Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari


ga kelgan bu g‘alati epidemiya shu to‘rtta hayvonning o‘lishi bilan tugagan bo‘lsa kerak, deb umid qila bosh-ladi



Download 0,7 Mb.
bet203/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

406

ga kelgan bu g‘alati epidemiya shu to‘rtta hayvonning o‘lishi bilan tugagan bo‘lsa kerak, deb umid qila bosh-ladi.
Ayrton ham shu fikrda edi. Hayvonlarning bunday paqqa-paqqa o‘lib qolishiga botsman ham juda hayron ekanini aytdi.
Kichkina otryad yana yo‘lga tushdi. Piyoda qol-ganlar navbatma-navbat aravaga chiqib, dam olar edilar. Hammasi bo‘lib o‘n mil yo‘l yurgandan so‘ng kechqurun tunash uchun manzil qurdilar. Daraxtsimon qurqquloqlar chakalagi orasida tun tinch o‘tdi, qirqquloqlar orasida uchuvchi tulkichalar deb atalgan katta-katta ko'rshapalaklar uchib yurar-di.
Ertasi kuni, ya’ni 13-yanvar juda yaxshi boshlan-di. Boshqa hech qanday falokat yuz bermadi. Ekspeditsiya a’zolarining sog‘lig‘i ilgarigidek yaxshi edi. Ot va ho‘kizlar bardamlik bilan olg‘a boradilar. Elenning «mehmonxonasi»da mehmonlar uzilmagani uchun to‘xtovsiz ravishda jonli suhbatlar bo‘lib turdi. Mister Olbinet muzdek ichimliklar bilan har bir mehmonning chanqovini bosib turdi, o‘ttiz gradus is-siqda bu ayni muddao edi. Bir bochka elni yarimlatib qo‘ydilar. Paganel ko‘p ichar va turli- turli mavzular-da yana ham qizg'in va’zxonlik qilardi.
Shunday yaxshi boshlangan kun yaxshi tugashi kerakdek edi. Otryad qizg‘ish tuproqli tepalik yerlar-dan o‘n besh milcha yo‘l bosdi. 0 ‘sha kuni kechqu-runoq Viktoriya viloyatining janubida Tinch okeanga borib quyiladigan Snou degan katta daryo bo‘yiga. yetib olishga umid bog‘lasa bo‘lardi. Ko‘p o‘tmay arava g‘ildiraklari baland-baland o‘tlar va gostrolo-bium butalari bosib ketgan yumshoq qora tuproq yerlardan iz qoldirib o‘ta boshladi.
Kech kirdi. Ufqda aniq ko‘rinib turgan tuman par-dasi Snou daryosining oqimini ko‘rsatib turardi. Ho‘kizlar aravani yana bir necha mil joyga tortib bor-dilar. Uncha baland ham bo‘lmagan bir tepa yonidan o‘tilgandan keyin yo‘l katta-katta daraxtlar o‘sib yot-gan o‘rmon ichiga burilar edi. Ayrton qattiq charcha-gan ho‘kizlarini o‘sha katta- katta daraxtlar o‘sgan qop -qorong‘u o'rmon ichiga burdi, bir yalanglikdan o‘tdi, daryoga yetishlariga nihoyati yarim milcha yo‘l qolganda birdan arava gupchagigacha loyga botib qoldi.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish