Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari


Myulredi bo'ysundi, kichkina otryad o'lgan otni qarg‘a-quzg‘unlar ixtiyoriga tashlab, yana qiyin tog* yo'lidan yuqori ko‘tarila boshladi



Download 0,7 Mb.
bet199/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

Myulredi bo'ysundi, kichkina otryad o'lgan otni qarg‘a-quzg‘unlar ixtiyoriga tashlab, yana qiyin tog* yo'lidan yuqori ko‘tarila boshladi.

Avstraliya alplari juda ham enlik tog* emas: undan oshib o‘tiladigan dovonning uzunligi sakkiz mil ham chiqmaydi. Shuning uchun Ayrton boshlab borayot-gan yo‘l rostdan ham tog‘ning sharqiy yonbag‘riga olib chiqadigan bo‘lsa, kichkina otryad ikki kundan so‘ng tog‘ tizmalarining narigi tomoniga o'tib olishi kerak, tog‘ning narigi tomonida esa to dengiz sohili-gacha hech qanday o‘tib bo‘lmas to‘siqlar uchramay-di.
10-yanvar kuni sayohatchilarimiz tog‘ning eng ba-land yeriga, ya’ni ikki ming fut balandlikka yetib chiqdilar. Ular tog'ning bir yassi joyida turar edilar, bu yerdan uzoq-uzoqlar ko‘rinardi: shimol tomonda suv qushlari bilan to‘lib toshgan Omeo ko‘li yarqillab turibdi, uning naryog‘ida esa bepoyon Myorrey dasht-lari cho‘zilib ketgan; janub tarafda ko‘m-ko‘k Jipslend o'lkasi, undagi oltin qazib olinadigan yerlar va baland-baland o‘rmonlar yaslanib yotardi. Bu o'lka boshdan-oyoq qadimiy, ibtidoiy zamondagi yerlarga o‘xshardi. Bu yerlarda tabiat o‘zi yaratgan narsalar ustidan o‘zi hukmron; daryoning suviga, biron marta ham bolta tegmagan katta-katta daraxtlarga tabiat-ning o‘zi xo'jayin; hozircha bu yerlarda kamdan-kam uchraydigan skvatterlar ham hali tabiat bilan kurash

402


boshlaganlari yo‘q. Alp tog‘lari bir-biriga sira o‘xshamaydigan ikkita o‘lkani ajratib turgandek tuyuladi, bu o'lkalardan biri o‘zining ibtidoiy zamon-ga xos yow oyi tusini hali yo‘qotmagan. Xuddi shu payt quyosh botib borayotgan edi, uning xafagazak bulutlar orasidan tushayotgan so‘nggi nurlari Myorrey okrugi manzaralarini juda jonlantirib yubor-di.
Tog‘lar bilan to‘silgan Jinslend esa g ‘ira-shira ichida ko‘zdan yo'qola bordi. Alp tog'lari orqasidagi o‘lkaga vaqtidan oldin tun kira boshlagandek edi. Bir-biriga sira o‘xshamagan bu ikki o‘lka o‘rtasida turgan tomoshabinlarga bu keskin farq qattiq ta’sir qildi, shuning uchun ular Viktoriya viloyatining chegarasi-ga yetib olgunlaricha bosib o‘tishlari lozim bo‘lgan bu yow oyi o‘lkaga hayajon bilan qarab turar edilar.
Shu yerning o‘zida, tog‘ tepasidayoq manzil qurib, tunadilar. Ertasiga ertalab pastga tusha boshladilar. Tog‘dan tushish tez bordi. Birdan nihoyatda kuchli do‘l yog‘ib, sayohatchilarni qoya toshlar ostiga yashirinishga majbur qildi. To‘g ‘rirog‘i, bu yog‘ayot-gan do‘l emas, mushtumdek-mushtumdek muz par-chalari edi, ular go‘yo palaxmondan otilayotganday quyuq bulutlar ichidan nihoyatda katta kuch bilan tushib kelar edilar; bir nechta muz parchasi qattiq ke­ lib tegib, bir-ikki joyini g‘urra qilib oigan Paganel bi­ lan Robert ham tezroq qoyalar ostiga kirib yashirin­ ishga majbur bo‘ldilar. Muz parchalari aravani bir necha joydan teshib, uning soyavonini g ‘alvirga o‘xshatib qo‘ydi. Bunday qirra uchli muz parchalarin-ing zarb bilan kelib urilishiga uylarning tomi ham dosh berolmaydi. Bir necha muz parchasi hatto daraxt tanalariga ham sanchilib kirdi. Sira ko‘rilmagan bun­ day do‘l ostida qolib o‘lmaslik uchun uning to‘xtashi-ni kutishga majbur bo‘ldilar. Do‘l bir soatcha yog'di, so‘ng kichkina otryad eriyotgan do‘ldan sirpanchiq bo‘lib qolgan qiya tosh so‘qmoqlardan yana yo‘lga tushdi.
Kechga yaqin arava Alp tog'larining so‘nggi pog‘onalaridan tushib borardi. Tevarak-atrofda yolg'iz o‘sgan katta-katta archalar qo‘qqayib turadi. Arava qattiq silkingan paytlarda uning o‘qlari ancha bo‘shashib qolgan edi, lekin shunday bo'lsa ham hozircha o‘zining qo‘poldan-qo‘pol yog'och g'ildirak-larida mahkam turardi. Tog* yo‘li Jinslend dashtlari

403


etagida tugar, undan chiqib dashtga kirish bilanoq sayohatchilarimiz Alp tog'larini eson-omon oshib o‘tdik, deb hisoblasalar bo‘lardi. Shu yerda tunashga qaror qilib, odatdagidek manzil qurish harakatiga tushdilar.
12-yanvarda tong otishi bilanoq kichkina otryad yana yangi g‘ayrat bilan yo'lga tushdi. Hamma ham mo'ljallangan joyga, ya’ni Tinch okeanning «Brita-niya» halokatga uchragan joyiga mumkin qadar tezroq yetib olishga intilardi. Albatta, halokatga uchragan kemaning izini bu yerda, ya’ni bo‘m-bo‘sh Jinslend dashtlarida emas, balki o‘sha yerda qidirish-ga astoydil kirishish foydaliroq edi. Shuning uchun Ayrton «Dunkan»ga tezroq sharqiy sohilga kelish haqida buyruq yuborish kerak, bu sohildagi qidirish ishlarida kemaning juda katta foydasi tegadi, deb Glenarvanni qistardi. Botsmanning fikricha, bunday xabarni Lyuknoudan Melburnga boradigan yo‘ldan yuborish kerak edi. Keyinroq chopar yuborish qiyin bo‘lib qoladi, chunki narida poytaxtga olib boradigan boshqa yo‘l yo‘q.
Botsmanning fikrini asossiz deb bo‘lmasdi, shun­ ing uchun Paganel uning bu maslahatiga hamrohlar-ining diqqatini jalb qildi. Geografiya olimi ham bun­ day sharoitda kemaning yordami ko‘p tegadi, Lyuknou yo‘lidan o‘tib ketganimizdan keyin esa Melburnga chopar yuborib bo‘lmaydi, degan fikrda edi.
Glenarvan ikkilanib qoldi, agar mayor qat’iy qarshi chiqmasa, u Ayrtonning maslahatiga kirib, «Dunkan»ga buyruq yuborgan ham bo‘lardi. Mak-Nabbs Ayrtonning biz bilan birga bo'lishi juda zarur deb isbot qildi: u sohil atrofini yaxshi bilardi-da, bor-di-yu otryad Garri Grantning iziga tushib qolgundek bo'lsa botsman otryadni bu izdan hammadan yaxshi-roq boshlab bora oladi; nihoyat, «Britaniya» halokat­ ga uchragan joyni faqat Ayrton topib bera oladi. Qisqasi, mayor sayohat hech qanday o'zgarishsiz ilga-rigi tartibda davom etaversa derdi. Uni Jon Mangls qo'llab-quwatladi. Yosh kapitan agar «Dunkan»ga hozir chopar yuborsak u yow oyi o‘lkadan ikki yuz mil yo‘l bosib o'tishga majbur bo'ladi, undan ko‘ra Tufold ko‘rfazidan dengiz orqali xabar yuborish qulayroq, deb maslahat berdi.


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish