Birdan uning ko'zlarida o‘t chaqnab ketdi, qo‘li esa uzoqdagi allanarsani ko'rsatib, oldinga cho'zildi:
— Kema! — deb qichqirdi u. — Kema, do‘st-larim! Eshkaklarga zo‘r beringlar! Eshkaklarga!
To‘rt eshkakchidan birontasi ham kutilmaganda paydo bo‘lib qolgan bu kemani ko‘rish uchun qayrilib qarab o‘tirmadi: eshkakni bir marta ortiqroq tortish-gani ham harna edi. Faqat Paganel o‘rnidan turdi va uzun durbini bilan Glenarvan ko'rsatgan nuqtaga qaradi.
— Ha, — dedi geografiya olimi, — paroxod ekan. U biz tarafga qarab shaxt bilan suzib kelyapti. Bo‘sh kelmanglar, azamat do‘stlarim!
Qochqinlar yana g‘ayrat bilan eshkak torta bosh ladilar va yerliklarni yarim soatcha yana o'zlariga sal bo‘lsa ham yaqinlashtirmay suzib bordilar. Paroxod tobora yaqqol ko‘rina boshladi. Endi uning ikkita machtasini, undagi yig‘ib qo‘yilgan yelkanlarni va qop-qora tutunini bahazo‘r ko'rish mumkin edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |