0 ‘nta sayohatchi Tom Ostinni qurshab, unga tikilib qoldilar: demak, Snou daryosi bo'yida yozilgan xat har holda « Dunkan »ga yetib kelgan ekan-da?
— Menga qarang, keling, yaxshilab aniqlab olay-lik, — dedi Glenarvan, — bo‘lmasa, bularning ham-masi menga tushga o'xshab tuyulyapti. Tom, siz xat-ni oldim dedingiz-a?
— Ha.
— Melburnda oldingizmi?
— Melburnda, remontni tugatishim bilan oldim.
— U qanday xat edi?
— Uni siz yozmagan ekansiz, lekin imzo sizniki edi, ser.
— Bu to‘g ‘ri. Uni sizga Ben Joys degan katorjnik keltirib berdimi?
593
— Yo‘q, ser, xatni «Britaniya» kemasining bots-mani Ayrton degan dengizchi olib keldi.
— Rost-a! Ayrton bilan Ben Joys — ikkalasi bir odam! Xatda nima deyligan e.kan?
— Unda Melburndan chiqib, Yangi Zelandiyaning sharqiy sohili bo‘ylab suzib yurish buyurilgan ekan.
— Avstraliyaning deysizmi? — hayron bo‘lib takrorladi Tom Ostin, ko'zlarini katta ochib. —
Do'stlaringiz bilan baham: |