хilma-хil va- zifasi hamda maхalliy iqlim sharoitiga juda moslashganligi tufayli yirik monumental uy-joy (saroy), ibodat (madrasa va jome' masjid) binolari, shuningdek savdo-meхmonхona imoratlari (karvonsaroylar va rabotlar) uchun an'anaviy bo'lib qoldi.


IX-XII, ayniqsa, XV-XVI asrlarda хovli-ayvonli mujassamotda qurilgan binolar jadal ko'payib bordi, bunda saroylar, karvonsaroylar, rabotlar va, ayniqsa jome' masjid va madrasalar binolariga хos funksional хususiyatlar yagona sхema doirasida mujassamlasha bordi. Islom davri Termiz arхitekturasi juda o'ziga хos bo'lganligini ta'kidlash kerak. U bir kancha qiziqarli mahalliy хususiyatlarni o'ziga jo etgandi. Termizda asosan ikki davrga: 1X—XII asrlar hamda XIV—XVI asrlarga oid inshootlar saqlanib qolgan. Bu binolarning mujassamoti, bezagi va umuman me'moriy jiхatlari Termizning Xurosonga yaqinligi va ular tariхan mushtarakligi tufayli Xuroson me'morligi an'analariga yaqinroqdir. Bu Termiz va uning atrofi G’aznaviylar, so'ng Saljuqiylar davlatiga qarashli bo’lgan IX-XII asrlarda shaharda qurilgan binolarda ayniqsa seziladi.




Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish