Ko‘zoynagini peshonasiga ko'tarib qo‘ygan va
munkayibroq turgan olim xuddi kattakon savol alo-matiga o‘xshardi.
Ostin qaytib keldi. U Paganel yozgan va Glenarvan qo‘l qo‘ygan xatni olib kelgan edi.
— Mana, o‘zinglar o'qib ko‘ringlar, — dedi keksa dengizchi.
Glenarvan xatni olib, o‘qiy boshladi:
— «Tom Ostinga darhol dengizga chiqishni va o‘ttiz yettinchi paralleldan borib, «Dunkan»ni Yangi Zelandiyaning sharqiy sohiliga olib kelishni buyura-man...»
Yangi Zelandiyaning! — deb qichqirib yubordi Paganel turgan yerida bir sakrab tushib.
U Glenarvanning qo‘lidan xatni totib oldi, ko‘zla-rini ishqaladi, ko‘zoynagini to‘g ‘rilab qo‘ydi-da, xat ni o‘zi o'qib chiqdi.
— Yangi Zelandiyaning! — dedi u aslo tasvirlab bo‘lmay digan g'alati ohangda, xatni qo'lidan tushirib yuborar ekan.
Shu payt u allakim yelkasiga qo'lini qo‘yganini sez-di. Olim boshini ko'tardi. Qarshisida mayor turardi.
— Nima ham derdik, muhtaram Paganel, — dedi g'oyat jiddiylik bilan Mak-Nabbs, — tag‘in ham omadimiz kelibdi: yaxshiki, «Dunkan»ni Hindi-Xitoyga yubormabsiz.
Bu hazil bechora geografiya olimini juda esanki-ratib qo'ydi. Hamma qah-qah urib kulib yubordi. Paganel telbalardek u yoqdan-bu yoqqa yurar, boshini changallab, sochlarini yular edi. Endi u o'zining nima qilayotganini, nima qilmoqchiligini mutlaqo bilmas edi. U kemaning yut qismidan trap orqali palubaga tushib, hech qanday maqsadsiz qoqila-suqila kezib yura boshladi, keyin bakka ko‘tarildi. Bu yerda oyog‘i arqon o‘ramiga ilashib qolib, turtinib ketdi-da, o‘ng kelib qolgan bir arqonga yopishib oldi.
Birdan gumbirlagan tovush eshitildi. Zambarak otildi. Okeanning tinch suvlariga sochma o‘q yog'ildi. Sho‘rlik Paganel hali turtinganida o‘qlab q o ‘y ü g a n zambarakning arqoniga yopishib oigan ekan, kurok tushib, zambarak otilib ketibdi. Havo to‘lqini ge ografiya olimini bakning trapiga keltirib urdi, u kubrikka yiqilib tushdi.
Bir zum davom etgan hayronlik o'rnini qo‘rquv bosdi. Hamma ham biror falokat yuz bermadimikan deb cho‘chib ketdi. Matroslar duv etib pastga yugur-
dilar va Paganelni palubaga ko'tarib chiqdilar. Uning uzun gavdasi ikki bukilib qolgandi, o‘zi so‘zlay ol-masdi. Olimni yutga olib o‘tdilar. Hurmatli fransuz-ning do‘stlari juda shoshib qolgan edilar. Baxtsiz hodisa yuz berib qolgan vaqtlarda vrachlik vazifasini bajaradigan mayor yaralarini bog'lash uchun Pa ganelni yechintirmoqchi bo'ldi, lekin u o‘lay deb qol gan Paganelning kiyimiga qo‘l tekkizar-tekkizmas olim tok urgandek dik etib o‘rnidan turib ketdi.
— Tegmang! Tegmang! — deb qichqirdi u, titilib ketgan kiyimiga o‘ralib, keyin nihoyatda shoshqinlik bilan tugmalarini solib oldi.
Mayor endigina:
— Menga qarang, Paganel, axir... — deb gap bosh-lagan edi, Paganel:
— Yo‘q dedim-ku, sizga, yo‘q! — deb qichqirib berdi.
— Ko‘rib qo'yishim kerak axir...
— Yo‘q, ko‘rmaysiz!
— Ehtimol, biror yeringiz lat yegandir... — deb uni ko'ndirishga urindi Mak-Nabbs.
— Ha, sindi, — dedi Paganel, uzun oyoqlarini mahkam tirab turib olar ekan, — lekin men sindirgan narsani duradgor usta tuzatadi.
— Nimani sindirdingiz o‘zi?
— Yiqilib tushayotib, paluba tambasini sindirdim. Uning bu so‘zlari awalgidan ham kuchliroq qah-
qaha ko'tarilishiga sabab bo‘ldi. Bu javob muhtaram Paganelning hamma do'stlarini tinchlantirdi: hur matli olimning zambarak voqiasidan eson-sog‘ chiqqani ma’lum bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |