596
— E, jin ursin, — dedi Paganel, — men buni...
Lekin birdan Robert bilan uning opasiga ko'zi
tushib, u tutilib qoldi. Keyin:
— Nima ham derdim, aziz Glenarvan! Men bir tel-ba-tentak, tuzalmaydigan odamman. To o‘la-o‘lgu-nimcha shu parishonxotir tentakligimcha qoladigan ko‘rinaman.
— Agar avvalroq hushingizni joyiga tushirib qo‘yishmasa, — deb qo‘ydi mayor.
— Hushingizni joyiga tushirib qo'yishmasa dey-sizmi? — deb qichqirdi g ‘azab bilan geografiya olimi.
— Bu nima: biron choraga ishora qilyapsizmi?
— Qanday ishora ekan u, Paganel? — deb odat-dagicha xotirjamlik bilan so'radi Mak-Nabbs.
Lekin gap shu yerga kelganda to'xtadi. «Dun-kan»ning birdan paydo bo‘lib qolishining sababi ma’lum bo‘ldi. Ajoyib tasodif munosabati bilan qutulib qolgan sayohatchilar o‘zlarining yaxshi jihoz-langan, qulay kayutalariga kirib ketdilar, birozdan so‘ng hamma nonushtaga yig‘ildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |