Nazorat savollari
Chinniguldoshlar oilasi nechta turkum va turdan iborat va ular hayotiy shakliga ko‘ra qanday o‘simliklar hisoblanadi?
Oila vakillarining barglari poyada qanday joylashgan?
Urug`chi nechta mevabargchalarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan?
Oila vakillaridan qaysi o‘simliklarning ilmiy nomlarini bilasiz?
Sho‘radoshlar oilasi – Chenopodiaceae
Vakillari:
Oq sho‘ra – Chenopodium album
Turkiston ismalog‘i – Spinacia turkestanica
«Tatar alabutasi –Atriplex tatarica
Oq saksovul –Haloxylon persicum
Supergi izen – Kochia scoparia.
Oddiy lavlagi – Beta vilgaris (17-rasm)
Nazariy tushuncha: Bu oila 100 dan ortiq turkum va 1500 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Ularning ko‘pchiligi bir yillik, ikki va ko‘p yillik o‘t, ba`zilari esa buta va daraxt o‘simliklaridir. Bular barcha qit`alarning sahro va chala sahrolardagi qumlarda, sho‘r bosgan tuproqlarda, ko‘pincha cho‘llarda har xil manzara hosil qilib o‘suvchi o‘simliklar hisoblanadi.
17-rasm. Oddiy lavlagi. 1-ildizmeva va yopirma barg; 2-gulning yuqoridan ko‘rinishi; 3-changchi; 4-to‘p meva; 5-urug‘ning bo‘yiga kesimi; 6-gul diagrammasi
Bu oila vakillarining tanasi ko‘pincha sersuv, tuksiz yoki har xil tuklar bilan qoplangan. Barglari yonbargchasiz, oddiy, butun, poyada ketma–ket yoki ba`zan qarama-qarshi joylashgan. Barg yaprog‘i yirik, yassi, ipsimon, bigizsimon, ba`zi hollarda nihoyatda qisqargan (reduktsiyalangan) yoki butunlay bo‘lmasligi ham mumkin. Gullari mayda ko‘rimsiz, gulyonbarg-chasiz yoki mayda gulyonbargchali, to‘g‘ri, ba`zan noto‘g‘ri, ikki yoki bir jinsli, 5 a`zoli, boshoq yoki ro‘vak to‘pgulda joylashgan. Gulqo‘rg‘oni oddiy kosachasimon yoki rangsiz pardasimon, ba`zan gulqo‘rg‘oni butunlay bo‘lmaydi. Changchilari 5 ta, kosachabarg soniga teng. Urug‘chisi ko‘pincha 2-3 (4-5) ta meva bargchalarining qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘lgan. Tugunchasi ustki, bir uyali. Mevasi yong‘oqcha, ko‘sakcha, ba`zan rezevor-simon to‘p meva hosil qiladi. Urug‘i perispermli yoki endospermsiz.
Ahamiyati: Sho‘radoshlar oilasining bir qancha vakillari xalq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega. Ular oziq-ovqat, yem-xashak sifatida ishlatiladi. Ayrimlari zaharli o‘simlik bo‘lib, uning ildizpoyasi tarkibida anabazin alkaloidi bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik zararkunan-dalariga qarshi kurashda preparat tayyorlashda ishlatiladi. Bulardan tashqari, saksovul kabi o‘simlik-lar cho‘l mintaqasida qumlarni ko‘chishining oldini olishda va ularni mustahkamlashda alohida o‘rin tutadi. Strategik o‘tin bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |